Ulugʻmuradov Xamroz Yusuf oʻgʻli. 1992-yil 19-iyul kuni Jizzax viloyati Forish tumanida tugʻilgan. 1999-2008 yillari Jizzax viloyati Doʻstlik tumani 11-umumtaʼlim maktabi, 2008-2011 yillari – Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi 1-son akademik litseyida tahsil olgan.
2012-2016 yillari Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” mutaxassisligi boʻyicha bakalavriat bosqichida va 2016-2018 yillari shu institutning “Paxtani dastlabki ishlash va urugʻ tayyorlash texnologiyasi” mutaxassisligi magistratura bosqichida, 2021-2023 yillari tayanch doktoranturada tahsil olgan.
2018-2020 yillar Jizzax politexnika instituti Yengil sanoat texnologiyasi kafedrasi assistenti. 2018-2019 yillar Jizzax politexnika instituti Oʻquv uslubiy boʻlimi uslubchisi. 2020-2022 yillar Jizzax politexnika instituti Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish kafedrasi assistenti. 2023-2024 yillar Jizzax politexnika instituti Oʻquv uslubiy boshqarma uslubchisi. 2023-2024 yillar Jizzax politexnika instituti Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish kafedrasi PhD assistenti lavozimida faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda Jizzax politexnika instituti Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish texnologiyasi kafedrasi dotsenti v.b. lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
2014-yil Akademik Usmonxoʻjayev nomli institut ichki stipendiyasi bilan taqdirlangan. 2017-yil “Texnika va texnologiyalarni modernizatsiyalash sharoitida iqtidorli yoshlarning innovatsion gʻoyalari va ishlanmalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani doirasida oʻtkazilgan “Eng yaxshi ilmiy maʼruza” tanlovining gʻolibi boʻlgan.
Ulugʻmuradov Xamroz Yusuf oʻgʻli texnika sohasining pedagogik va ilmiy-tadqiqot jabhalarida faoliyat yuritib kelmoqda.
2021-yil 22-23 aprel kunlari Namangan muhandislik-texnologiyasi institutida “Paxta toʻqimachilik va yengil sanoat mahsulotlari sifatini taʼminlashning zamonaviy konsepsiyalari” nomli xalqaro konferensiyada gʻolib sifatida eʼtirof etilgan.
2022-2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307 son qarori 7a-ilovaga muvofiq 2023-2026 yillarda oliy taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan loyiha qiymati 1 mlrd soʻmni tashkil qiladigan “Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasining samarali konstruksiyasini yaratish” “drayver” innovatsion loyihasining rahbari hisoblanadi.
2023-yilda “Tikuv buyumlarini loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimi” fanining kompyuter grafik dasturlari (Autocad) qoʻllagan holda konstruksiyalar qurish mavzusida trening kurs, “Basis of the improved construction of cotton cleaning equipment” mavzusida Scopus maʼlumotlar bazasiga kiruvchi konferensiyada, “Измение механических свойств пряжи в зависимости от слоя бунта” va “Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinalari qoziqchalari konstruksiyasini oʻzgartirish boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar tahlili” mavzularida OAK tarkibiga kiruvchi jurnalda maqolalar chop ettirgan.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilm-fan va innovatsiyalar kengashining 2024-yi1 16-maydagi 8-son bayoni hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yi1 l-iyuldagi 230-son buyrugʻiga muvofiq loyihaning umumiy moliyalashtirish hajmi 1 195 000 000 (bir milliard bir yuz toʻqson besh million) soʻmni tashkil etgan ""YUTUQ MAYDONI" fеrmеr xoʻjaligi xususiy urugʻchilik klasteri tarkibida innovatsion usuldа paxtani dastlabki qayta ishlash korxonasini tashkil etish" tijoratlashtirish loyihasida ijrochi sifatida eʼtirof etilgan.
Ulugʻmuradov Xamroz Yusuf oʻgʻli 2023 yil “Sifatli tola olish maqsadida paxtani mayda iflosliklardan tozalash uskunasining konstruksiyasini takomillashtirish” mavzusidagi texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Uning ilmiy-tadqiqot faoliyati serhosil boʻlib, Xalqaro va Respublika jurnal va konferensiya toʻplamlarida 50 dan ziyod ilmiy maqolalari nashr etilgan. X.Ulugʻmuradov Xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarning faol ishtirokchisidir.
2023-yil 16-17 mart kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida oʻtkazilgan “Bahorgi tijoratlashtirish forumida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyulda qabul qilingan
PQ-307 son qarori 7a bandida koʻrsatib oʻtilgan 2023-2026 yillarda oliy taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan “drayver” innovatsion loyihalar roʻyxatida keltirilgan “Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasining samarali konstruksiyasini yaratish” mavzusidagi loyiha plansheti bilan ishtirok etgan.
Shuningdek, X.Ulugʻmuradov “Mard oʻgʻlon”, “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi”, kabi koʻrik tanlovlarda faol ishtirok etgan. kelmoqda.
X.Ulugʻmuradov ilmiy-ijodiy faoliyat bilan bir qatorda tashkiliy ishlarni ham muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Jumladan, “Qishloq xoʻjaligi, paxta va yengil sanoatda texnologik hamda ekologik muammolarining innovatsion yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman maqolalar toʻplamining bosh muharriri boʻlgan.
Ulugʻmuradov Xamroz Yusuf oʻgʻli hozirgi kunda Jizzax politexnika instituti “Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish texnologiyasi” kafedrasi v.b., dotsenti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 2020 yildan F.Muxamedova Oʻzbekiston respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda, jumladan, Neo Science Peer Reviewed journali tahririyat aʼzosi sifatida faoliyat yuritmoqda.