MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

KUDAYBERGENOVA TAJIXAL KUCHKAROVNA

KUDAYBERGENOVA TAJIXAL KUCHKAROVNA

Pedagogika fanlari nomzodi, professor v.b.

Kudaybergenova Tajixal Kuchkarovna 1962 yilning 27 martida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy. Umumiy ish staji 45 yil. Oliy oʻquv yurtida 25 yildan beri faoliyat yuritadi. Mazkur vazifada  2022 yildan ishlamoqda. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Kudaybergenova Tajixal Kuchkarovna 1984 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining Tarix-huquqshunoslik mutaxassisligini imtiyozli diplom bilan tugatgan.1984-1998 yillarda umumtaʼlim tizimida tarix, jamiyatshunoslik, huquqshunoslik fanlaridan oʻqituvchi, 1998-1999 yillarda Nukus shahar Xalq taʼlim boʻlimi uslubiyatchisi, Nukus shahar Pedagogika kolleji oʻqituvchisi lavozimlarida ishlagan.1999 yildan boshlab Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasida assistent oʻqituvchi, oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dotsent lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.

Kudaybergenova Tajixal Kuchkarovna 2005 yili OʻzFA Qori-Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari boʻyicha ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi ixtisoslashgan Kengashda 13.00.01.- Pedagogika tarixi va nazariyasi ixtisosligi boʻyicha “Oʻrta maxsus oʻquv oʻrinlarida huquqiy taʼlim samaradorligini oshirishning pedagogik asoslari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2012 yil 27 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiyasi komissiyasi tomonidan pedagogika fanlari boʻyicha dotsent unvoni berilgan.(03№ 006929)

T.K. Kudaybergenova bugungi kunda yetuk pedagog olima, ustoz sifatida respublika, institut va talabalar jamoasi orasida katta obroʻga ega. U taʼlim - tarbiya, ilmiy sohada davlat siyosatini amalga oshirishda doimo izlanishda va umumiy ishni bajaruvchi, hamfikr jamoaning faol aʼzosi hisoblanadi. Yoshlarning huquqiy madaniyatini, huquqiy savodxonlik va huquqiy bilimlarini, koʻnikmalarini shakllantirishda, oʻquv jarayonini uslubiy jihatdan taʼminlashda dotsent T.Kudaybergenovaning ilmiy mehnatlari sezilarli darajada xizmat qilmoqda. T.K.Kudaybergenovaning jami: “Ilmiy ishlar roʻyxati” ga 108 ta ilmiy ishi kiritilgan, jumladan 3 ta darslik, 1 ta monografiya, 7 ta oʻquv qoʻllanma, 11 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 2 ta guvohnoma,  OAK, Scopus va boshqa nufuzli xalqaro bazalardagi ilmiy jurnallarda 32 ta maqola, 10 ta xalqaro miqyosidagi tezis, 42 ta respublika miqyosidagi tezislari bor.

Jumladan, Huquqiy taʼlimda zamonaviy yondashuvlar (2022) nomli monografiya,  Maʼmuriy huquq (oʻzbek va rus tillarida) (2022), Huqıq tálimin oqıtıw metodikası (qoraq.tilida) nomli darsliklar , Oʻrta maxsus oʻquv oʻrinlarida huquqiy taʼlim samaradorligini oshirish yoʻllari (2011), Ózbekstan Respublikası Konstitutsiyasın uyreniw (2013), Pedagogika (Ensiklopediya II – jild, hammualliflikda, 2016), Puxaralıq jámiyeti (2022), Huqıqıy tálimniń forma, usıl hám quralları (2023), Huqıqıy tálimniń didaktikalıq tiykarları (2023), Huquq fanlarini oʻqitish metodikasi (2024) nomli oʻquv qoʻllanmalari,  Huquqni oʻqitish metodikasi fanidan kurs ishlarini tayyorlash va rasmiylashtirishga oid uslubiy koʻrsatma (2010),  Adam sawdası hám oǵan qarsı gurestiń huqıqıy tiykarları (2013), Huquqshunoslik  fanlarini  modulli   oʻqitishda  innovatsion  metodlardan  foydalanish (2017), Milliy ideya, ruwxıylıq tiykarları  hám  huqıqtanıw  sabaqlarında  innovatsion  texnologiyalardan  paydalanıw (2019), Talabalar  bilimini  baholash va  nazorat qilishda innovatsion xarakterdagi nazorat  usullaridan foydalanish (2019), Konstitutsiyalıq huqıq (2021), Jinayat huqıqı (2021), Miynet huqıqı (2021), Huqıqtanıw pánlerin oqıtıwda innovacion qadaǵalaw usıllarınan paydalanıw (2024), Huqıq pánlerin oqıtıwda didaktikalıq oyınlardan paydalanıw (2024)  nomli uslubiy oʻquv qoʻllanmalar nashr etildi. Mazkur adabiyotlar institut axborot - resurs markaziga joylashtirilgan va talabalar tomonidan foydalanilmoqda.

T.K.Kudaybergenova ilmiy rahbarligida “Tayyor ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va tadqiqot ishlari” doirasida davlat granti asosida 2021-yil 10-maydagi 80/14-sonli shartnomaga muvofiq 2021- yil 20-oktyabrdagi 426 D/1-raqamli “Yoshlar huquqiy madaniyatini shakllantirish boʻyicha umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari uchun matnli oʻquv axborotlarining vizual-metodik taʼminotini ishlab chiqish (qoraqalpoq tilida)” ilmiy-amaliy loyihasi tanlovda gʻolib boʻldi va unga rahbarlik qildi. T. Kudaybergenova loyiha ishtirokchilari bilan umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari va oʻquvchilari uchun Huquqshunoslik fanidan 10 ta vizual-metodik taʼminot, 4 ta metodik qoʻllanma, inson huquqlari, gender tenglik, bola huquqlari, taʼlim huquqi, oila huquqiga tegishli oʻnlab mavzularda bukletlar  ishlab chiqildi. Bu oʻquv adabiyotlari va metodik taʼminotdan hozirda Qoraqalpogʻiston xalq taʼlim vazirligiga tegishli umumtaʼlim maktablarida  fanlardan maʼruza va amaliy darslarni oʻqitishda keng qoʻllanilmoqda.

T.K.Kudaybergenova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan 2022-yil 31-yanvar 004519-raqam bilan “Huqıqıy atamalar sózligi” nomli va 2022-yil 31-yanvarʼ 004520-raqam bilan “Insan huqıqları ulıwma dunʼya júzilik deklaraciyası”  nomli  vizual elektron oʻquv qoʻllanmalarga  guvohnoma olingan.

K.Kudaybergenova kafedra va institut ilmiy salohiyatining oʻsishiga va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga sezilarli darajada oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. T.K.Kudaybergenova rahbarligida 2 ta tadqiqotchi: jumladan, E.Tleuov 2020 yil 15-yanvarda “Talabalarning huquqiy komponentligini rivojlantirish” mavzusida, A.Allaniyazov 2024 yil “Oʻquvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildi. Shuningdek, hozirgi kunda 3 ta mustaqil doktorant-tadqiqotchiga ilmiy rahbarlik qilmoqda. Bundan tashqari ish faoliyati davomida Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi bakalavr taʼlim yoʻnalishida 100 dan ortiq bitiruv malakaviy ishlariga va “Maʼnaviyat asoslari” mutaxassisligida 5 ta mutaxassislik ishlariga  ilmiy rahbarlik qilgan.

T.K.Kudaybergenova  hozirgi kunda iqtidorli, ilmga chanqoq talaba yoshlarni ilmiy-tadqiqod ishlariga yoʻnaltirishda oʻzining katta hissasini qoʻshib kelmoqda  va iqtidorli talabalar bilan faol ravishda ish olib bormoqda. U rahbarligidagi talabalar Respublika miqyosida tashkil etilgan fan olimpiadalari, turli tanlovlarda faol ishtirok etishgan. T.K.Kudaybergenova rahbarligida A.Qurbanbaeva, D.Farmonov, S.Qosimovlar Oʻzbekiston Respublikasi OTMlari orasida “Huquqshunoslik. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” fanlari boʻyicha oʻtkazilgan fan olimpiadasida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritib, respublika va xalqaro konferensiyalarda oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishgan.

Dotsent T.Kudaybergenova  kafedra qoshidagi “Yosh huquqshunoslar” toʻgaragiga koʻp yillardan buyon boshchilik qilib kelmoqda. U rahbarligida tarixiy-huquqiy sanalarni belgilash, Prezident farmonlari, yangi qonun va hukumatimiz tomonidan chiqarilgan huquqiy hujjatlarni targʻibot- tashviqot qilishda har yili talabalar bilan institut fakultetlarida, kollej, maktablarda juda koʻplab tadbirlar  amalga oshirib kelinmoqda va koʻplab talabalarning ilmiy maqolalari ilmiy jurnallarda, anjuman toʻplamlarida chop etilgan.

Umumtaʼlim maktablari bilan ishlashish boʻyicha T.Kudaybergenova  tomonidan «Talabalar bilimini baholash  va  nazorat qilishda innovatsion xarakterdagi nazorat  usullaridan foydalanish» atamasidagi oʻquv-uslubiy qoʻllanmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanidagi  №6-sonli maktab (22.04.2020 y), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumanidagi  №23- sonli (12.01.2021 y), №6-sonli (22.05.2021y) maktablarga, 10 xil atamadagi vizual-metodik elektron qoʻllanmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlim vazirligiga taqdim etilgan va hozirda maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilari bilim darajasini oshirish, amaliyotda foydalanish koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

T.K.Kudaybergenova 2022-yil Berdaq nomidagi QDU tomonidan tashkil etilgan “Puqaralıq jámiyette shaxs tárbiyası hám shańaraq institutinıń aktual máseleleri” atamasidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan 2015-yil Berdaq nomidagi QDUda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23-yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan “Jamiyatning rivojlanishida ayol-qizlarning tutgan oʻrni” atamasidagi konferensiyada “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasini yutib olib faxriy yorliq bilan va  2024-yil 11-fevral –“Ilm-fan sohasidagi ayollar va xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “Ilmli ayol-jamiyat koʻzgusi” mavzusida yoshlarni intellektual va maʼnaviy yetuklikka, yosh avlodni ona Vatanga boʻlgan muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, respublikamizning ilm va fan sohasiga qoʻshgan hissasi uchun Tashakkurnoma bilan, 2022-yil  “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” haftaligi doirasida tashkil etilgan “Ixtirochi ayol” tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ishtirok etganligi uchun sertifikat  bilan taqdirlangan.

T.K.Kudaybergenova maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishda tashabbuskorlik koʻrsatib kelmoqda. U har yili institut miqyosida oʻtkaziladigan “Siz qonunni bilasizmi?” koʻrik tanlovini, huquq haftaligi, bir necha maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, ilmiy-adabiy davra suhbatlari, ilmiy-uslubiy seminar-treninglarni fakultet va institut miqyosida tashkil etishda faol tashkilotchi. Shuningdek, T.Kudaybergenova Nukus shahridagi 6, 25, 24 – sonli umumtaʼlim maktablari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirishda, maktablarga metodik taʼminot boʻyicha yordam berish ishlarida ham faol ishtirok etmoqda. U izlanuvchan, yangilikka intiluvchan va malakali mutaxassis sifatida jonkuyar ustoz, oʻziga yuklangan topshiriqlarni masʼuliyat bilan bajaradigan, har bir ishga javobgarlik hissi bilan yondashadigan, oʻz kasbining ustasi boʻlgan fidoyi hamdir. Ustoz-murabbiy sifatida taʼlim-tarbiya ishlarini tashkillashtirish, talabalar bilan samarali ish olib borish tufayli obroʻ-eʼtiborga ega boʻldi.

 

T.K.Kudaybergenova respublika, institut, fakultet miqyosida Umumxalq referendumi, Prezident va xalq deputatlari saylovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va ramzlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi va ramzlari qabul qilingan sanalarga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbirlarda oʻz maʼruzalari bilan, 9-dekabr  Korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlab institut, fakultetlar miqyosida har xil tadbirlar va maʼruzalari bilan faol qatnashib, oʻzining qiziqarli va maroqli maʼruzalari, radio-televidenye orqali chiqishlari bilan ishtirok etgan. Jumladan, Respublika miqyosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqqa Murojaatnomasini mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan targʻibot tadbirlarida, “Yoshlarning siyosiy bilimi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish” mavzusidagi oʻquv seminarlarida, 2023 yil Referendumga tayyorgarlik targʻibot ishlarida, Siyosiy partiyalar va OAV vakillarini saylov jarayoniga tayyorlashga oʻqitishda, Mahalla xotin-qizlar faollarini  oʻqitishda trenerlik qilgan.

T.K.Kudaybergenova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida trener sifatida 2021 yil iyun-oktyabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanida, “Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash” targʻibot ishlarida Moʻynoq, Qoʻngʻirot, Shoʻmanay va Qanlikoʻl  tumanlarida  oʻtkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etib, targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirgan, maʼruzalar qilgan.   T.K.Kudaybergenova yosh avlodni kasbga tayyorlash va mutaxassislikka yoʻnaltirish ishlarida ham faol qatnashib kelgan. Jumladan, 2021 yil Boʻzatov tumanidagi №3,   Nukus tumanidagi  №17, 23 - sonli maktablarda shu mavzuda suhbatlar, seminar-treninglar oʻtkazgan.

T.K.Kudaybergenova Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi tomonidan  oʻtkazilgan 20 dan ortiq Xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarida tashkilotchi, masʼul kotib va seksiya rahbari sifatida ishtirok etgan, maslahatlari, maʼruzalari bilan qatnashgan.

Dotsent T.K.Kudaybergenova   Respublika va institut miqyosidagi,  shahar, mahalla fuqarolar yigʻinlari hamda kollej, akademik litsey, maktablar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy, jamoat ishlarida oʻz bilim va tajribasiga asoslanib maslahat, fikrlar bergan, oʻzi ham qizgʻin ishtirok etgan. U davlatimiz tomonidan qabul qilingan qonunlar, dasturlar, Prezident farmonlari, qarorlarini talabalar, professor-oʻqituvchilar, partiya aʼzolari, deputatlar, mahalla va keng xalq ommasi orasida targʻibot-tashviqot qilishda, tushuntirishda faol qatnashib kelgan.

T.K.Kudaybergenovaning ishtirokida Qoraqalpogʻiston Respublikasining chekka-chekka hududlarida juda koʻplab tadbir va uchrashuvlar oʻtkazilib, ularda T.K.Kudaybergenova oʻzining mazmunli bayonot va suhbatlari bilan qatnashgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi (2017 yil 7 fevral) ПФ-4947-sonliи Farmoni, “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5618-sonli Farmoni, “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi”ni, Yoshlar siyosatiga oid 5 ta muhim tashabbusni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomalarini tashviqot qilishda, Umumxalq Referendumi, Prezident, deputatlar  saylovlariga  tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish ishlari masalalari boʻyicha tadbirlarda ishtirok etib,  mazkur faoliyatga tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qilib kelmoqda.

U jamoat ishlarida hamisha faol qatnashib kelgan. Prezident saylovlarida, Oliy Majlis va mahalliy davlat hokimiyatiga saylovlarda ishonchli vakil, nazoratchi, targʻibotchi sifatida ishtirok etgan.

T.K.Kudaybergenovaning  mehnatlari hukumatimiz tomonidan baholanib, 2005 yili Oʻzbekiston Respublikasi  Xalq taʼlim vazirligining faxriy yorligʻi, 2015-yili “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni, 2022 yili Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 30 yilligi koʻkrak nishoni va 2024 yil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan.

T.K.Kudaybergenova doimiy ravishda kasbiy mahoratini oshirishga intiluvchan pedagog. Ayni paytda oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun yangi oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash hamda ilmiy maqolalar chop etish, shogirdlarga ilmiy rahbarlik qilish ishlarini olib bormoqda.

T.K.Kudaybergenova namunali inson. Oilali, uch farzandning onasi va yettita nevaraning mehribon buvisi.

Fidoiy, halol, mehribon inson va izlanuvchan, oʻz ustida tinmay ishlaydigan, yangiliklarni amaliyotga joriy qiluvchi xodim sifatida hamkasblari, talabalar, mahalladoshlari orasida hurmatga sazovor.