Madjidova Dildora Abduxamidovna 1982-yil 26-martda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati - oʻzbek. 1997-yildan Shayxontohur tumani 76-sonli umumiy oʻrta maktab 9-sinfini bitirib, 1999-yilda Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi pedagogik litseyda tahsil olgan. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini 2003-yilda bakalavriat, 2005-yilda magistraturasini bitirgan.
U 2005-2009 yillarda Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markazi «Oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish» boʻlimi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
D.Madjidova 2013-2018 yillarda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi “Alohida iqtidorli bolalar muammolarini oʻrganish” boʻlimi, soʻngra “Ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar muammolarini oʻrganish” boʻlimi bosh mutaxassisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. Mazkur ish faoliyati davomidagi xizmatlari uchun 2016 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
D.A.Madjidova RBIMMda 2006-2008 yilda amalga oshirilgan “Patronat oilalarning bolalarni jamiyatga samarali integratsiyalashuvini taʼminlovchi ijtimoiy, pedagogik va psixologik resurslarini aniqlash” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi, “Etim va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar ijtimoiy himoyalanishining ilmiy-uslubiy taʼminlanishi: joylashtirish shakllari, ijtimoiy va psixologik-pedagogik kuzatuv, ijtimoiy moslashuv” (2009-2011 yillar), “Mehribonlik uylari hamda bolalar shaharchalari bazasida tarbiyalanuvchilarni oilaga joylashtirish boʻyicha xizmat modelini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha (2012-2014 yillar), shuningdek 2015-2017 yillarda amalga oshirilgan “Oʻzbekistonda erta ijtimoiy yetimlikning oldini olish tizimini modernizatsiyalashning ilmiy-uslubiy asoslari”, «Ijtimoiy himoyaga muhtoj kam taʼminlangan koʻp farzandli oila va bolalar bilan ijtimoiy ish amaliyotini ilmiy-uslubiy taʼminlash» mavzusidagi amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishda ishtirok etgan.
U oʻz-oʻzini rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratib, turli oʻquv kurslari hamda treninglarda faol ishtirok etib, diplom hamda sertifikatlarga ega boʻlgan. Jumladan, 2010-yil dekabrda «Доктор сказка» психологический центр школа терапевтической метафоры tomonidan oʻtkazilgan «Bolalar muammolari ertakterapiyasi» oʻquv kurslari («Сказкотерапия детских проблем») (Ukraina), 2015 yil dekabrda - Oʻzbekiston Respublikasi SSV va UNICEF tomonidan tashkil qilingan “OIV musbat boʻlgan bolalarni bolalar institutsional muassasalarida parvarish qilish va qoʻllab-quvvatlash xususiyatlari” mavzusidagi oʻquv kursida, 2015-yil iyul oyida “Введение в систему консультирования и психотерапии по SPIM-20-KT”семинар травма-терапевта по SPIM- 30- KT Липницкой Ольги (Rossiya), 2017-yil may oyida Isroil elchixonasining “MASHAV” dasturi boʻyicha “Методы работы с детьми с нарушениями речи и с детьми с СДВГ” seminarida, 2017-yil noyabr oyida Isroil elchixonasining “MASHAV” dasturi boʻyicha “Диагностика и терапевтическое вмешательво у детей с расстройствами аутистического спектра” mavzularidagi seminarlarida ishtirok etgan, hamda sertifikatlar bilan taqdirlangan.
U 2019-2021 yillarda Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron oʻquv-metodik qoʻllanmalarini yaratish va oʻquv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyiha katta ilmiy xodimi sifatida faoliyat yuritgan.
D.Madjidova 2020-2021 yillarda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan bajarilishi rejalashtirilgan JHBL-1-sonli “Mehnat migrantlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va reintegratsiya qilishning pedagogik-psixologik jihatlari” mavzusidagi ilmiy loyiha hamda 2023-yilda “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti JHBL-20-sonli “Oilada imkoniyati cheklangan bolalarning taʼlim-tarbiyasi va rivojlanishiga oid ota-onalarning pedagogik savodxonliklarini oshirish” mavzusidagi ilmiy loyihalarning rahbari boʻlgan.
Madjidova Dildora 2021-yil 1-iyundan Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti (hozirda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti) “Inklyuziv taʼlim” boʻlimi mudiri sifatida faoliyat yuritadi.
Shu bilan birgalikda, D.Madjidova 2010-2013-yillarda Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchisi sifatida ilmiy tadqiqot ishi olib borgan. 2019-yil 18-dekabrda Chirchiq davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.28.03.2019.Ped.82.01 raqamli ilmiy kengashda “Tabaqalashgan yondashuv asosida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini oila sharoitiga reintegratsiyasining ijtimoiy-pedagogik tizimini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogika taʼlimotlar tarixi ixtisosligi boʻyicha bajarilgan pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
U 2021-yilda Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti (hozirda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti) kengashi qarori asosida dotsent ilmiy unvonini olgan.
D.Madjidova 2022-2023 yillarda “Pedagogika” ilmiy-nazariy va metodik jurnal muharriri lavozimida oʻrindoshlik asosida faoliyat olib borgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda, jumladan, “Bola va zamon”, “Pedagogika”, “Thematics Journal of Education” ilmiy jurnallarining tahrir hayʼati aʼzosi hisoblanadi.
U 2022-2023 yillarda Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Pedagogika va psixologiya fanlari” yoʻnalishidagi Ilmiy-texnik kengashning jamoatchilik asosida ilmiy kotibi sifatida faoliyat olib borgan va hozirgi kunda Innovatsion rivojlanish agentligining mustaqil eksperti hisoblanadi.
D.A. Madjidova Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining jamoat ishlarida faol ishtirok etib, tayanch doktorantlar bilan ustoz-shogird yoʻnalishida yangi innovatsion ishlanmalar ustida ishlar olib bormoqda. U 5 nafar mustaqil tadqiqotchi va tayanch doktorantlarning pedagogikaning dolzarb muammolari doirasidagi ilmiy tadqiqot ishlariga ilmiy rahbarlikni amalga oshirib kelmoqda.
D. Madjidova 2020-yildan buyon Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti (hozirda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti) huzuridagi kengaytirilgan ilmiy-metodologik seminar yigʻilishining aʼzosi hamda 2021-yildan institut Kengashi aʼzosi sifatida faoliyat olib bormoqda. 2024-yildan “Oila va xotin-qizlar” ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi falsafa doktori (PhD) beruvchi PhD.21/30.10.2020Ped/S.127.01 raqamli ilmiy kengashda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi (oila va xotin-qizlar taʼlimi yoʻnalishi) ixtisosligi (pedagogika fanlari) boʻyicha bir martalik Ilmiy kengash aʼzosi.
Olimaning bugunga qadar 120 nomdagi ilmiy ishi eʼlon qilingan, shundan: 17 ta uslubiy qoʻllanma (hammualliflikda), 4 ta monografiya (hammualliflikda), 10 ta maqola xorijiy ilmiy jurnallarda, 28 ta maqola (20 tasi OAK roʻyxatidagi), 18 ta xalqaro ilmiy konferensiyalarida va 35 ta respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda.
Madjidova Dildora pedagogikaning dolzarb muammolarini yechishga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. U oilalarda ota-ona-bola munosabatlarining pedagogik-psixologik tashxisi va korreksiyasini tashkil etish va olib borish, mehnat migrantlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va reintegratsiya qilishning pedagogik-psixologik jihatlarini tadqiq etish, boʻlajak oʻqituvchilarning pedagogik mahorati, oʻqituvchilarni kasbiy tayyorlashda masofaviy taʼlimning pedagogik imkoniyatlariga bagʻishlab koʻplab ilmiy maqolalar, tavsiya va ishlanmalar nashr etmoqda. Xalqaro va respublika ilmiy amaliy konferensiyalarida faol ishtirok etib kelmoqda.