MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

SULAYMANOVA DILDORA BAXTIYOROVNA

SULAYMANOVA DILDORA BAXTIYOROVNA

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Energetika va mashinasozlik fakulteti «Matematik va informatika» kafedrasi mudiri. pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Oʻzbekiston Respublikasida "Informatika va axborot texnologiyalari” fanini va bilimdoni sifatida Dildora Baxtiyorovna taʼlim sohasida va ilm- fanda oʻziga xos maktab yaratib kelayotgan yosh ustoz-olimlardan biri hisoblanadi.

U 1975 yilda Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida S.Rahimov jamoa xoʻjaligining «Qorasuvyoqa» mahallasida ishchi oilasida tugʻilgan. Oilasida otasi-onasi va oltita farzand boʻlib, shular ichida Dildora Baxtiyorovna ikkinchi farzanddir. 1982-1992 yillar davomida Abdulla Qodiriy nomidagi 32-oʻrta maktabning 11-sinfini kumush medal bilan tamomlagan.

Sulaymanova Dildora Baxtiyorovna 1992-1997 yillarda, Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti (kunduzgi) boʻlimini talabasi boʻlgan. 1997 yilda shu institutni muvaffaqiyatli tamomlagan. Oliy maʼlumotli, Matematika-informatika qoʻshimcha iqtisodiy bilim va tadbirkorlik asoslari oʻqituvchisi.

Oʻz mehnat faoliyatini 1997-1999 yillarda,   Toshkent viloyati Angren Davlat Texnika kolleji oʻqituvchisi sifatida boshlagan. Oʻzining mehnatsevarligi bilan ajralib turadi.

1999-2011 yillar davomida Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti «Informatika va axborot texnologiyasi» kafedrasi oʻqituvchisi.

2011.y-2015 y oktyabrь oyigacha Navoiy davlat konchilik instituti. Olmaliq kon- metallurgiya fakulьteti, «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektrtexnologiyalari» kafedrasi assistenti, 2015 y 19.10 dan 2017 y 31.09 gacha Navoiy davlat konchilik instituti. Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti, «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektrtexnologiyalari» kafedrasi katta oʻqituvchisi lavozimida oʻz mehnat faoliyatini olib borgan.

2017-2022 yillar davomida Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali matematik va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi lavozimida, 2022-2023 yillarda. Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali matematika va informatika kafedrasi dotsent v.v.b. lavozimida, 2023 yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali “Matematika  va informatika” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyatini davom ettirib kelmoqda

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida D.Sulaymanova oʻz vazifasiga masʼuliyat bilan yondashishi, talabchanligi va izlanuvchanligi bilan jamoada hurmat qozondi. U oʻzbek va rus guruhlarida “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanidan maʼruza, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarini yuqori saviyada olib boradi. D.Sulaymanova oʻquv jarayonini ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarni tatbiq etgan holda tashkil etgan. U tomonidan oʻtkazilgan ochiq darslar kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan namunali deb topilgan va bu fikrlar yigʻilish bayonnomalarida oʻz tasdigʻini topgan.

2018-2021 yillar davomida Chirchiq davlat pedagogika instituti pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD).dotsent Maxmudova Dilfuza Meliyevna rahbarligida D.Sulaymanova “Informatika va axborot texnologiyalari" fanini mediatexnologiya lar asosida oʻqitishning metodik tizimini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari). ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi. 2022yilning 17 aprelida dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) darajasini oldi.

Tadqiqot mavzusi yuzasidan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda, ilmiy-amaliy anjuman toʻplamlarida 70 dan ortiq maqolalari chop etilgan boʻlib, shundan 15 dan ortigʻi Buyuk Britaniya,  Kanada, Chexiya, Germaniya, Frantsiya, Ispaniya, Rossiya, («Scopus  va Web of Science», «Google Scholar») ning xalqaro eʼtirof etilgan bazalarda mavjud, reyting darajasi yuqori boʻlgan jurnallarda va Oʻzbekistonning nufuzli ilmiy jurnallarida eʼlon qilingan. Shu bilan birga 50 ga yaqin ilmiy ishlanmalari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokama qilingan.

2017 yildan hozirgacha Olmaliq filiali oʻquv-uslubiy kengashi tomonidan “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanidan amaliy, laboratoriya va mustaqil ish topshiriqlarini bajarish boʻyicha 16 tadan ortiq uslubiy koʻrsatma, 10 tadan ortiq oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 1 ta monografiyalari nashrga tavsiya etilgan.

D.Sulaymanova Olmaliq filiali miqyosida tashkil etilgan tadbirlarda, jamoat ishlarida faol qatnashib, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida sidqidildan bajaradi. Hamkasblar va talabalar bilan oʻzaro hamkorlikda, doʻstona munosabat asosida faoliyat yuritadi. D.Sulaymanova filialdagi faoliyati davomida viloyat va shahrimizdagi oʻquv muassasalarida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda maʼruzalar bilan muntazam qatnashib kelgan.

Jumladan, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va Toshkent viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Xotin-qizlar innovatsiya haftaligi”da qatnashib xotin-qizlarning innovatsion  gʻoyalari, loyiha va ishlanmalarini joriy etishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlik, hunarmandchilikka keng jalb qilish, fan-taʼlim va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning faoliyatlariga innovatsion yondashuvni joriy qilish  maqsadida oʻtkazilgan “TECHNOWOMENUZ” forumida muhandis hamda dasturchi xotin-qizlarning salmogʻini va ilmiy-texnik salohiyatini oshirish, ularni sanoat va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalariga keng jalb qilish masalalari muhokamasini tashabbuskori va ishtirokchisi boʻlgan.

“Xalqaro va respublika tanlovlarida ishtirok etish uchun loyihalarni tayyorlash” boʻyicha oʻquv-seminar, ilm-fan sohasida izlanishda boʻlgan olima ayollar bilan uchrashuvlar, Xotin-qizlar qoʻmitasi tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar va  ish bilan band boʻlmagan xotin-qizlar va yoshlarga “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” boʻyicha oʻquv seminar oʻtkazishda faol ishtirok  etib  kelmoqda. Shunday oʻtkazilayotgan oʻquv seminarlarni tashkil etishda va yoshlarni keng jalb qilish masalalari muhokamasida hamda “Xalqaro va respublika tanlovlarida ishtirok etish uchun loyihalarni tayyorlash” boʻyicha oʻquv-seminar, ilm-fan sohasida izlanishda boʻlgan olima ayollar bilan uchrashuvlar oʻtkazishni tobora ommalashtirmoqda.

2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasining eng muhim ustuvorliklarini ijrosini taʼminlash. Amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etayotgan, salmoqli yutuqlarga erishgan, samarali ilmiy faoliyatini munosib ragʻbatlantirish maqsadida, “Best Publication” MChJ tashabbusi bilan “Tashabbuskor islohotchi” MDX xalqaro tanlovida “Tashabbuskor islohotchi” tanlovining esdalik nishoni, sertifikat, tashakkurnoma hamda “Best Publication”  MChJning ragʻbatlantiruvchi maxsus sovgʻalari bilan taqdirlangan.

Prezidentimiz ilgari surgan tashabbuslar doirasida umumtaʼlim maktablarida 5 ta tashabbus asosida darsdan keyin  Toshkent viloyatining  Olmaliq shahri  va  Boʻka tumanidagi maktablarida ijtimoiy jihatdan yordamga muhtoj va kam taʼminlangan oila farzandlari uchun kompьyuter savodxonligi darslarini  tashkil  qilishda va oʻtkazishda shaxsiy jonbozlik koʻrsatadi.

D.Sulaymanova hozirgi vaqtda respublikamizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarni mahalliy hududlardagi fidoyi ijrochisi sifatida namoyon boʻlib kelmoqda, ayniqsa soʻnggi vaqtlarda xotin-qizlarga boʻlgan munosabatning yanada ijobiylashuvi jarayonida uning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy va huquqiy sohalarida faoliyat doirasiga koʻra jamiyatning tashabbuskor, masʼuliyatli, jonkuyar aʼzosi sifatida faolligini qayd etish mumkin. Jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Yetakchi ayollar muloqot platformasi aʼzosi.

2022 yil avgust oyda Toshkent viloyatidagi tashabbuskor, faol xotin-qizlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” haftaligi tadbirida turli nominatsiyalar boʻyicha oʻtkazilayotgan tadbirda ekspert sifatida qatnashib, tashkiliy qoʻmita tarkibida ish olib bordi va  sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

U oʻzining toʻgʻri soʻz, maʼnaviy yetuk, ilmga layoqatli va maʼrifatli pedagog, yaxshi jamoatchi va namunali kafedra mudirasi sifatida boshqalarga oʻrnak boʻlmoqda.

D.Sulaymanovaning yuqoridagi singari fazilatlari uning har qanday masʼul ishni bajara olishiga ishonch bildirishga asos boʻla oladi.