MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

QODIROV FARRUX ERGASH OʻGʻLI

QODIROV FARRUX ERGASH OʻGʻLI

Iqtisod fanlari boʻyicha falsafa doktori, Shahrisabz davlat pedagogika instituti Informatika va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri, v.b dotsent

Qodirov Farrux Ergash oʻgʻli 1993 yil 9 fevralda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida ziyoli oilasida tavallud topgan. Millati oʻzbek. 1999-2008 yillari – Mirzo Bedil nomli 100-umumtaʼlim maktabi, 2008-2011 yillari – Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar Akademik litseyida tahsil olgan.  2015-2019 yillari – Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida Kompyuter injineringi  mutaxassisligi boʻyicha bakalavriat bosqichi va 2019-2021 yili magistratura bosqichi, 2020-2023 yillari mustaqil tadqiqotchi sifatida Iqtisod fanlari boʻyicha ilmiy tadqiqot ishini amalga oshirib 2023-yil dekabr oyida muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2024 yil 3-yanvardan boshlab hozirgacha Shahrisabz davlat pedagogika instituti Informatika va uni oʻqitish metodikasi kafedrasida kafedra mudiri sifatida faoliyatini davom ettirmoqda, shu bilan birgalikda Iqtisod fanlari boʻyicha doktorlik DSc ishini ham boshlab ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Qodirov Farrux Ergash oʻgʻli Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 18 dekabr 826-sonli buyrugʻiga asosan “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiyasi”ga sazovor boʻldi.

Qodirov Farrux 2019 yil 17 mart kuni Rossiya federatsiyasida onlayn oʻtkazilgan "ИКТ-компетинтност как критерий оценки профессионалной деятелности согласно требованиям профстандарта современного педагога"  tanlovida 1-oʻrinni qoʻlga kiritganligi uchun 1 darajali diplom bilan taqdirlandi. InnoWeek-2018 – Respublika yosh ixtirochilarining innovatsion haftaligida “Informatsion texnologiyalari” yoʻnalishida ishtirok etib keldi va filial rahbariyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Qodirov Farrux 2020 yil 18 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalarini Rivojlantirish vaziri Sh. Sadikov tomonidan tashkil etilgan Yoshlar bilan uchrashuv davomida AKT sohasida ulkan yutuqlarga erishgan iqtidorli talaba yoshlarni taqdirlash marosimida vazirlikning 2020 yil 15 yanvardagi 36-sonli buyrugʻiga asosan maxsus tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Open Data Challenge 2019 Hackaton Respublika loyihalar tanlovi uchun  InfoPage.gov.uz Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarni davlat tashkilotlaridan qarzdorlik holatini tekshirish portali loyihasi bilan qatnashib sertifikatni qoʻlga kiritdi.

F. Qodirov  bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olish davrida  oʻzining dasturchilar jamoasidan iborat boʻlgan guruhi bilan birgalikda 30 ga yaqin texnik xamda dasturiy ishlanmalar, loyihalar ishlab chiqqan. Oʻzining 10 dan ortiq dasturiy ishlanmalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining maxsus mualliflik guvohnomalarini qoʻlga kiritgan.

Hozirgi kunga qadar F. Qodirov 200 dan ortiq xalqaro, respublika miqyosida ilmiy xamda texnika va iqtisod sohalariga oid maqolalar muallifi hisoblanadi.

F. Qodirov 2020-yildan TATU Qarshi filialida oʻqituvchilik faoliyatini boshlagan, shu yildan boshlab talabalarga oʻzining bor bilim, koʻnikmalari hamda IT sohasida erishgan yutuqlari orqali talabalarga sifatli taʼlim berishni boshladi. 2020-2021-oʻquv yilida Ustoz-shogird ananasi doirasida Ilmiy rahbarligi ostida 3 nafar iqtidorli talabalar bilan ishlashni boshladi. Bular Usmonov Maxsud Tulqin oʻgʻli, Shokirov Shoxrux Husen oʻgʻli va Abdirasulov Javohir Ulugʻbek oʻgʻli larga IT sohasini yanada chuqurroq oʻrganishi kelgusida shu sohaning yetuk mutaxassisi boʻlib yetishishi uchun oʻzining bor bilim koʻnikmalarini shogirdlariga berib keldi. Va bularning natijasi sifatida 2021-2022 oʻquv yilida Usmonov Maxsud Yil talabasi tanlovida universitet doirasida 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi va ikki oʻquv yilida davomida ilmiy rahbarligi ostida 50 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar muallifi boʻlishdi. 2021-2022-oʻquv yilida “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiyasini qoʻlga kiritdi. 2023- yilda esa Oʻzbekiston Milliy universitetida Magistratura bosqichida oʻqishni boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-iyundagi PQ-199-son qaroriga asosan «Mard oʻgʻlon» davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Yana bir shogirdi Shokirov Shoxrux esa ilmiy rahbarligi ostida juda ham koʻplab yutuqlarga erishib keldi va ushbu talaba bilan ham 30 dan ortiq ilmiy loyihalar hamda maqolalar muallifi boʻlishdi. Innovatsion haftaliklar, startap loyihalar tanlovlarida faol ishtirok etib kelishdi. 2022-2023 oʻquv yilida esa shogirdi Shokirov Shoxrux ham “Beruniy” nomli davlat stipendiyasini qoʻlga kiritdi. Yana bir shogirdi Abdirasulov Javohir bilan ham xuddi shunday ilmiy izlanishlar olib borishib ushbu shogirdi bilan ham 30 dan ortiq maqolalarga mualliflik qilishgan hamda 20 dan ortiq dasturiy loyihalari hamda ishlanmalari bilan Respublikada tashkil etilgan startap tashabbuslari tanlovida qatnashib faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritib kelmoqda.

2019 yil 27-28-Sentabrda Shahrisabzda boʻlib oʻtgan Xalqaro Investitsiya forumida barcha shogirdlari bilan birgalikda oʻzlarining dasturiy va texnikaviy loyihalari bilan qatnashib xalqaro hamda mahalliy investorlarga oʻzlarining mahsulotlarini taqdim etishgan.

F.Qodirov 2024-yil 3-yanvardan hozirgacha Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Informatika va uni oʻqitish metodikasi” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda. Kafedrada jami 13 nafar asosiy shtatda professor-oʻqituvchilar mavjud boʻlib ushbu professor-oʻqituvchilar bilan hozirda bir jamoa boʻlib faoliyat yuritib kelmoqda va 2024- yilning oʻquv yilini soʻngiga qadar Informatika va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi institut miqyosida eng yuqori reyting ball toʻplagan kafedra deb topildi. Shahrisabz davlat pedagogika institutida faoliyatini boshlaganiga koʻp boʻlmaganiga qaramay tezda ustozi, ilmiy rahbari iqtisod fanlari doktori professor Muxitdinov Xudayar Suyunovich ilmiy rahbarligida keyingi doktorlik  (Dsc) dissertatsiya ishini boshlab yubordi va hozirda “Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ekonometrik modellashtirish metodologiyasini takomillashtirish mexanizmi (Qashqadaryo viloyati misolida)”  nomli mavzuda ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Albata Shahrisabz davlat pedagogika institutida ham ustoz-shogird anʼanasiga amal qilgan holda buyerda ham Matematika va informatika yoʻnalishi iqtidorli talabasi Mavlonova Muxlisa Nizomiddin qiziga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda. Ushbu talaba bilan ham ustoz-shogird ishlarini boshlashganiga hechqancha vaqt boʻlmasada Mavlonova Muxlisa ustozi koʻmagida juda ham koʻplab yutuqlarga erishdi. Va 2023-2024 oʻquv yilida davlat stipendiyasiga  hujjatlarini topshirdi. Ilmiy rahbarligi ostida Mavlonova Muxlisa hozirgacha 30 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar muallif hisoblanadi. Bundan tashqari Onlayn IT sertifikatlarni ham qoʻlga kiritgan iqtidorli talabalardan biri hisoblanadi. F.Qodirov oʻz oldiga hozirgi yoshlarga IT sohada tegishli oʻzining bor bilim malakasini, gʻoyalarini, singdirgan holda talabalarga zamon talabiga mos holda bilim berishni va iqtidorli talabalarni topib ularni iqtidorini shakllantirishga hamda yuzaga chiqarishga koʻmaklashishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan fidoiy yosh olimlardan biri hisoblanadi.

F.Qodirov oʻzining ahil jamoasi bilan birgalikda 2023-2024- oʻquv yilining Bahorgi semestrini oʻzida 15 ga yaqin oʻquv qoʻllanma va 10 dan ortiq oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni jamoasi bilan birgalikda darslik va oʻquv qoʻllanmalar sifatida chop ettirib Shahrisabz davlat pedagogika institutining axborot resurs markaziga muntazam topshirib kelmoqda.

Quvonarlisi shundaki F.Qodirovning Shahrisabz davlat pedagogika instituti “Informatika va uni oʻqitish metodikasi” kafedrasida kafedra mudiri sifatida ish boshlaganida oʻzining TATU Qarshi filialida ham bilim bergan ham shogirdlaridan biri boʻlgan Jurayev Suhrobjon Salohiddin oʻgʻli ham ushbu kafedrada assistent lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Jurayev Suhrobjon Salohiddin oʻgʻli bilan 2024- yil yanvar oyidan boshlab yana ustoz-shogird ananasiga muvofiq ishlarni boshlab yubordi va Aprel oyida Jurayev Suhrobjon Salohiddin oʻgʻliga oʻzining ustozi Muxitdinov Xudayar Suyunovich rahbarligida ilmiy tadqiqot ishini boshlashiga va ilmiy tadqiqot ishi mavzusini olishda koʻmaklashdi.

F. Qodirov oʻzining tirishqoqligi, mehnatsevarligi hamda talabchanligi bilan kafedra aʼzolariga oʻrnak boʻladigan chinakam yosh rahbar  boʻla oldi. Jurayev Suhrobjon Salohiddin oʻgʻli ham ustozi Farrux Qodirov rahbarligi ostida ancha yutuqlarga erishib boʻlgandi va erishib kelayotgan yosh izlanuvchilardan biri boʻlib, ilmiy izlanishlari va ilm-fanning rivojlanishida qoʻshgan hissasi, talabalarga sifatli taʼlim berishida oʻrnak boʻladigan yosh ustoz sifatida eʼtirof etilib ushbu shogirdi ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-iyundagi qaroriga asosan «Mard oʻgʻlon» davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Farrux Qodirov oʻzining mehnat faoliyati davomida shogirdlari oʻzidanda yuqori yutuqlarga, yuqori natijalarga erishayotganini koʻrib shogirdlari bilan faxrlanishini yana bir bor aytib, shogirdlarining ushbu erishayotgan yutuqlaridan Farrux Qodirov yanada kuch-gʻayrat olib iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab quvvatlashni davom ettirishini bildirib oʻtdi.

Ilm yoʻlida izlanishdan hech qachon qaytmaslik kerak, ortga chekinmaslik kerak deydi Farrux Qodirov, zero albatta ushbu mehnatlar oʻz mevasini beradi deb doimo oʻz shogirdlariga oʻqtirib keladi.

Farrux Qodirov hozirgi kunda xalqaro bazalarda Google Schoolar, ResearchGate, Scopus, Web of science xalqaro platformalarida ham oʻzining koʻrsatkichlariga ega yosh olimlardan hisoblanadi. Hozirgi kunda Informatika va uni oʻqitish metodikasi kafedrasida faoliyat yuritib kelayotgan barcha professor-oʻqituvchilarni ham mana shunday xalqaro bazalarda oʻzlarining harsh indeks koʻrsatkichlariga ega boʻlishi uchun oʻzining kerakli maslahatlari va yoʻl-yoʻriqlarini koʻrsatib kelmoqda.