MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

UMURZAKOVA NARGISAXON MUXTAROVNA

UMURZAKOVA NARGISAXON MUXTAROVNA

Toshkent davlat agrar universiteti “Huquqshunoslik” kafedrasi dotsenti

Umurzakova Nargisaxon Muxtarovna  1977 yil  9 martda Andijon viloyati Shahrixon tumanida tugʻilgan. 1984 -1994 yillari – 31-umumtaʼlim maktabini, 1994 - 1999 - yillari Andijon Davlat Universitetining Huquqshunoslik fakultetini muvaffaqiyatli tamomlab, 2000 yildan oʻz faoliyatini Toshkent davlat texnika universitetida stajyorlikdan boshlagan.

2004-2011 yillarda Toshkent tumani ijtimoiy iqtisodiyot kollejidagi faoliyati davomida Huquqshunoslik fanlari kafedrasi mudiri, boʻlim boshligʻi va fan oʻqituvchisi sifatida yetuk mutaxassis boʻlib shakllandi. Oʻtkazilgan viloyat, respublika va xalqaro seminarlarda faol ishtirok etib sertifikatlarni qoʻlga kiritgan. “Eng yaxshi kafedra” va “Eng yaxshi fan oʻqituvchisi” tanlovlarida faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritib diplom va tashakkurnomalarga ega boʻlgan. 2011- yildan Toshkent davlat agrar universitetidagi faoliyati davomida juda koʻp  ilmiy maqolalar va oʻquv qoʻllanmalar nashr ettirishga muvaffaq boʻldi. Ulardan 2016 yilda Huquqshunoslik. Oʻzbekiston Konstitutsiyasini oʻrganish fanidan uslubiy qoʻllanma, 2021 yilda Biznes huquqi va Turizmning huquqiy asoslari fanlaridan oʻquv qoʻllanma hamda 2024 yilda esa Turizmning huquqiy asoslari fanidan yakka mualliflikda oʻquv qoʻllanmalar nashr ettirgan.

Universitet miqyosida oʻtkazilgan barcha tadbirlarda ilmiy seminar va konferensiyalarda faol ishtirok etgan. 60 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirgan. Ularning 8 tasi xalqaro jurnal va konferensiya toʻplamlarida nashr ettirilgan.

Bevosita oʻzining taklifi va tashabbusi bilan 2024 yil - 26 martda “Yoshlar huquqlari: imkoniyatlar va himoya qilish mexanizmlari” mavzusida Respublika konferensiyasini tashkil etildi. Konferensiyaning muvaffaqiyatli oʻtishi va tashkiliy jarayonlarda ham faol ishtirok etib "Science and innovation" nashriyoti ilmiy jurnali maxsus soni tahrir hayʼati aʼzosi sifatida faoliyat koʻrsatdi.

Bundan tashqari N.Umurzakova 20212 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin qizlar davlat qoʻmitasida ham Ilm-fan va innovatsiyalar boʻlimida bosh mutaxassis sifatida faoliyat yuritgan. U oʻz faoliyatida Respublikada xotin qizlar oʻrtasida ilm fanga
bagʻishlangan turli tadbirlarni oʻtkazishda bosh boʻldi. Masalan “Onalar bogʻi” loyihasini oʻtkazishda, Biznes-Woman” loyihalari va boshqa koʻplab tadbirlarda faol ishtirok etdi. Qoʻmitaning shu sohadagi faoliyatini rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshdi.

Shunday mehnatlarini va pedagogik faoliyatidagi yutuqlarini inobatga olib 2023 yil 1 oktabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayramida Qishloq xoʻjaligi vaziri Tashakkurnomasiga ega boʻldi.

2024 yilda “Scientific Academy” ilm maʼrifat Markazi tomonidan MDH miqyosida oʻtkazilgan xalqaro tanlovda “Taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun” esdalik koʻkrak nishoni bilan, 2023 yilda esa  “Best Publication” ilmiy tadqiqotlar Markazi tomonidan MDH miqyosida oʻtkazilgan  xalqaro tanlovda  “Taʼlim iftixori” koʻkrak nishoni bilan, 2023 yil  yanvarda esa Ilgʻor ilmiy tadqiqotlar amaliy markazi tomonidan oʻtkazilgan tanlovda esa “Ilm- fan iftixori” esdalik koʻkrak nishonlariga ega boʻldi.