Ustadjalilova Xurshida Aliyevna. 1971 yil 19 martda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida, ziyolilar oilasida tugʻilgan. Millati oʻzbek. 1993 yili Qoʻqon Davlat pedagogika institutini «Matematika va fizika oʻqituvchisi» mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
1997 yil sentyabrdan Qoʻqon Davlat pedagogika institutini «Matematik analiz» kafedrasida oʻqituvchi boʻlib ishga qabul qilindi. 1999 yil sentyabr oyidan boshlab “Oliy matematika”, “Matematika-informatika” kafedrasida oʻqituvchisi boʻlib ishladi, 2007 yildan 2012 yilgacha kafedra katta oʻqituvchisi, 2013 dekabr oyidan 2018 yil 20 fevral oyiga qadar “Matematika oʻqitish metodikasi” kafedrasi mudiri, soʻng “Umumiy pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri, 2020-2024 yillarda Taʼlim menejmenti kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelgan.
1999-2003 yillarda Nizomiy nomidagi TDPU aspirantura boʻlimida oʻqigan va 2007 yilda nomzodlik dissertatsiyasini Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi K.067.18.01.raqamli Ixtisoslashgan kengashda “Научно-методические основы развития геометрических умений и навыков учащихся академических лисеев” nomli dissertatsiyani 13.00.02. matematika oʻqitish nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha himoya qilgan (Oʻzbekiston Respublikasi OAK ning 2007 yil 27 sentyabrdagi №137/1 rayosat qarori. Diplom 01 № 010081). 2020 yil aprel oyida dotsent ilmiy unvonini oldi (03 № 009456).
Soʻnggi besh yil ichida 30 dan ortiq xalqaro konferensiyalar va seminar-treninglarda ishtirok etdi. Qozogʻiston universitetlari (Al-Farabi, Abay nomidagi Qaznpu, Kazumoyim. Ablay xon) sertifikatlariga ega boʻldi, Rossiya (KFU, Gertsen nomidagi RGPU, A.S.Pushkin nomidagi LenDU, Vitus Bering nomidagi KamDU), Tojikiston Ogʻaxon loyihasi va boshqalar.
2018 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "El yurt umidi" fondi tanlovi gʻolibi sifatida Rossiya, Sankt-Peterburg shahrida malaka oshirish kurslarida ishtirok etgan va sertifikatni qulga kiritgan.
2022 yilda Olma-ota shahrida boʻlib oʻtgan “Unesco” Xalqaro yozgi taʼlim dasturida ishtirok etgan va sertifikatni qoʻlga kiritgan. 2023, 2024 yillarda Dushanbe shahridagi Markaziy Osiyo universitetida "Human Studies" loyihasi doirasidagi Malaka oshirish kurslarida murabbiy sifatida ishtirok etdi.
2023 yilning aprel oyida Qozogʻiston Respublikasi Olma-Ota shahri Ablayxan nomidagi Qozoq xalqaro munosabatlar va jahon tillari universitetida maʼruza darslar oʻtdi va rasmiy saytda eʼlon qilindi.
2023 yilning noyabr-dekabr oylarida Rossiya Federatsiyasi Sankt-peterburg shahrida Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida xalqaro malaka oshirish kurslarida oʻqidi va muvaffaqiyatli sertifikatni qoʻlga kiritdi.
2021-2023 yillarda Qozogʻiston Respublikasi Olma-Ota shahri Al Farabi nomidagi Qozoq milliy universitetida boʻlib oʻtgan xalqaro konferensiyalarda muntazam ishtirok etib boradi.
X.A.Ustadjalilova 2013-2018 yillarda QDPIning “Matematika oʻqitish metodikasi” kafedrasi, 2018-2019 yillarda “Umumiy pedagogika va psixologiya” 2019-2024 yillarda “Taʼlim menejmenti” kafedrasiga rahbarlik qilib kelgan. Kafedra mudirlik faoliyati davomida bitta xalqaro, uchta respublika ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilgan, kafedraning ilmiy salohiyatini oshirishiga uz hissasini qoʻshdi.
Kafedraning innovatsion va texnologik gʻoyalarni har tomonlama rivojlantirish hamda qoʻllab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratib bergan holda professor-oʻqituvchilar, yosh olimlarni ilmiy-pedagogik faoliyatida maktablar va ijtimoiy sohalar tashkilotlari rahbarlari, yetakchi mutaxassislari, faol tadbirkorlar bilan dolzarb masalalarda seminar va davra suhbatlarini doimiy ravishda oʻtkazib borgan.
Shuningdek, iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishda fan olimpiadalarida yuqori oʻrinlarni olishlarida, davlat stipendiantlarni tayyorlashda oʻz bilimini va mehnatini ayamaydi.
X.A.Ustadjalilovaning rahbarligida Matematika oʻqitish metodikasi 3-kurs talabasi T.Gʻofurov 2017 yili TDPUda oʻtkazilgan Matematika oʻqitish metodikasi fanidan talabalarning Respublika fan olimpiadasining yakunlovchi II-bosqichida faxrli ikkinchi oʻrinni olishga muvaffaq boʻldi.
X.A.Ustadjalilova 100ga yaqin ilmiy va oʻquv-metodik maqolalar eʼlon qilgan, bitta darslik, ikkita oʻquv qoʻllanma, 2 ta uslubiy qoʻllanma, 2-ta monografiya, ikkita intellektual mulk agentligi guvohnomasi egasi.
Oʻzining kasbiy mahorati va maʼnaviy dunyoqarashini takomillashtirishga katta eʼtibor beradi. U soʻnggi yillar ichida Respublika va xorijiy malaka oshirish kurslarida oʻzining kasbiy malakasini oshirgan. Respublika miqyosida va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil qilish va oʻtkazish ishlarida faol qatnashib kelmoqda.