MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

PULATOVA DURDONA  RAVSHANOVNA

PULATOVA DURDONA RAVSHANOVNA

Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti, “Ijtimoiy - gumanitar yoʻnalishlarda xorijiy til” kafedrasi dotsenti

Pulatova Durdona Ravshanovna 1989 yil  23 oktyabrda Namangan shahrida ziyoli oilada tugʻilgan. 1996-2005 yillari – Namangan shahridagi 2-umumtaʼlim maktabi va 2005-2007 yillarda 58- umumtaʼlim maktabida tahsil olgan.

2007-2011- yillarda Namangan Davlat Universiteti Ingliz Filologiyasi fakultetida bakalavriat, 2011-2013 yillarda shu universitetning  “Ingliz adabiyoti” fakultetida  magistratura yoʻnalishlarini tamomlagan.

Shu yillar davomida Universitetda fakultet yetakchisi, “Kamolot” yoshlar tashkilotida yoshlar yetakchisi sifatida faoliyat yuritgan.

2007-2009- yillarda KOICA da web sayt yaratish va koreys tillarini oʻrgangan.

2012-2013- yillarda UNDP eʼlon qilgan “Mening viloyatim” proyektida oʻzining “Namangan – city of flowers” mavzusida ikki yil davomida blok yuritib faxrli ikkinchi oʻrinni olgan.

2013-2016 yillarda Namangan Davlat Universiteti ingliz tili fani oʻqituvchisi sifatida ishlagan.

2015-2017 yillarda AQSH elchixonasining ilmiy tadqiqot oʻtqazish va darsliklar yaratish boʻyicha 280 soatli proyektida malaka oshirib tegishli diplom va sertifikat bilan taqdirlangan.

2015-yil AQSH elchixonasi va OʻzDJTU oʻrtasidagi proyekt asosida tuzilgan “B2 Ready” nomli kitobda hammuallif boʻlgan.

2017-2019- yillarda expert Gina Bennet bilan hamkorlikda Scopus bazasidagi maqolalarni yaratish va ilmiy tadqiqot ishini olib borish boʻyicha ish faoliyat yuritgan va Dr. Gena Bennett bilan bir qator nufuzli xalqaro TESOL konferensiyalarida birga olib borgan tadqiqot ishlarini natijalari bilan boʻlishishgan.

2019- yil “TESOL Arabia” da 3 ta tadqiqot olib borgan boʻlib,ushbu seminarda boshqa davlatlardan ishtirok etayotgan olim va ishtirokchilarga ilmiy takliflarini bergan.

2019-2020 yillarda BAA ning Dubay shahrida “Leadership”, “Educational management” “Artificial Intellect and Digital Learning” boʻyicha malaka oshirgan.

2020-yil Dubai shahrida ilk bor “Xalqaro xorijiy til va filologiya masalalari” boʻyicha ilmiy xodim sifatida ish faoliyat boshlagan.

2019-yil Cambridge Universitetining CELTA kursini tamomladi va sertifikat bilan taqdirlandi.

2019-2022-yilgacha Buyuk Britaniya-ning Norwich institutida  EMI proyekti boʻyicha koordinator vazifasini bajarib , Oʻzbekiston respublikasida faoliyat yuritayotgan turli soha oʻrganuvchilarini ingliz tilida oʻqitish dasturini tuzib chiqish va standardlashtirishni tuzib chiqqan.

2020- yildan shu kunga qadar “Tesol Arabia”da Ilmiy komitetda taqrizchi sifatia faoliyat yuritib kelmoqda va har yili ushbu tashkilot tomonidan oʻtkaziladigan taʼlimiy koʻrgazma va malaka oshirish, xalqaro konferensiyada oʻzining “Oʻquv dasturlarini tuzish, kurslarni yaratish boʻyicha, va ularni sotuvga qoʻyish ”, “ESP, EMI, EAP, AI” boʻyicha malaka oshirib kelmoqda.

2021-yildan shu kunga qadar “Quwait TESOL” da faoliyat yuritib kelmoqda. 2024- yilda Quvayt va Oman davlatlarida “Pedagogical implementation of corpus-based approach” mavzusi boʻyicha taqdimot qildi.

2022-yil Buyuk Britaniyaning Westmenister kollejida “TTT” va “IELTS instructor” boʻyicha malaka oshirdi va sertifikat bilan taqdirlandi.

2024-yil mart oyida BAAning Dubay shahridagi Kanada universitetida “Sunʼiy intellektni taʼlimga safarbar qilish” boʻyicha malaka oshirib, unda quyidagi maʼruza seminarlarni oʻqib  qaytdi: 1. “Oʻquv dasturlarini yaratishda korpusga asoslangan mashgʻulotlarni joriy qilish”, 2. “Korpusga asoslangan yondashuvning pedagogik mohiyati”, 3. “Darslik yaratishda korpusning ahamiyati”.

2024-yil iyul oyida Dunyo boʻyicha 84-oʻrinni egallagan Buyuk Britaniyaning Bermingham universitetida oʻtkazilgan 8-chi Korpus yozgi lagerida 180 soatli malaka oshirdi va shu universitetda “Developing communicative competence of ESP students through corpu-based activities” mavzusi boʻyicha maʼruza oʻqidi.

Hozirgi kunda 3ta xalqaro jurnalda muallif boʻlib faoliyat yuritmoqda.

Pulatova Durdona Ravshanovna 40 dan ortiq xalqaro maqola va tezislar, 1 ta monografiya, 1 ta frazeologik lugʻat, 3 ta metodik qoʻllanma, 6 ta oʻquv qoʻllanma va 3 ta darslik muallifidir.

.