Rasulova Nilufar Farxadovna 21 may 1971 yilda Jizzax viloyati Forish tumanida tugʻilgan. 1988 yili oʻrta maktabni tugatib, shu yili Oʻrta Osiyo pediatriya tibbiyot institutining 1 kursiga qabul qilindi va Oʻrta Osiyo pediatriya tibbiyot institutida oʻqishni 1994 yili tamomladi. 1994 yildan 2006 yilgacha ToshPTIning Ijtimoiy gigiyena va sogʻliqni saqlashni tashkil qilish kafedrasida assistent lavozimida ishlab, 2006 yil fevral oyida tibbiyot fanlari nomzodi darajasidagi ilmiy tadqiqot dissertatsiya ishini himoya qildi. Mazkur 2007 yildan 2012 gacha ToshPTIning Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni boshqarish kafedrasida katta oʻqituvchi lavozimida ishladi.. 2012 yildan 2024 yil hozirgacha ToshPTIning Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni boshqarish kafedrasida dotsent lavozimida faol ishlab kelmoqda.
2017 yil mart-aprel oylari va 2019 yil oktyabr oyida, 2023 yil sentyabr oyida Toshkent tibbiyot akademiyasida 288 soatlik oʻquv kurslarida malaka oshirdi. Ilmiy yoʻnalish boʻyicha 2010-2024 yillarda Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni boshqarish fani boʻyicha 10 ta magistr va 4 ta bakalavr talabalarning ilmiy - tadqiqot va ilmiy- ijodiy ishlariga rahbarlik qilgan va “Atoqli Olim” stipendiyasini olishga musharraf boʻlishgan.
Kafedra faoliyatida ilmiy-tadqiqot va oʻquv jarayonini zamonaviy uslublar asosida tashkillashtirishga koʻp harakat qilib kelmoqda. Ilmiy oʻquv jarayoniga zamonaviy oʻqitish uslublarini, yangi zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni chuqur mukammal egallashlariga, ayniqsa yosh pedagoglar tomonidan, ularni tatbiq etishiga va darslarni yuqori ilmiy-uslubiy darajada olib borilishiga katta ahamiyat berilmoqda. 2017 yil mart-aprel oylari va 2019 yil, 2023 yil sentyabr oyida Toshkent tibbiyot akademiyasida 288 soatlik oʻquv kurslarida malaka oshirdi. Ilmiy yoʻnalish boʻyicha 2010-2024 yillarda Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni boshqarish fani boʻyicha 10 ta magistr va 4 ta talabalarning ilmiy - tadqiqot va ilmiy- ijodiy ishlariga rahbarlik qilgan.
Kafedrada professor oʻqituvchilar orasida Nilufar Rasulova tomonidan talabalar uchun kafedra kutubxonasini eng yangi oʻquv, ilmiy va uslubiy adabiyotlar bilan toʻldirish, tarqatma materiallarni tayyorlash boʻyicha katta ishlar olib borilmoqda.
Ilmiy – tadqiqot ishlari bilan Qozogʻiston tibbiyot universitetida TOP-1000 talik kiritilgan hamkorlikda master klass maʼruzalarida chiqdilar.
Har yili boʻladigan Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda faol muntazam ishtirok etib kelmoqda. Kafedrada, oʻquv sifati jarayoniga zamonaviy taʼlim berish usullarini kiritish, ilmiy tadqiqot institutlari va boshqa tibbiyot institutlarining kafedralari bilan aloqalarni mustahkamlashga eʼtiborni qaratish maqsadida Nilufar Rasulova tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyasining Kursk Davlat Tibbiyot Universiteti bilan hamkorlikda faol qatnashib kelmoqda. 2022-2023 oʻquv yilida professor Aleksandr Mixayilovichni Chernx kafedraga tashrifi boʻldi, hamda 2-3-kurs barcha fakultet talabalariga “Oqilona ovqatlanishga boʻlgan gigiyenik talablar” mavzusida mazmunli va dolzarb maʼruza oʻqidilar.
Hozirgi kunda kafedrada ilmiy tadqiqot ishlar bilan shugʻullanib kelmoqda. U muntazam ravishda magistr va talabalar bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi. Magistrlarni jamoat salomatligi yoʻnalishiga qiziqtirib ular bilan birga ilmiy izlanishlar olib boradi, ilmiy-pedagogik qadrlarni tayyorlashda oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Magistratura boʻlimi boshligʻi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Har yili boʻladigan Xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda oʻz maʼruzalari bilan faol muntazam ishtirok etib kelmoqda.