MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

MUZAFFAROVA NAZOKAT SHARABOVNA

MUZAFFAROVA NAZOKAT SHARABOVNA

Texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi mudiri va dotsenti v.b

Muzaffarova Nazokat Sharabovna 1976 yil  20 noyabrda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. 1983-1993-yillari Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanidagi 4-umumtaʼlim maktabida tahsil olgan. 1993-1998-yillari Termiz davlat universitetining Kimyo fakultetida va 2022-2023-yillarda Toshkent kimyo texnologiya ilmiy tadqiqot institutda mustaqil izlanuvchi boʻyicha tayanch doktoranturada tahsil olgan.

2018-yil “Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi” tanlovining Respublika bosqichida faxrli 3-oʻrinni egallab tanlov gʻolibi boʻlgan. 1999-2000-yillari Denov tumanidagi 76 – umumtaʼlim maktabida, 2001–2003 yillarda Jarqoʻrgʻon tumanidagi 2- umumtaʼlim maktabida, 2003-2005-yillarda Termiz davlat universitetida, 2005-2020 yillarda Termiz shahridagi 1- ixtisoslashtirilgan maktab internatida, 2020-2023 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filialida Tibbiy va biologik kimyo kafedrasida assistentga 2023-yil sentyabr oyidan hozirgi vaqtgacha Toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filialida Tibbiy va biologik kimyo kafedrasida kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Umumiy mehnat staji 24 yil. Texnika fanlari falsafa doktori. 2023-yilda ustozi professor F.N.Nurqulov rahbarligida Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.16/30.12.2019.К/Т.87.01.raqamli ilmiy kengashda  02.00.14-organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosliklari boʻyicha “Tabiiy tо‘qimachilik materiallarini olovbardoshligini oshirish uchun oligomer antipirenlar olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Muzaffarova Nazokat Sharabovna soʻnggi besh yil ichida jami 30 ta ilmiy ishlar chop ettirgan boʻlib, shulardan: 3 tasi Rossiya, 1 ta Hindistonda, 1 ta Qozogʻistonda, 4 ta Respublika ilmiy jurnallarida, 21  tasi esa Respublikamiz ilmiy jurnallari va xalqaro konferensiyalar materiallarida chop etilgan. N.Sh.Muzaffarova filialning kimyo laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash va malakali kadrlar tayyorlashda oʻzining iqtidorli va talabchan olim ekanligini yaqqol namoyon qilgan. Mustaqil Respublikamiz xalq xoʻjaligi uchun zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlashda u doimo oldingi saflarda bormoqda. Uning bevosita rahbarligida Samarqand-2020 Xalqaro olimpiadasi gʻoliblari yetishib chiqqan.

N.Sh Muzaffarova talabalarning bitiruv malakaviy ishlarida ilmiy rahbarlik qilmoqda. U filialning barcha maʼnaviy-maʼrifiy ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

N.Muzaffarova ilmiy-tadqiqot, pedagogik faoliyat bilan bir qatorda maʼnaviy –maʼrifiy tadbirlarda ham ishtirok etib kelmoqda faxriy yorliqlar va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

2024-yil yanvar oyida Moskva shahrida boʻlib oʻtgan “Markovnikovskiye chteniye” konferensiyasida taqdimot-maʼruzasi bilan ishtirok etgan.

Muzaffarova Nazokat Sharabovna hozirgi kunda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 2023-yildan N.Muzaffarova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda, va xorijiy nashrlarda jumladan, American Journal of Applied Science and Technology  jurnalida tahririyat aʼzosi sifatida faoliyat yuritmoqda.