MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

RAXIMOVA  NIGINA  MUROD QIZI

RAXIMOVA NIGINA MUROD QIZI

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekistan Milliy universiteti huzuridagi Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy xodimi

1993-yil 16-martda Toshkent shaxrining Olmazor tumanida tugilgan, millati oʻzbek; Raximova Nigina Murod qizi hozirgi kunda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish tarmoqlar buyicha Belarus-Oʻzbekiston qushma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti uchun maqsadli tayyorlanayetgan 2-bosqich magistranti. Hozirgi kunda u Mirzo Ulugʻbek nomidagi yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy tadqiqotlar institutida ilmiy xodimi sifatida faoliyat yuritib, shu bilan birga innovatsion texnologiyalarning Nanostrukturali kremniy datchik asosida turli xil ob’yektlarda temperatura va namlikni nazorat kiluvchi mikroprotsessorli asbobni ishlab chiqish buyicha, ishlab chiqarish amaliyotini xam oʻtash bilan bir qatorda Grant FZ 201906071 raqamli “Termodatchiklar va elektron termometrlarni ishlab chiqishning " ФОТОН" AJda mavjud texnologik ishlarga muvofik keluvchi texnologiyalarini ishlab chiqish” ilmiy loyixasida MIJ a’zosi sifatida ishlab kelmoqda. Raximova Niginaning  “Nanostrukturali kremniy datchik asosida turli xil ob’yektlarda temperatura va namlikni nazorat qiluvchi mikroprotsessorli asbobni ishlab chiqish”, “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari haroratini masofadan boshqarish uchun koʻp kanalli qurilmani ishlab chiqish” hamda “Nikel ionlari bilan toʻkilgan silikon yuzasining kristal tuzilishiga yumshatish ta’siri” nomli ilmiy - tadqiqot va ijodiy ishlarida egallayotgan ixtisosligi xususiyatlaridan kelib chiqib ilmiy-tadqiqot ishlari bilan birga ijodiy faoliyat bilan ham shugʻullanib, ishlab chiqarish korxonasiga yangi texnika, texnologiya va uslublarini tavsiya etish ham ilmiy asosdagi tadqiqotlar boʻlib, talaba ilmiy texnik konferensiyalarda oʻz ma’ruzalari bilan qatnashmoqda.
2019-yil Xalqaro “Science and innovation” International scientific journal Volgograd shahrida maqola chop etilgan.             

2022-yil Journal Proceedings on Engineering Sciences “Study of the distribution profile of iron implanted in silicon and influence thermal annealing on the structure of iron silicides”” nomli maqolasi chop etilgan.

2022-yil Scientific Technical Journalда “Некоторые особенности интегральных полупроводниковых датчиков температуры” nomli maqolasi chop etilgan va shunga oʻxshash bir qator nufuzli horijiy jurnallarda va halqaro anjumanlarda koʻpgina maqola va tezislari chop etilgan. Shuningdek, fan yoʻnalishining innovatsion texnologiyalar boʻyicha Respublika miqyosidagi tanlovlarda bir qator yutuqlarni qoʻlga kiritib, Vatanimiz sharafini yanada yuksaltirishga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.

Jumladan 2019-yili universitet talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan yangi “Start Up” tanlovida “TEXNOSTART” yoʻnalishi boʻyicha 2-oʻrinni egallagan. 2019-yil Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus talim vazirligi, Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti Talaba va yosh pedagoglar hamda korhonalarning yosh mutaxassislari Respublika “ROBOT-UZ 2019” robototexnika tanlovida faol ishtirok etgani uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

2019-yil “O’zstandart” агентлиги “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat korxonasi” da amaliyot oʻtadi. Amaliyot davomida talaba oʻtkazilgan tadqiqot anketalarini kodlashtirdi, diagrammalar tuzdi. Talaba amaliyot vaqtida oʻzining namunali xulqi, masuliyatliligi, tirishqoqliligi, ishini oʻz vaqtida bajaradigan, intizomli hamda Sertifikatlashtirishda, mahsulot muvofiqligini tasdiqlanishi lozim boʻlgan hususiyatlar roʻyhati, tekshirish va sinash usullarini oʻzlashtirganligini koʻrsatdi. Shuningdek, idora tadbirlarida faol ishtirok etgani uchun “Respublika SSM” DK qoshidagi “Chuqursoy” maxsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus talim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Oliy talim muassasalari talabalari oʻrtasida “Tafakkur sinovlari” Respublika koʻrik-tanlovining hududiy bosqichida 1-darajali Diplom bilan taqdirlangan.  

2019-yilda Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy Kengashi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan “Yoshlik malikasi-2019”, “Eng istedodli ishtirokchi” nominatsiyasi gʻolibasi etib diplom va estalik sovgʻalar sohibasi boʻlgan.

2021-yil Sertifikat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Oʻzbekiston-Fransiya" doʻstlik jamiyati yetakchi olimlar hamkorligida masofaviy shaklda tashkil yetilgan "Ilmiy tadqiqotlar sammiti"da oʻzining ilmiy maqolasi hamda ma’ruzasi bilan ishtirok etgani uchun taqdirlangan.

2022-yil "Best publication" ilmiy tadqiqotlar markazi (science and research center) tomonidan tashkil qilingan “Tashabbuskor islohotchi” xalqaro tanlovi gʻolibi.

2022-yil Lider yoshlar assotsiyatsiyasi “Kelajak bunyodkorlari volontyorlari birlashmasi”, Respublika yosh olimlar kengashi “Flight Youth forum” da faol ishtirok etgani uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

Jumladan “Research and publications” ilmiy nashrlar markazi, Sirdaryo viloyati hokimligi, Sirdaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi, Toshkent toʻqimachilik va yyengil sanoat instituti, Аxborot ommaviy kommunikatsiyalar agentili Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Yoshlar Ishlari Аgentligi va bir qancha davlat tashkilotlari tomonidan 2022-yil “Ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlar: Muammo va yechimlar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasidagi “Ta’lim fidoyisi” xalqaro ilmiy-amaliy koʻrik tanloviga taqdim yetilgan ilmiy ishlari ilmiy kengash tomonidan koʻrib chiqilib, bir ovozdan ma’qullandi va “Ta’lim fidoyisi” esdalik nishoni hamda guvohnoma, sertifikat, tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
2022-yil Belgiya Ta’lim Kengashining "Kiberpedagog" Xalqaro Online ta’lim harakati doirasidagi 4-master-klassda samarali ishtirok etib maxsus Sertifikatga ega boʻldi.
Nur-Sulton, Qozogʻistondagi “Yeng yaxshi yosh olimlar – 2022” loyihasi ishtirokchisi
 Raximova Nigina Murod qizi Ushbu loyihada MDH mamlakatlari ilm-fan rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan yeng yaxshi yosh olimlar qatorida “Eng yaxshi yosh olim – 2022” xalqaro loyihasiga qabul qilingan, mazkur loyihaning asosiy maqsadi yosh olimlarning yeng yaxshi muhim va innovatsion loyihalarini aniqlash, ilmiy qiziqishlarini ilgari surish, ilm-fan rivoji uchun yagona birlashtiruvchi platforma yaratishdan iborat.
“Tashabbuskor islohotchi” xalqaro ilmiy-amaliy tanlovi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) miqyosida tashkil yetilgan xalqaro ilmiy-amaliy koʻrik tanloviga taqdim yetilgan ilmiy ishlari ilmiy kengash tomonidan koʻrib chiqilib, bir ovozdan ma’qullandi va “Tashabbuskor islohotchi” yesdalik nishoni hamda yesdalik nishon belgisi, guvohnoma, sertifikat, diplom, tashakkurnoma bilan Samarqand shahrida taqdim etildi.

Aytish mumkinki, Davlat darajasidagi e’tibor keyingi yillarda iste’dodlar makoni boʻlgan Oʻzbekistonimizda oʻzining salmoqli samaralarini bermoqda. Bu oʻrinda yosh avlodimiz vakillarining nufuzli madaniyat va fan-ta’lim anjumanlarida faol qatnashib yuqori oʻrinlarni qoʻlga kiritib kelayotganliklarini eslashimiz mumkin. Talabalar ilmiy ishlarining nihoyatda istiqbolli shakli ularning umumuniversitet kompleks tadqiqotlarida, mutaxassislik kafedralarning rejali ilmiy ishlarini bajarishda qatnashishidir. Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarining yakuni ilmiy maqola, patent, nomzodlik dissertatsiyaga mavzu va ma’lumot sifatida shakllanadi.