MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

OMANOV BEHRUZJON SHUHRAT OʻGʻLI

OMANOV BEHRUZJON SHUHRAT OʻGʻLI

Texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Omanov Behruzjon Shuhrat oʻgʻli 1993-yilda Samarqand viloyati Past-Dargʻom tumani Juma shahrida tavallud topgan. Umumiy oʻrta taʼlimni 2000-yilda Navoiy shahridagi 6-sonli maktabda olgan. Maktabni 2009-yilda imtiyozli shahodatnoma bilan tamomlagan. Omanov Behruzjon Shuhrat oʻgʻli 2009-yilda Samarqand shahridagi Samarqand tibbiyot instituti qoshidagi 2-akademik litseyga oʻqishga qabul qilingan. Akademik litseyni 2012-yilda imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Omanov Behruzjon Shuhrat oʻgʻli 2012-2016-yillarda Navoiy davlat pedagogika institutining Tabiatshunoslik fakulteti “Kimyo oʻqitish metodikasi” taʼlim yoʻnalishida tahsil olgan. U oʻqish davomida bir qancha tanlovlarda faol qatnashib faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Talabalikni 2016-yilda imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2017-2019-yillarda Navoiy davlat pedagogika institutining Magistratura boʻlimida “Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi (kimyo)” mutaxassisligi boʻyicha taʼlim olgan va uni ham imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

Omanov Behruzjon Shuhrat oʻgʻli mehnat faoliyatini 2016-2017-yillarda Samarqand viloyati Nurobod tumani XTMFMT va TE boʻlimiga qarashli 18-maktabga kimyo fani oʻqituvchi vazifasidan boshlagan. 2017-2017-yillarda Navoiy shahar 19- oʻrta taʼlim maktabi  kimyo fani oʻqituvchisi, 2018-2019-yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti kimyo oʻqitish metodikasi kafedrasi 0,25 stavka oʻqituvchisi, 2019-2022-yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti kimyo oʻqitish metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi, 2022-2023-yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti kimyo kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2023-2024 yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti kimyo kafedrasi dotsent vazifasi bajaruvchisi, 2024-yildan Navoiy davlat pedagogika instituti kimyo kafedrasi dotsenti va 2023-yildan hozirgi vaqtgacha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Taʼlim-fan jamoatchilik kengashi aʼzosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Omanov Behruzjon Shuhrat oʻgʻli 2022-yil 19-iyulda Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot institutida 02.00.14 – “Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi” ixtisosligi boʻyicha “Asetilendan vinilasetatning katalitik sintezi va texnologiyasi” mavzusida dissertatsiya ishini texnika fanlari doktori, professor Fayzullayev Normurot Ibodullayevich ilmiy rahbarligida muvaffaqiyatli himoya qilgan va texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega boʻlgan.

Omanov Behruzjon Shuhrat oʻgʻlining bugungi kunga qadar Scopus Xalqaro maʼlumotlar bazasidagi hamda turli nufuzli bazalardagi ilmiy-amaliy jurnallarda, Oliy attestatsiya komissiyasi tavsiya etgan roʻyxatdagi Xalqaro va milliy jurnallarda, Xalqaro Respublika miqyosidagi ilmiy, amaliy, nazariy va texnikaviy anjumanlarda 100 dan ortiq ilmiy izlanish natijalari chop etilgan.

Omanov Behruzjon Shuhrat oʻgʻli 1 ta xalqaro “Laboratory classes in general chemistry” oʻquv qoʻllanma, 3 ta “Organik kimyo fanidan laboratoriya mashgʻulotlari”, “Лабораторные занятия по общей химии” va “Fizik kolloid kimyo fanidan laboratoriya mashgʻulotlari” uslubiy qoʻllanma, 3 ta “Catalysis of vinyl acetate from acetylene synthesis and technology”, “Catalytic Changes Of Acetylene In Bifunctional Catalysts” va “Conversion of Acetylene and Ethylene in Bifunctional Catalysts” monografiya hamda Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan tasdiqlangan 3 ta “Farmatsevtik kimyo”, “Biokimyo” va “Organik kimyo” elektron darslik va oʻquv qoʻllanmalar muallifi hisoblanadi.

Omanov Behruzjon Shuhrat oʻgʻli “International Journal of Pharmaceutical and Bio Medical Science” deb nomlangan milliy jurnalda tahririyat aʼzosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Omanov Behruzjon Shuhrat oʻgʻli 2024-yilda  Qozogʻiston Respublikasi Astana shahrida oʻtkazilgan Mustaqil davlatlar hamdoʻstligining “Eng yaxshi pedagog-2024” Xalqaro tanlovi gʻolibi boʻlgan va I darajali diplom hamda “Eng yaxshi pedagog-2024” yozuvi tushirilgan koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Omanov Behruzjon Shuhrat oʻgʻli 2022-yilda Vazirlar mahkamasi huzuridagi Bosh ilmiy metodik markazda Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun tashkil etilgan “English (Beginner)”, “Kredit-modul tizimi asosida taʼlim jarayonlarini tashkil etish”, “Yoshlarning odam savdosi va majburiy mehnat bilan bogʻliq jinoyatlarini oldini olish” va “Raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot” masofaviy kurslarni toʻliq oʻzlashtirgan.

Omanov Behruzjon Shuhrat oʻgʻli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 19-yanvar kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining videoselektor tarzida oʻtkazilgan 3-sonli majlis bayonining 38-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida “Bir mahallaga – bitta ziyoli maʼnaviy homiy” tamoyili asosida Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “Lochin” mahalla fuqarolar yigʻiniga biriktirilgan boʻlib, faoliyati davomida mahalladagi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy, taʼlim va tarbiyaviy sohalarda oʻz koʻmagini berib kelmoqda. Ushbu mahallada yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish hamda bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga jalb etish borasida samarali faoliyat olib borayotganligi uchun mahalla raisi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

Omanov Behruzjon Shuhrat oʻgʻli iqtidorli talabalar bilan samarali faoliyat olib borishi natijasida, bevosita uning rahbarligida 2021-yilda “Kimyo oʻqitish metodikasi” taʼlim yoʻnalishi 4-kurs talabasi Inoyatova Zebuniso Erkin qizi MDH da “ЛУЧШИЕ В ОБРАЗОВАНИИ-2021” Xalqaro tanlovida oʻzining ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib, birinchi darajali diplom va koʻkrak nishoni bilan 2022-yilda “Kimyo” taʼlim yoʻnalishi 2-kurs talabasi Rustamov Sardorbek Ahror oʻgʻli MDH da “ЛУЧШИЕ МОЛОДЫЕ УЧЁНИЕ-2022” Xalqaro tanlovida oʻzining ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib birinchi darajali diplom va koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. 2024-yilda “Kimyo” taʼlim yoʻnalishi 4-kurs talabalari Bahronova Malika Sherzodovnava Rustamov Sardorbek Ahror oʻgʻli Xalqaro internet-olimpiyadasi «Солнечный свет» onlayn olimpiadasida qatnashib faxrli 1-oʻrinni egallagan.

Omanov Behruzjon Shuhrat oʻgʻli oʻzining tashabbuskorligi, intiluvchanligi, yurtimiz ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida faolligi, kompyuter texnologiyalaridan yuqori darajada foydalana olish koʻnikmasiga ega ekanligi, yurtimiz tarixini mukammal bilganligi hamda bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblangan chet tillarini (rus va ingliz tillari) puxta egallaganligi muhim ahamiyatga ega. Iqtidorli talabalar Bahronova Malika Sherzodovnava va Saparov Feruz Anvar oʻgʻli

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisida B1 va B2 daraja sertifikatiga ega boʻlganligida ham ustozining xizmatlari beqiyos.

Omanov Behruzjon Shuhrat oʻgʻli oʻziga topshirilgan vazifalarga masʼuliyat bilan yondashib, oʻzining aql-zakovati, bilimdonligi va mehnatsevarligini namoyon eta oldi. U yetuk pedagog va ilmiy xodim boʻlib, kelajakda soha boʻyicha masalalarni mustaqil ravishda hal eta oladi.          Omanov Behruzjon Shuhrat oʻgʻli Navoiy viloyati Karmana tumani “Bogʻishamol” mahalla fuqarolar yigʻinida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, oʻzining chuqur bilimi bilan yordamga muhtoj hamda ogʻir ahvolga tushib qolgan yoshlar va oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida barchaga shaxsiy namuna koʻrsatib kelmoqda. Mahallada istiqomat qiladigan kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish, hududni obodonlashtirish, yolgʻiz keksalar va nogironlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida tashabbus koʻrsatib kelmoqda.

Omanov Behruzjon Shuhrat oʻgʻli talaba yoshlarga taʼlim berish bilan birga ularning maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini shakllantirishda ham ishtirok etib kelmoqda. Birgina 2020-2021 oʻquv yilida Kimyo oʻqitish metodikasi taʼlim yoʻnalishi 2- bosqich “B” guruh talabalari bilan “Onalar oyogʻi ostida Jannat!”, “Navroʻz yangilanish va yasharish bayrami!”, “Vatan ravnaqi yoʻlida sadoqat bilan xizmat qilish har birimizning sharafli burchimizdir”, “Sogʻlom turmush - farovon hayot”, “Xush kelding Navroʻz!” va “Buyuk bobolarimiz yod etilib” kabi mavzularida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlari, davra suhbatlari, axborot va murabbiylik soatlarini oʻtkazib kelgan.

2021-2022 oʻquv yilida Kimyo oʻqitish metodikasi taʼlim yoʻnalishi talabalari oʻrtasida  Yoshlar ittifoqi Kengashi va faol yoshlar tashabbusi bilan tashkil etilgan “Umumxalq hashar”, “Jannatim onam”, mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir, “Besh- tashabbus amalda” va “Ochiq davlat xizmati” mavzusida davra suhbatlari oʻtkazgan.

2022-2023 oʻquv yillarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus” doirasida “Shaxmat-shashka” sport musobaqasi,  “Talabalar turar joyida ichki tartib qoidalarga rioya qilish” boʻyicha davra suhbati, “Oʻlkamga xush kelding Navroʻz!!!”, mavzusida tadbir, 1-dekabr Xalqaro OITS ga qarshi kurashish kuni munosabati bilan yoʻnalish talabalari oʻrtasida  “ОIV va OITS ning xavfi” mavzusida davra suhbati tashkil qilingan,  hamda “Yangi Oʻzbekistonda yangi tahrirdagi konstitutsiya” deb nomlangan maʼnaviy va maʼrifiy targʻibot va tashviqot ishlarida faol tashkilotchilik qilgan.

Shuningdek, 2023-2024 oʻquv yilida 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Bayramingiz muborak aziz ustozlar”, Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan “Muqaddassan vatan bayrogʻi”, Konstitutsiyamizning 31-yilligiga bagʻishlab “Konstitutsiyamiz – baxtimiz qomusi” va “Elementlar davriy sistemasi 155 yoshda” mavzusida oʻtkazilgan tadbirlarni oʻtkazishda tashkilotchilik qobiliyatini namoyon etgan.

Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 12-sonli umumtaʼlim maktabi va Konimex tumanidagi 9-maktabda hamkorlik ishlari doirasida oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish ishlari boʻyicha targʻibot ishlarida muntazam qatnashib kelgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 10-fevraldagi 2-son yigʻilish bayoni ijrosini taʼminlash yuzasidan Navoiy davlat pedagogika instituti tadqiqot obyekti sifatida tegishli Professional taʼlim muassasalarini metodik va ilmiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2023-yil 4-dekabr kuni Navbahor koʻp tarmoqli texnikumida “Kimyoviy texnologiyaning soʻngi yutuqlari” mavzusida seminar-trening oʻtkazib kelgan.

Omanov Behruzjon Shuhrat oʻgʻli 2022-2023 yillari №1 raqamli “Asetilenni katalitik asetillash uchun mahalliy xom ashyolar asosida olingan ZnO∙CdO∙ZrO2/keramzit katalizatorini yaratish”, 2023-2024 yillari №2 raqamli xoʻjalik shartnomasi “Asetilenni katalitik gidratlab aseton olish uchun mahalliy xom ashyolar asosida ZnO·Fe2O3·Cr2O3·MnO2· V2O5/YuKS katalizatorini yaratish” mavzusidagi xoʻjalik shartnomasi (Loyihaning amaliy ahamiyati import katalizator STK-1 oʻrnini bosadigan katalizator olish va Respublikamizning valyuta zaxirasini tejashga moʻljallangan) bajarishda texnik xodim sifatida va №IAP 07607 raqamli ixtiro patenti “Burgʻilash eritmalari uchun bentonit kukuni olish usuli” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashib kelgan.

Omanov Behruzjon Shuhrat oʻgʻli 2022-yildan buyon Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot institutida 02.00.14 – “Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi” ixtisosligi boʻyicha “Asetilendan olinadigan mahsulotlar sintezi uchun maqbul katalizator tanlash va texnologiyalarini takomillashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiya ishini kimyo fanlari doktori, professor, akademik Djalilov Abdulaxat Turapovich ilmiy rahbarligida davom ettirmoqda.

Omanov Behruzjon Shuhrat oʻgʻli fidoyi, vatanparvar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini toʻla anglaydigan olim Omanov Behruzjon Shuhrat oʻgʻli ikki nafar farzandning otasi.