MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

NAZIROVA GUZAL MALIKOVNA

NAZIROVA GUZAL MALIKOVNA

Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori, Qoʻqon davlat pedagogika instituti Maktabgacha taʼlim kafedrasi professori

Nazirova Guzal Malikovna 1973 yil 4 aprelda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida tugʻilgan. Oilali 2 nafar farzandi bor.

1990 yilda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridagi 23-oʻrta taʼlim maktabini 10-sinfini bitirib, 1991 yilda Qoʻqon davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilingan.

1995 yilda OTMni tamomlab Qoʻqon shahridagi Mexanika zavodiga qarashli 21-bogʻchada tarbiyachi lavozimida pedagogik faoliyatini boshlaydi. 2000-2010 yillar davomida Qoʻqon shahar Sogʻliqni saqlash boʻlimiga qarashli Goʻdaklar uyida tarbiyachi boʻlib ishlagan. 2010 yildan 2013 yilga qadar Qoʻqon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika kafedrasida, 2013-2015 oʻquv yillarida  Maktabgacha taʼlim kafedrasida oʻqituvchi,  2015 yil mart oyidan Pedagogika va psixologiya kafedrasida oʻqituvchi lavozimida ishlab, 2021 yildan beri Maktabgacha taʼlim kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda.

2019 yilda G. Nazirova p.f.d., professor S.T. Turgʻunov rahbarligida “Tizimli yondashuv asosida maktabgacha taʼlim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish” mavzusida dissertatsiya himoya qilib, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga, 2021 yilda esa dotsent unvoniga ega boʻldi. 2022 yilda Guzal Nazirova rahbarligida "Olima ayollar grantlari” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi Pedagogika fanlari yoʻnalishida “Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasining yagona maʼlumotlar bazasi va elektron platforma yaratish” mavzusidagi loyiha gʻolib deb topilgan.

G.Nazirova faoliyati davomida kafedrada oʻquv, ilmiy-uslubiy, ilmiy tadqiqot sohalarida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu davr mobaynida kafedra institutdagi kafedralar reytingida yuqori oʻrinlardan birini egalladi, kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan  10 dan ortiq darslik va oʻquv qoʻllanmalari yaratildi, professor-oʻqituvchilarning xalqaro bazalardagi h– indeksi oʻrtacha 17 dan ortiq darajaga ega boʻldi.

Guzal Nazirova rahbarligida "Olima ayollar grantlari” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi Pedagogika fanlari yoʻnalishida “Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasining yagona maʼlumotlar bazasi va elektron platforma yaratish” mavzusidagi loyihada kafedra professor-oʻqituvchilardan 5 nafari ishtirokchi sifatida faoliyat olib bordilar.

Nazirova Guzal Malikovna tomonidan  soʻngi  3 yil mobaynida 3 ta oʻquv qoʻllanma, 1 ta monografiya, 2 ta darslik 80 dan ortiq ilmiy uslubiy maqolalari respublika, chet el nashrlarida va oliy taʼlim miqyosida nashr etilgan.

Nazirova Guzal Malikovna doimiy ravishda oʻzining kasbiy kompetentligini, siyosiy va ilmiy-nazariy bilimlarini oshirish ustida qatʼiyat va sabr-toqat bilan ishlaydi. Har bir ishda tashabbuskor, toʻgʻrisoʻz, maʼnaviy yetuk va hurmatga ega pedagog. Intiluvchan, mehnatkash, muammoli vaziyatlarning maqbul yechimini topa oladi. Yuqori muomala madaniyati va xizmat etikasiga rioya qilishi bilan institut jamoasi va talabalar oʻrtasida hurmatga sazovor.

Nazirova G.M. izlanuvchan oʻqituvchi, tashabbuskor, fidoyi rahbar. U qayerda, qaysi lavozimda ishlamasin, halol, oʻz ishiga masʼuliyat bilan qaraydi. Prezidentimizning barcha farmon, qarorlari ijrosini institut jamoasi va keng xalq ommasi oʻrtasida targʻib etishda faol ishtirok etadi. 2022-2024 yillar davomida Nazirova G.M. kafedra professor-oʻqituvchilari bilan birgalikda hamkorlik ishlari doirasida Qoʻqon shahridagi 4-DMTT, 18-DMTTlarda  “Mahorat maktablari” va “Tarbiyachi mahorati” mavzusida uslubiy seminarlar va mahorat darslari  tashkil qilib kelinmoqda.

2021 yili Qozon shahri (Rossiya)da oʻtkazilgan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi plenar yigʻilishida taqdimot-maʼruza bilan ishtirok etgan. Qozon Federal universiteti Yelabuga instituti Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim kafedrasi bilan ham tuzilgan shartnoma asosida Qozon Federal universiteti Yelabuga instituti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Gazizova Farida Samigulovna Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi talabalariga oʻquv mashgʻulotlari tashkil etdilar.

Guzal Nazirova 2022 yildan beri Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi Namangan davlat universiteti huzuridagi Kengashda PhD.03/04.06.2020 Ped.76.02 raqamli Ilmiy kengashida13.00.08 - «Maktabgacha taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi», ixtisosliklar boʻyicha maxsus malakaviy imtihon qabul qilish komissiyasi tarkibida faoliyat olib boradi.

G. Nazirova 2023 yildan beri Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi OAK Rayosati qaroriga koʻra “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq Namangan davlat universiteti huzuridagi Kengashda rasmiy opponent sifatida faoliyat olib boradi.

Nazirova talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi, institutda taʼlim berish va iqtidorli talabalarni ilmiy salohiyatini oshirishda faol ishtirok etadi.

Shuningdek, G. Nazirova rahbarligida ilgʻor xorijiy texnologiya va tajribalarni oʻrganish, amaliyotga joriy etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2023-2024 yillar davomida Turkiya Respublikasi Tokat Gaziosmanpasha universiteti bilan akademik mobillik boʻyicha shartnoma tuzilgan boʻlib, Tokat Gaziosmanpasha universiteti professorlari Umer Faruk Osman va Huseyin Mertol Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi talabalariga oʻquv mashgʻulotlari tashkil etdilar.

Nazirova Guzal Malikovna hozirgi kunda Qoʻqon davlat pedagogika instituti  “Maktabgacha taʼlim” kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

2021 yildan G. Nazirova Oʻzbekiston respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlaridan boʻlgan “Xalq taʼlimi” jurnalida tahririyat aʼzosi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Guzal Malikovna Nazirova tomonidan tarbiyalangan yoshlarning deyarli barchasi respublikamizning zarur va nufuzli joylarida taʼlimni rivojlantirish hamda yoshlarga fan yangiliklarini chuqur singdirishda samarali xizmat qilib kelmoqdalar. Shogirdlari kamolotidan ilhom olgan ustoz faoliyati ham qizgʻin davom etayotgan ushbu pallada unga berilgan professorlik ilmiy unvoni munosib ekanligini koʻrishimiz mumkin.