MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

SAIDOVA MUHAYYOXON TULKINOVNA

SAIDOVA MUHAYYOXON TULKINOVNA

Texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori, Toshkent davlat texnika universiteti “Yer usti transport tizimlari” kafedrasi dotsenti.

Saidova Muhayyoxon Tulkinovna 1987 yil 27 aprelda Navoiy viloyatida tavallud topgan. 1994-2003 yillari 8-oʻrta taʼlim maktabida oʻqigach, 2003-2006 yillari Texnika va iqtisodiyot kollejida taʼlim olgan.

2007-2011 yillari – Toshkent davlat texnika universitetining “Kasb taʼlim (Yer usti transport tizimlari)” mutaxassisligi boʻyicha bakalavriat bosqichida tahsil olgan.

2011-2013 yillari Toshkent davlat texnika universitetining “Yer usti transport vositalari va tizimlari” mutaxassisligi boʻyicha magistratura bosqichi boʻyicha taʼlim olgan.

2019-2022 yillari Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti mustaqil izlanuvchisi sifatida ilmiy izlanishlar olib borgan.

Saidova Muhayyoxon Tulkinovna 2022 yil 05.07.01 – “Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi boʻyicha himoya qilgan.

Hozirgi kunda Toshkent davlat texnika universiteti “Mashinasozlik” fakulteti “Yer usti transport tizimlari” kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritmoqda. M.T.Saidovani olib borayotgan ilmiy, uslubiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari, oʻquv jarayoniga yangi axborot-kommunikatsion va pedagogik texnologiyalarni hamda chet el tajribasini samarali qoʻllamoqda va ilmiy ish ustida faol ish olib bormoqda. M.T.Saidova oʻquv va ilmiy faoliyatida 50 dan ortiq ish eʼlon qilgan, shulardan 2 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta uslubiy koʻrsatma, 2 ta patent, 1 ta monografiya, xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda 20 ga yaqin maqolalar chop etgan, hamda 30 dan ortiq ilmiy amaliy anjumanlarda ishtirok etgan.

2019-yil “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati boʻlib, Turkiya davlati Chukurova universitetida malaka oshirib kelgan. 2022-yil Turkiya davlati Chukurova universitetida “Qishloq xoʻjaligi dronlari” boʻyicha ilmiy stajirovka oʻtab kelgan.

2022-2023- oʻquv yillarida TDTU va BNTU qoʻshma dastur asosida ochilgan Avtomobilsozlik bakalavr talabalarining bitiruv malakaviy ishining himoyalarida Davlat attestatsiya komissiyasi aʼzosi sifatida qatnashgan.

Saidova Muhayyoxon oʻzining ilmiy ishlari boʻyicha xalqaro va Respublika miqyosida tashkil etilayotgan ilmiy konferensiyalarida oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Saidova Muhayyoxon oʻzining ilmiy ishlari boʻyicha xalqaro va Respublika miqyosida tashkil etilayotgan ilmiy konferensiyalarida oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda.

2021-yil Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilgan “English for science” dasturini muvaffaqiyatli tamomlaganligi munosabati bilan sertifikat bilan taqdirlangan.

2022-yil Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish boʻyicha oʻtkazilgan saralash tanlovida gʻolib boʻlganligi munosabati bilan taqdirlangan va Top 1000 talikka kiruvchi universitetda malaka oshirishni qoʻlga kiritgan.

2023 yil Belarusiya davlatida Belarus milliy texnika universitetida ilmiy stajirovka oʻtab, u yerdagi texnika sohasida dunyoda yetakchilik qilatotgan BELAZ, MTZ, MAZ, Amkador kabi zavodlarda amaliyot oʻtagan.

Muhayyoxon Tulkinovna Turkiyada 2023-yil 4-6-oktyabr kunlari oʻtkazilgan “3rd International Conference on Research of Agricultural and Food Technologies” nomli konferensiya qoʻmita aʼzosi boʻlib, hamda oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

2024 yil  ITEC (Indian technical and economic cooperation) tashkiloti tomonidan “Green Technologies and Policy Instruments Framework to Mitigate Environmental Problems” dasturi asosida Hindiston davlati Chinnay shahrida malaka oshirgan.