MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

MANNAPOVA NARGIZA SHAKIROVNA

MANNAPOVA NARGIZA SHAKIROVNA

Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori, Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti “Zoologiya va anatomiya” kafedrasi dotsenti

Mannapova Nargiza Shakirovna 1970-yil 24-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1977-1987 yillari 102-umumtaʼlim maktabida tahsil olgan. 1987-1994-yillari  Toshkent davlat Universiteti biologiya-tuproqshunoslik fakultetining “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” boʻlimini imtiyozli diplom bilan bitirgan. 1989-2000 yillarda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining “Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” kafedrasi laboranti va katta laboranti lavozimida ish boshlagan.

N.Sh.Mannapova 2001-2006 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining “Anatomiya fiziologiya va gigiyena” kafedrasida oʻqituvchilik lavozimida faoliyat yuritgan. 2006-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Anatomiya fiziologiya va gigiyena” kafedrasida katta oʻqituvchilik lavozimida ishlagan. 2016-yildan dotsent v.b. lavozimlarda ish faoliyatini yuritgan.

Mannapova Nargiza Shakirovna pedagogika fanlari doktori professor D.D.Sharipova rahbarligida 2020-yil «Pedagogika oliy taʼlim muassasalari talabalarida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish motivatsiyasini takomillashtirish» mavzusidagi 13.00.01– Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi ixtisosligi boʻyicha pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

2022 yildan hozirgi kungacha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Zoologiya, va anatomiya” kafedrasida dotsent lavozimida ish faoliyatini yuritmoqda.

N.SH.Mannapova tomonidan 50 ga yaqin ilmiy, oʻquv va uslubiy ishlari chop etilgan, shulardan 1 tasi elektron darslik, 2 ta monografiya, Odam anatomiyasi va fiziologiyasi nomli darslik muallifi, oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar, oʻquv majmualar, maʼruza matnlari hamda 30 dan ortiq ilmiy maqolalari xorijiy davlatlar jurnallarida chop etilgan.

N.SH.Mannapova universitetning jamoat ishlarida faol ishtirok etadi. Akadem guruh murabbiylariga, universitetda faoliyat koʻrsatayotgan ilmiy va ijodiy toʻgaraklar faoliyatini samaradorligini oshirishga moʻljallangan ilmiy-amaliy seminarlarda muntazam chiqishlar qiladi. 2002-2016 yillar mobaynida Tabiiy fanlar fakultetining ilmiy kengashi kotibi sifatida faoliyat koʻrsatib kelgan. 2020 yildan hozirgi kungacha Tabiiy fanlar fakultetining ilmiy kengashi kotibi sifatida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

N.Sh.Mannapova talabalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etuvchi tadbirlar tashkillashtirishda faol ishtirok etadi.

Mannapova Nargiza Shakirovnaning ilmiy-tadqiqot faoliyati serhosil boʻlib, Xalqaro va Respublika jurnal va konferensiya toʻplamlarida 30 dan ziyod ilmiy maqolalari nashr etilgandir. N.Mannapova Xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarning faol ishtirokchisidir. Jumladan, 2023-yili Alma-Ata shahrida oʻtkazilgan ИЗУЧЕНИЕ И СОХРАНЕНИЕ РАСТИТЕЛЬНОГО И ЖЫВОТНОГО МИРА Xalqaro yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasida ustoz shogird anʼanalarini davom ettirib talabalar bilan birgalikda taqdimot-maʼruza bilan ishtirok etib, diplomlar bilan taqdirlandilar.

2024-yili Alma-Ata shahrida ИЗУЧЕНИЕ, СОХРАНЕНИЕ И РАЦИОНАЛЬНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ БИОЛОГИЧЕСКОГО РАЗНООБРАЗИЕ ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi yigʻilishida taqdimot-maʼruza bilan ishtirok etgan.

N.Mannapova universitetda oʻtkaziladigan sport musobaqalarida ham faol ishtirok etib tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

N.Mannapova ilmiy-ijodiy faoliyat bilan bir qatorda tashkiliy ishlarni ham muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Jumladan, iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish talabalar oʻrtasida turli xil tanlovlar, Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar va boshqa bir qator tadbirlarni tashkil etgan.

2024 yil aprel oyida  Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universitetida “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” oʻquv fanidan maʼruza mashgʻulotlarini olib bordi.

2023 yildan N.Mannapova Oʻzbekiston respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda, jumladan, “Texas Journal of Multidisciplinary Studies”   jurnalida tahririyat aʼzosi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Mannapova Nargiza Shakirovna hozirgi kunda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Tabiiy fanlar fakulteti “Zoologiya  va anatomiya” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.