MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

SALOMOV ABUBAKIR  AXMADQULOVCH

SALOMOV ABUBAKIR AXMADQULOVCH

Jizzax politexnika instituti “Sanoat texnologiyalari” fakulteti dekani oʻrinbosari, “Toʻqimachilik mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi dotsenti v.v.b, (PhD)

Salomov Abubakir Axmadqulovich 1995 - yil 19 - fevralda Jizzax viloyati Baxmal tumanida ziyoli oilada tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.

2001 - 2011 yillarda Jizzax viloyati Baxmal tumani 24 - oʻrta taʼlim maktabida oʻqigan.

2011 - 2014 yillarda Jizzax viloyati Baxmal tumani “Iqtisodiyot va kasb-hunar” kollejida oʻqigan.

2014 – 2018 yillarda Jizzax politexnika institutining “Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (yigirilgan ip ishlab chiqarish)” yoʻnalishida oʻqigan.

2018 – 2020 yillarda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining “Toʻqimachilik xom ashyolarini qayta ishlash texnologiyasi (yigirish texnologiyasi) mutaxassisligi tamomlagan.

2019 - 2020 yildan Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining “Mehnat muhofazasi  va ekologiya” kafedrasi laboranti.

2020 – 2023 yillarda Jizzax politexnika instituti “Toʻqimachilik mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi assistenti.

2021 – yildan Jizzax politexnika instituti “Sanoat texnologiyalari” fakulteti oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari boʻlib ishlab kelmoqda.

2023 – yildan  Jizzax politexnika instituti “Toʻqimachilik mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi dotsenti v.v. b.

2022 – yilda Prezident huzuridagi paxtachilik kengashining “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ tomonidan tashkil etilgan “Paxta-toʻqimachilik klasterlari tarkibidagi paxta tozalash korxonalariga qarashli paxta tayyorlov maskanida” malakasini oshirgan va oʻquv kursini tamomlagan.

2022 – yilda Texnika fanlari doktori professor A.Usmankulov rahbarligida “Mashinada terilgan paxtani yirik iflosliklardan samarali tozalash uchun UXK agregatini takomillashtirish” mavzusida Texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)  ilmiy darajasini himoya qildi.

2024 – yilning 23-iyulidan 5–avgustiga qadar Hindistonning ITEC dasturi tamondan tashkillashtirilgan “Climate Change and Sustainable Development” mavzusidagi malaka oshirish kursida ishtirok etgan.

Faoliyati davomida texnika yoʻnalishlarida 40 dan ortiq ilmiy ishlar jumladan, oʻquv va ilmiy-metodik qoʻllanmalar, ilmiy risolalar yaratgan. Mamlakatimiz va xorij davlatlarining nufuzli nashrlarida 10 dan ortiq maqolalar chop etgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan 1 ta foydali modelga patent olgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 307-sonli qaroriga asosan “Turli tolalar aralashmasidan tikuv iplari olish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida bajarilayotgan amaliy loyiha ishtirokchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Jizzax politexnika instituti huzuridagi texnika fanlari boʻyicha ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengash qoshidagi kafedralarora seminar aʼzosi sifatida faoliyat olib bormoqda.

2022 yilda Scopus bazasida indeksatsiyalangan “3rd International Conference on Energetics, Civil and Agricultural Engineering 2022” ICECAE 2022 halqaro ilmiy-nazariy konferenstiyada "Creation of improved UXK equipment for cleaning cotton from large impurities" mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2022 yilda Toshkent davlat texnika universitetida “Innovatsion texnika va texnologiyalarning qishloq xoʻjaligi-oziq-ovqat tarmogʻidagi muammo va istiqbollari” mavzusidagi II-Xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik anjumanida. “Paxta tozalash uskunasini yangi konstruktsiyasi” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2022 yilda Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Fan va ishlab chiqarish integratsiyalashuvi sharoitida toʻqimachilik va yengil sanoatdagi muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada “Paxtani yirik iflosliklardan tozalash uskunasini takomillashtirilgan yangi konstruksiyasi” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2021 yilda Fargʻona politexnika institutida “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlarini ishlab chiqishning rivojlanishidagi oʻrni va vazifalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanida “Mashinada terilgan paxtani tozalash uchun UXK agregatini takomillashtirish boʻyicha izlanishlar yoʻnalishini tanlash” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.

Salomov Abubakir Axmadqulovich yuqori malakali ilmiy kadr tayyorlashga alohida eʼtibor berib, “Ustoz-shogird” anʼanalariga rioya qilgan holda iqtidorli talabalar bilan muntazam ishlab bir qancha talabalarning institutda oʻtkazib kelinadigan “INNO-DAY”, Respublika isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tuman, viloyat bosqichlarida faxrli oʻrinlarni egallab kelmoqda.

2021-yildan hozirgi kunga qadar Jizzax politexnika instituti “Sanoat texnologiyalari”  fakulteti oʻquv ishlari oʻyicha dekan oʻrinbosari hamda 2023-yildan fakultetda qarashli “Toʻqimachilik mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi dotsentini vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelmoqda.