MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

SADULLAYEV  SANJARBEK  MADIYAROVICH

SADULLAYEV SANJARBEK MADIYAROVICH

Urganch davlat universiteti Mevachilik va Sabzavotchilik kafedrasi mudiri, Qishloq xoʻjalik fanlari falsafa doktori

Sadullayev Sanjarbek Madiyarovich – qishloq xoʻjalik fanlari falsafa doktori, (PhD),  Urganch davlat universiteti, Mevachilik va Sabzavotchilik kafedrasi mudiri.

1987-yil 14-martda Xorazm viloyati Xiva tumanida tugʻilgan. 2002-yilda tumandagi 17-son oʻrta maktabni 9-sinfini a’lo baholar bilan,  2005-yil Xiva tumanidagi ixtisoslashgan 2-litsey internatini a’lo baholar bilan, 2012-yili Toshkent davlat agrar universiteti Meva-sabzavotchilik fakultetini  bakalavriyat, 2014-yili Toshkent davlat agrar universiteti Kartoshkachilik mutaxassisligi boʻyicha magistraturani qizil diplom bilan bitirgan.

2014-yildan Urganch davlat universiteti barqaror taraqqiyot va ekologik ta’lim kafedrasida kabinet mudri lavozimida mehnat faoliyatini boshlagan. 2015-2018-yilari Urganch davlat universiteti tuproqshunoslik kafedrasi oʻqituvchisi, 2018-2020 yildan Urganch davlat universiteti Agronomiya (Sabzavotchilik - polizchilik) ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranti. 2020-2021-yillarda Urganch davlat universiteti qoshidagi  “Qovunchilik”  boʻlimi  boshligʻi. 2021-2022 yillarda Urganch davlat universiteti Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi  kafedrasi mudiri. 2022-yildan Mevachilik va Sabzavotchilik kafedrasi mudiri lavozimida ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqda.

2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/30.12.2019.Qx/B.42.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash asosidagi Bir martalik ilmiy kengashda, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, Nizomov Rustam Axrolovich rahbarligida  «Qovun genofondini saqlash, eksportbop navlarini ajratish hamda yetishtirishning ayrim texnologiyasi elementlarini takomillashtirish (Xorazm viloyati sharoitida)» mavzusidagi 06.01.06 – Sabzavotchilik ixtisosligi boʻyicha qishloq xoʻjaligi fanlari doktori boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini ega boʻladi.

2018–2020-yillari Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti dotsenti M.Xalimova rahbarligida КХ-А-КХ-2018-123 “Qovunning mahalliy nav namunalarini oʻrganish, genofondini saqlash va eksportbop, serhosil navlarini ajratish” hamda KX-A-KX-2021 “Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos, serhosil va eksportbop mahalliy qovun navlari birlamchi urugʻchiligini rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyihalarida kichik ilmiy xodim sifatida ishtirok qilgan. 2021-2022-yillarda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti dotsenti A.S.Rustamov rahbarligida AL-5521111971- “Xorazm viloyati sharoitiga mos bulgʻor qalampirining sanoatbop navlarini tanlash va birlamchi urugʻchiligini tashkil etish” mavzusidagi amaliy loyihasida ishtirok qilmoqda.

S.Sadullayev Xorazm qovunlar va sabzavot ekinlarini rivojlantirish va yetishtirish agrotexnologiyasi takomillashtirish boʻyicha koʻp yillardan buyon faol shugʻullanib kelmoqda va mamlakatimiz olimlari bilan ilmiy hamkorlik olib borayotgan yetuk mutaxasis, ilmiy tadqiqotchi sifatida tanilgan. Uning ilmiy ishlari mamlakatimiz va chet ellarda–AQSH, Germaniya, Hindiston, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston kabi davlatlarni nufuzli ilmiy nashrlarida chop etilgan. S.Sadullayev bir necha yillar (2018-2022) davomida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida fundamental tadqiqotlar ilmiy grantlarida ishtirok qilib kelmoqda.
S.Sadullayev koʻp yillik ilmiy-pedagogik faoliyati natijasida 50 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar, shu jumladan, 4 nafar hammualliflikda oʻquv-uslubiy qoʻllanma, katalog, tavsiyanomalar tayyorlagan hamda Ommaviy axborot vositalari oʻzining ilmiy ishlari yuzasidan chiqish qilganlar.

S.Sadullayevning universitetdagi ilmiy-pedagogik faoliyati davomida bitta monografiya, 50 dan ortiq ilmiy maqola va materiallari Scopus va boshqa nufuzli xalqaro bazalardagi ilmiy jurnallar hamda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar toʻplamlarida chop etildi.

S.Sadullayev ilmiy-pedagogik faoliyati davomida koʻplab bakalavr va magistr kadrlar tayyorlashga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Uning shogirdlari bugungi kunda oliy, oʻrta maxsus va xalq ta’limida, davlat va jamoat boshqaruvning turli boʻgʻinlarida mehnat qilmoqdalar.