MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

MADALIYEV YARMUXAMMAT XUDAYBERGENOVICH

MADALIYEV YARMUXAMMAT XUDAYBERGENOVICH

Filologiya fanlari doktori, PhD

Yarmuxammat Madaliyev 1961 yil 6 mayda Tulkibosh tumani Ozodlik qishlogʻida tugʻilgan. 1978-1982 yilda Gʻ.Gʻulom nomidagi Sirdaryo Davlat pedagogika institutni imtiyozli diplom bilan bitirgan.

1989-1993 yilda Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi qoshidagi A.Navoiy nomidagi til va adabiyot institutining aspiranti va kichik ilmiy xodimi.

1997 yilida M.Avezov nomidagi JQTU dotsenti.

Xalqaro adabiyot, sanʼat madaniyat va ijtimoiy fanlar akademiyasining akademigi, Filologiya fanlar doktori PhD , Butunjahon ijodkorlar uyushmasining aʼzosi. Xalqaro psixologiya fanlar akademiyasining faxriy aʼzosi, Qozogʻiston jurnalistlar uyushmasining aʼzosi. Oliy oʻquv talabalar uchun 13 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta monografiya hamda  250 dan ortiq ilmiy metodik maqolalar muallifi.

Soʻnggi yillarda texnika fani koʻz ilgʻamas tezlikda rivojlanib borayotgani va u bilan birga ilm sohasida ham shunga mos ravishda taraqqiyot sari yuksalishni kuzatmoqdamiz. Bir avlod vakili sifatida bolalikda oq-qora rangli televizorni koʻrib hayratlangan boʻlsak, bugun smartfon va undan xam ilgʻor texnologiyalarni qoʻlimizda tutib hech ham ajablanmaydigan darajaga yetdik. Internet tufayli oʻtgan asr oxirlaridagi kabi pochta va telefon orqali muloqot qilishdan bugungi zamonaviy texnologiyalar koʻmagida suhbatdoshingizni koʻrib jonli suhbatlashish, axborot almashish imkoniyatlari samarali kechmoqda.

Bunday taraqqiyot koʻp sohalarda ijobiy yuksalish natijalarini beradi. Masalan: adabiyotshunoslikda ham bugun ancha progress oʻsishlar roʻy berib, ilmiy tadqiqot usullari, yoʻnalishlari ancha yangilanib, yangicha fikrlash samarasi oʻlaroq talay ilmiy ishlar olib borilmoqda.

Shunday ilmiy izlanishlar olib borayotgan yurtdoshlarimiz haqida xabarlarni oʻqib quvonamiz.

Shulardan biri Yarmuxammat Xudaybergenovich Madaliyev - M. Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti filologiya fakulteti qozoq tili aa adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari falsafa doktori PhD, Xalqaro adabiyot, sanʼat, madaniyat va ijtimoiy fanlar Akademiyasi akademigi, Xalqaro Psixologiya fanlari Akademiyasi faxriy aʼzosi, Butunjahon xalq ijodkorlari va Qozogʻiston Jurnalistlar uyushmalari aʼzosi.

Yarmuxammat Xudaybergenovich shogirdlariga saboq berish bilan cheklanib qolmay, ular bilimini mustahkamlash uchun zarur oʻquv qoʻllanmalarini yaratish borasida ham faoliyat olib boradi. Oʻtgan 2023 yili Oʻzbekistonning Buxoro muxandislik-texnologiya institutidagi hamkasblari G.S.Yunusova, G.K.Tursunboyevalar bilan hamkorlikda talabalarning nutq madaniyatini oʻstirishga muhim ahamiyat kasb etayotgan "Nutq va mutolaa madaniyati"  oʻquv qoʻllanmasini nashr ettirdi.

Kitobda Yevropada nutq madaniyati tarixi, Sharq notiqligi taraqqiyoti bilan tanishtirishdan boshlab bugungi til meʼyorlari asosida notiqlik sanʼatini rivojlantirish borasida oʻquvchilarning savodxonligini oshirish maqsad qilingan.

2023 yili tayyorlanib, endi nashrga topshirilgan navbatdagi kitob monografiya Ya.Madaliyevning Feruza Ikromxonova  bilan hamkorlikda dunyoga kelgan "Oʻzbek va ingliz adabiyotida tarixiy asarlar badiiyati" deb nomlangan. Monografiyada Oʻzbekiston va AQSH adabiyotidagi tarixiy asarlar badiiyatigina emas, mazkur asarlarning mualliflarining tarixni badiiy idrok etish qobiliyatlari ham solishtirilib qiyosiy tahlil etilgan.

Kitob nafaqat mazkur yoʻnalish talabalari, oʻqituvchilar va keng jamoatchilik uchun moʻljallangan boʻlib,  "Toʻmaris" tarixiy rivoyati va u asosida yaratilgan asarlar bilan AQSH ning taniqli yozuvchisi Mark Tvenning "Janna dʼ Ark" romani haqida qiziqarli maʼlumotlar ham oʻrin olgan.

Domlani ijodiy muvaffaqiyatlarini qutlar ekanmiz, kelgusi ishlariga omad tilab qolamiz!

Baxodir Otash Turon Xalqaro jurnalistlar uyushmasi va "Ijodkor" adabiy birlashmasi aʼzosi.