Saidova Kamola Uskanbayevna 27 sentyabr 1991 yilda Toshkent shahrida, bilimli va intellektual oilada tugʻilgan. Millati oʻzbek, oliy maʼlumotga ega, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.
1997-2008 yillarda Toshkent shahridagi Yashnobod tumani 282-maktabda oʻqigan. 2008 yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Milliy universitetga kontrakt asosida oʻqishga kirgan. 2012 yilda bakalavriatni falsafa tarixi fakultetida rus tilida tamomlagan, 2014 yilda esa magistraturani falsafa fakultetida grant asosida tugatgan. 2020 yilda falsafa doktori (PhD) unvonini olgan, 2022 yilda falsafa fanlari doktori (DSc) unvonini va 2022 yilda dotsent unvonini olgan.
2014-2018 yillarda Oʻzbekiston Davlat Jahon tillari universitetida oʻqituvchi sifatida ishlagan. 2018-2020 yillarda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani 50-maktabida yuqori sinf oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 2020-2021 yilgacha Astrakhan texnik universitetining Toshkent viloyatidagi filialida ekologiya va tabiatdan foydalanish kafedrasida assistent sifatida ishlagan. 2021-2022 yillarda Astrakhan texnik davlat universitetida Toshkent viloyatidagi filialda katta oʻqituvchi sifatida ishlagan.
2022-2023 yillarda Toshkent shahridagi Astrakhan texnik universitetida ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasida dotsent sifatida ishlagan. 2023 yildan hozirgi kunga qadar Toshkent xalqaro taʼlim universitetining taʼlimni boshqarish va pedagogika kafedrasida professor sifatida faoliyat yuritmoqda.
K.Saidova 2020 yilda falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan, 2022 yili falsafa fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan. 2022 yilda ijtimoiy falsafa ixtisosligi boʻyicha dotsеnt ilmiy unvonini olgan.
Hozirda Saidova Kamola «Sharq va Gʻarb pedagogikasiga komparativistik yondashuv asosida yoshlarni tarbiyalash mexanizmlarini takomillashtirish» mavzusida ikkinchi doktorlik dissertatsiyasini himoya
qilmoqda.
Saidova Kamola Uskanbayevnaning dissertatsiya mavzusi kafedra va Ijtimoiy fanlar fakulteti Kengashi muhokamasidan oʻtib, Oʻzbekiston Milliy universiteti Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan va «OAK Byulleteni» jurnalining 2024-yil 2-soniga V2024.1.DSc/Ped880-raqami bilan topshirilgan.
Dissertatsiya ishi Oʻzbekiston Milliy universiteti ilmiy-tadqiqot rejalari bilan bogʻliq holda bajarilgan. Tadqiqot mavzusi boʻyicha jami 21 ta ilmiy ish chop etilgan, jumladan 1 monografiya, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 12 ta maqola (10 tasi respublika va 2 tasi xorijiy jurnallarda) chop etilgan.
Saidova Kamola Uskanbayevna oilali, ikki nafar farzandning otasi.