Sadriddinova Nigora Xusniddin qizi 1995-yil 16-avgustda Toshkent shahrida, ziyolilar oilasida tugʻilgan. 2001-2009 yillari 51-umumtaʼlim maktabi, 2009-2012 yillari – Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi 2- sonli akademik litseyida tahsil olgan. 2012-2016 yillari Toshkent Davlat Sharqshunoslik Institutida “Xalqaro Iqtisodiy Munosabatlar va Mamlakatshunoslik” mutaxassisligi boʻyicha bakalavriat bosqichi va 2016-2018 yili Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetida magistratura bosqichi, 2019-2022 yillari tayanch doktoranturada (PhD) tahsil olgan. Hozirda ilmiy ishini davom ettirgan holda (Dsc) doktoranturada mustaqil tadqiqotchi.
2009- yil Fransuz tilidan oʻtkazilgan tuman fan olimpiadasi faxriy oʻrin sohibasi, 2011-yil Model United Nations tomonidan oʻtkazilgan “Globalization of information and communications technology and its impact on youth” mavzusida spiker, 2014- yil “Young Leaders Development Project”(YLDP) loyihasi ishtirokchisi, 2015- yil «XII – International Exhibition Education and career» asosiy ishtirokchisi, 2017- yil Respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy amaliy anjumanda 1- darajali spikeri, 2021- yil BMT tomonidan tashkil qilingan “Globalization of information and communications technology and its impact on youth” konferensiyasida “Eng yaxshi Diplomat” nominatsiya gʻolibi, 2022- yil Innovatsiya Vazirligi tomonidan tashkil etilgan “English for Science” akademik loyihasi bitiruvchisi, 2022- yil Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti tomonidan tashkil etilgan “Global processes and their influence in Central Asia konferensiyasida “Eng yaxshi Spiker” nominatsiya gʻolibi, 2022- yil tashkil etilgan xalqaro “The Central Eurasian Studies Society 7th Summer Conference” konferensiya ishtirokchisi, 2022- yil Toshkent shahrida “Tashkent International Business Hub” nomli biznes forum tashkilotchisi, 2023- yil USAID xalqaro tashkiloti hamda Oʻzbekiston Eksportchilar Uyushmasi oʻrtasida tashkil qilingan “Eksportni ragʻbatlantirish boʻyicha konsultatsiya kuni” tadbiri tashkilotchisi 2019- yildan beri Oʻzbekiston Eksportchilar Uyushmasi Tashqi aloqalar boʻlim boshligʻi boʻlib faoliyat yuritadi.
Faoliyat yillarida Oʻzbekiston va Xitoy, Fransiya, Turkiya, Malayziya, Afgʻoniston, Rossiya, Tojikiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Hindiston davlatlari oʻrtasida ikki tomonlama memorandumlar hamda biznes forumlar tashkilotchisi boʻldi. Uyushmadagi faoliyati mobaynida Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bilan birga ishlab, oʻz malakasini oshirdi. 2023- yil xalqaro “International Trade Center” portal boʻyicha xalqaro sertifikatga ega ekspert boʻldi hamda oʻz bilimlari bilan taqdimotlar oʻtkazib boʻlishib boradi.
ITC oʻquv dasturidan soʻng chet davlatlardan mahsulot eksporti va importi hamda ularning savdosi boʻyicha mentorlik ishlarini olib boradi. U 2022-yil “Toʻqimachilik klasterlarining eksport salohiyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi 08.00.13 yoʻnalishida iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Uning ilmiy-tadqiqot faoliyati serhosil boʻlib, Xalqaro va Respublika jurnal va konferensiya toʻplamlarida 40 dan ziyod ilmiy maqolalari nashr etilgandir. N.Sadriddinova Xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarning faol ishtirokchisidir. Jumladan, 2020 yili Hindistonning taniqli ilmiy jurnalida “Theoretical aspects of management and approaches to the development of the export potential of textile clusters” nomli maqolasi chop etildi. 2021- yil Scopus bazasida “Improving the analysis of business processes in digital Era” maqolasi chop etilib, xalqaro ilmiy-amaliy plenar yigʻilishida taqdimot-maʼruza bilan ishtirok etgan.
N.Sadriddinova 2023- yilda “Toʻqimachilik klasterlarining eksport salohiyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish” nomli monografiyasini chiqardi, hamda shu yilning oʻzida oʻquv qoʻllanmasi ham chop etildi. 2021 yildan N.Sadriddinova Turkiyaning “Dergipark” jurnallarida tahririyat aʼzosi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Faoliyati davomida tadbirkorlarning eksport salohiyatini oshirish hamda faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish va eksportni amalga oshirish yoʻllari yuzasidan koʻplab tadbirlar, konferensiya, forumlar ishtirokchisi hamda tashkilotchisi boʻldi.
N.Sadriddinova ilmiy-tadqiqot, pedagogik faoliyat bilan bir qatorda tashkiliy ishlarni ham muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasi “Shadong” Provinsiyasi tomonidan tashkil etilgan online koʻrgazma tashkilotchisi, Oʻzbekiston va Xitoy tadbirkorlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha “Oʻzbekiston-Guanchjou biznes forumi” tashkilotchisi, “Ready4Trade” Markaziy Osiyo “Kichik biznes uchun eksport va xalqaro savdoni oʻqitish” dasturi taqdimotchisi, Oʻzbekiston 24 telekanalida “Yilnoma” hamda “Munosabat tok shou” larda faol ishtirokchi spiker boʻlib sertifikat, faxriy yorliqlar va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.
N.Sadriddinova ilmiy-ijodiy faoliyat bilan bir qatorda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻyicha talabalar oʻrtasida turli xil “Kitobxon”, “Faol iqtisodchi yoshlar” tanlovlari, Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar va boshqa bir qator tadbirlarni tashkil etgan.
2023-yilda oʻtkazilgan xalqaro “Training for trainers ITC” da CATI Portal, Trade Map, Market Access Map ilovalarini ishlatish boʻyicha xalqaro Trener sertifikatini qoʻlga kiritdi. Sadriddinova Nigora Xusniddin qizi hozirgi kunda “International school of finance technology and science” institutida dotsent v.b. hamda Oʻzbekiston eksportchilar uyushmasi tashqi aloqalar boʻlimi boshligʻi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.