MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

SOBIROVA  GULNOZA  RAXMATILLOYEVNA

SOBIROVA GULNOZA RAXMATILLOYEVNA

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Aniq va tabiiy fanlarda xorijiy tillar kafedrasi dotsenti v.b., Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori

Sobirova Gulnoza Raxmatilloyevna 1989-yil 25-avgustda Navoiy viloyati Navbahor tumanida tugʻilgan.

1996-2007-yillarda Navoiy viloyati Navbohor tumani 15-umumta’lim maktabida a’lo baholar bilan oʻqigan.

2007-2011-yillarla Navoiy davlat pedagogika institutida xorijiy tillar mutaxassisligi tahsil olgan. 

2011-2013-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Universiteti magistraturasida taxsil olgan.

Pedagogik faoliyatini 2013-yilda Navoiy davlat pedagogika instituti Fakultetlararo chet tillar kafedrasida oʻqituvchi, 2018-2021-yillarda Guliston davlat universiteti fakultetlararo chet tillar kafedrasida Katta oʻqituvchi, 2021-yildan hozirgi vaqtgacha Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Universiteti Aniq va tabiiy fanlarda xorijiy tillar kafedrasi v.b dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. 

2021-yilda Intellektual mulk agentligidan “Talabalarning kasbiy auditiv layoqatini rivojlantirishda axborot talimiy resurslardan foydalanish” nomli ilmiy ishlanmasiga mualliflik huquqi guvohnomasini qoʻlga kiritgan. 2022-yil fevral oyida pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga musharraf bo’ldi. Sobirova Gulnoza Raxmatilloyevna 30 dan ortiq respublika va xalqaro miqyosidagi ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. G.Sobirova “Talabalarning kasbiy auditiv layoqatini rivojlantirishda axborot ta’limiy resurslardan foydalanish texnologiyasi, Talabalarning ingliz tilidan kasbiy auditiv layoqatini rivojlantirishda axborot ta’limiy resurslardan foydalanish, Amerika Qo’shma shtatlarida ta’lim tizimining tuzilishi va o’ziga xos tomonlari, Ingliz tilini o’qitishda rejalashtirish ,tashkil etish, motivlashtirish va nazorat qilish, Uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarni o’qitish samaradorligini oshirishda innovatsion ta’lim texnalogiyalarining o’rni, Uzluksiz ta’lim jarayonida talaba- yoshlarning kasbiy auditiv layoqatini rivojlantirish, Chet tillarni tez va samarali o’rgatishning ayrim tamoyillari, Talabalarning kasbiy auditiv layoqatini oshirishda axborot ta’limiy resurslaridan foydalanish, Appling the mass media with the aim to teach foreign language, Theoretical concept of text and literary text, Bo’lajak o’qituvchilarning ingliz tilidan kasbiy auditiv nutqini rivojlantirish, Development of auditive speech in students, Using online resources for English lessons, Ingliz va o’zbek tillarida eganing mazmuni, Ingliz tilini o’qitishda talabalarda nutq faoliyati turlarini ta’limiy metodlar asosida rivojlantirish, Use of information and educational resources in the development of students’ auditory speech, Talabalarda auditiv nutqni rivojlantirish, Using educational information resources to develop student professional listening skills, The current state of speech in the development of students’ professional auditory ability (colloquial speech) and written (writing) speech, Talabalarning kelgusidagi kasbiy auditiv layoqatini rivojlantirishda axborot ta’limiy resurslaridan foydalanish mexanizmlari, Talabalarda auditiv nutqni rivojlantirish, O’quvchi - talabalarda auditiv nutqni rivojlantirish” kabi maqolalar muallifidir.

2022-yilda “Raqamli texnologiyalar sharoitida talabalarning auditiv layoqatini rivojlantirish” nomli monografiyasi hamda “Talabalarning auditiv layoqatini axborot talimiy resurslari orqali rivojlantirish” nomli oʻquv metodik qoʻllanmasi nashrdan chiqqan.

Bundan tashqari 2022 yil sentyabr oyida “Renessans davri: Ilmiy tadqiqotlar yetakchisi” koʻkrak nishonini qoʻlga kiritdi.
“Word Bulletin of Social Sciences” Scholar express journals xalqaro jurnali tahrir hayati a’zosi.

Sobirova Gulnoza Raxmatilloyevna oilali, 3 nafar farzandi bor.