MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

TOSHBEKOVA MOHIRA XASANOVNA

TOSHBEKOVA MOHIRA XASANOVNA

Falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori, Fan va texnologiyalar universiteti, Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti v.b.

Toshbekova Mohira Xasanovna 1987 yil  10 fevralrda Jizzax viloyati, Zafarobod tumanida tugʻilgan. 1994-2005 yillari – Zafarobod tumani 3-umumtaʼlim maktabida tahsil olgan. 2006-2010 yillari Jizzax davlat Pedagogika institutining Tarix fakultetini davlat grandi asosida tamomlagan. Talabalik yillari davomida fakultetning “Kamolot” yetakchisi sifatida qator ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy va sport musobaqalarida faol ishtirok etgan.  “Jizzax ovozi” gazetasi bilan doimiy hamkorlik asosida qator nazariy maqolalar va sheʼrlari nashrdan chiqarilgan.2011-2014-yillar Zafarobod tumani Qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida Tarix va huquq fani oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 2014-yil  Pedagoglarni  attestatsiyalash sinovida ishtirok etib I malaka toifasiga ega boʻlgan.

2014-2016-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat  pedagogika  universitetida magistratura  bosqichida tahsil oldi. 2016-2019 yillarda Toshkent viloyati Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Institutining Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasida katta  oʻqituvchi lavozimida hamda Institutning targʻibot guruhi sardori vazifasida ishlagan.

2019-2021 yillari Oʻzbekiston Milliy universiteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti,  Fuqarolik jamiyati va huquq taʼlimi kafedrasida  tayanch doktoranturada tahsil olgan. Mazkur yillar davomida mahalliy va xalqaro miqyosda oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda ilmiy maqola va tezislar bilan chiqish qilgan.        2020-yil Amerika Qoʻshma Shtatlarining ©Journal «Bulletin Social-Economic and Humanitarian Research» Xalqaro  ilmiy jurnali tomonidan oʻtkazilgan “Eng yaxshi ilmiy maqola” tanlovida “The ideological confrontation and its consequences in the Context of globalization” nomli maqolasi bilan ishtirok etgan.

2020-yil iyunda Kostivar/ Makedoniyada oʻtkazilgan Entrepreneurship & Communication Social Sciences Congress/EMI 5 (5-Xalqaro ijtimoiy fanlar kongresi)da ilmiy maqolasi ijobiy baholanib Kongresning ABSTRACT E-BOOKda nashr etildi.

2021-yilda Hindistonning  “Asian Journal of Multidimensional Research” (AJMR) ilmiy jurnali tomonidan  oʻtkazilgan Xalqaro ilmiy konferensiyada “Concept basis of the study of problems of national ideology in the context of globalizatsion” mavzusida maʼruza va taqdimot qilgan.

2021 yil 14 aprel kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika
universiteti va Markaziy Osiyo halqaro
instituti hamkorlikda «Markaziy Osiyo tarixi: yangi ilmiy tadqiqotlar va yondashuvlar» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida  “Globallashuv sharoitida Xitoy xalq respublikasining Oʻzbekiston  tashqi siyosatidagi oʻrni” nomli maʼruza taqdimot qilgan.

2022-2021-yy– Toshkent viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” metodikasi kafedrasi dotsenti, v.b

2023-y.h.v  – Fan va texnologiyalar universiteti,  Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

M.Toshbekovaning ilmiy-tadqiqot faoliyati serhosil boʻlib, Xalqaro va Respublika jurnal va konferensiya toʻplamlarida 50 dan ziyod ilmiy maqolalari nashr etilgandir. U pedagogik faoliyati davomida Xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferentsiyalarning faol ishtirokchisi boʻlib kelmoqda. Jumladan:

2022-yil oktabrda Texas (AQSH)ning  “Zien Journal of Social Sciences and Humanities” ilmiy jurnalida “The Significance of Political Education as a CorruptionIdeological Threat and Fighting It” nomli, Ispaniayning “Spanish journal of innovation and integrity (SJII) ilmiy jurnalida “Digital Technologies and Media Literacy in Educational Courses” nomli  ilmiy maqolalar  nashr ettirdi. 2023-yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan "Taʼlim tizimida uzluksiz kasbiy rivojlanish jarayonining ijtimoiy va pedagogik -psixologik asoslari" nomli Xalqaro konferensiyada “Tarbiya darslari taʼlim jarayonini tashkil etishda shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim” mavzusida maʼruza taqdimoti boʻldi.

«Raqamli texnologiyalar asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish» nomli  Xalqaro ilmiy-amaliy Konferensiyada ishtirok etib, “Zаmоnаviy  tа’limdа  rаqаmli  texnоlоgiyаlаrdаn  sаmаrаli  fоydаlаnish” mavzusida maʼruza va taqdimot qilgan.

2023-yil “YIL AYOLI” respublika koʻrik-tanlovining “Tashabbuskor gʻoyalar yaratuvchisi” nominatsiyasi boʻyicha Tuman bosqichida 1-oʻrinni shahar bosqichida 3-oʻrinni egalladi.

MTRK ning qator koʻrsatuvlarida ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy mavzularda chiqish qilgan. “Munosabat” koʻrsatuvi tok-shousining doimiy eksperti.

Toshbekova Mohira Xasanovna pedagogika sohasining pedagogik, ijrochilik va ilmiy-tadqiqot jabhalarida faoliyat yuritib kelmoqda.

U 2024 yil “Oʻzbekistonda mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etishning ijtimoiy-siyosiy mexanizmlari” mavzusidagi 09.00.04-Ijtimoiy falsafa ixtisosligi  Falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan qator loyihalarda master trener, trener, testolog kabi lavozimlarda faoliyat olib boradi. Shuningdek,

M.Toshbekova  ilmiy-tadqiqot, pedagogik faoliyat bilan bir qatorda nazm yoʻnalishida ham ijod qilib turadi. Uning yuzdan ortiq sheʼrlari Oʻzbekiston respublikasi Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari tomonidan koʻrib chiqilgan va nashrga tavsiya etilgan. Xozirda sheʼriy toʻplamini nashrga tayyorlamoqda.

M.Toshbekova turli yillarda taniqli shoirlar X.Toʻxtaboyev, B.Bobomurod shoiralar S.Shomurodova, K.Abdusalomova, adib-yozuvchilar  O.Mahmudov,  M.Quronov, taniqli notiq, jurnalist R. Jumaniyozovlar bilan  falsafiy-adabiy yoʻnalishda tavsiyalar oladi va hamkorlik faoliyatini olib boradi.

M. Toshbekova Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari harbiy qismida maʼnaviy-maʼrifiy va siyosiy-huquqiy mavzularda maʼruzalar oʻqiydi.

M.Toshbekova ilmiy-tadqiqot, pedagogik faoliyati davomida  Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, qator tashkilotlar va universitetlar tomonidan   sertifikat, faxriy yorliqlar va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

M. Toshbekova ilmiy-ijodiy faoliyat bilan bir qatorda tashkiliy ishlarni ham muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Jumladan, 2023 yildan Fan vatexnologiyalar universiteti  Yoshlar bilan ishash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi sifatida talabalar oʻrtasida turli xil tanlovlar, Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyalar va boshqa bir qator tadbirlarni tashkil etgan. «Taʼlim sifatini oshirishni tashkil etish va uni boshqarish texnologiyalari» nomli Xalqaro va «Yangi renessans davrida Oʻzbekiston yoshlarining innovatsion gʻoyalari» nomli   Respublika konferentsiyalari tashkilotchisi boʻlgan.

M.Toshbekova Fan va texnologiyalar universitetida Yoshlar murabbiysi sifatida talabalarning maʼnaviy-maʼrifiy, intellektual va sport yoʻnalishlaridagi tadbirlarda faol ishtirok etish va yuqori natijalar olishida tashabbuskor.

M.Toshbekova ayni damda  kasbiy- pedagogik faoliyati bilan bir qatorda 09.00.04-Ijtimoiy falsafa ixtisosligi boʻyicha  “Oʻzbekistonda jamiyat muhitini sogʻlomlashtirishda “Mahalla yettiligi”ning funksional vazifalari: ijtimoiy-falsafiy tahlil” mavzusidagi Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ustida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib bormoqda.