MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

KAZIYEVA TURGʻUNOY  TURSUNBOYEVNA

KAZIYEVA TURGʻUNOY TURSUNBOYEVNA

Andijon davlat pedagogika instituti maktabgacha taʼlim metodikasi kafedrasi mudiri. Pedagogika fanlari doktori, dotsent

Kaziyeva Turgʻunoy Tursunbayevna 1989-yil 19-yanvarda Andijon shahrida tavallud topgan.

2011-yilda Andijon davlat universitetining oʻzbek tili va adabiyoti  mutaxassisligi boʻyicha bakalavr,2013yilda adabiyotshunoslik yoʻnalishi boʻyicha magistraturani tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2011-yilda Andijon pedagogika kollejida  ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi  vazifasidan boshlagan.

Kaziyeva T.T. 2020-yilda “Fonetik uslubiyatni oʻrganishda oʻquvchilarning kreativ kompetensiyalarini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari” mavzusida dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilib, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori  (PhD) ilmiy darajasini olgan. Ushbu ish orqali amaliyotda olib borgan tajribalarini umumlashtirgan va nazariy jihatdan asoslagan. 2022-yilda Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha dotsentlik ilmiy unvonini oldi.

Kaziyeva T.T. 2024-yil 13-iyul kuni “Talabalarning tinglab tushunish, anglash qobiliyatlarini rivojlantirishda germenevtik yondashuvdan foydalanish texnologiyalari”  mavzusida ilmiy-tadqiqot ishini muvaffaqiyatli himoya qildi va pedagogika fanlari doktori (DSs) ilmiy darajasini oldi.

Kaziyeva T.T. ilmiy rahbarligida 2023-yil 29-sentabr kuni  Abdullajonova Dildora Rustamjonovna “Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy ruhda tarbiyalashning ilmiy-pedagogik jihatlari” mavzusida pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)  ilmiy darajasini oldi. 3 ta falsafa doktorlik dissertatsiyasi boʻyicha tadqiqot olib borayotgan yosh olimlarga ilmiy rahbarlik qilmoqda. 

Kaziyeva T.T. nufuzli jurnal va toʻplamlarda 100 dan ortiq ilmiy-metodik maqolalar eʼlon qilgan, xalqaro sertifikatlar olgan. U kollejlar uchun yozilgan dasturlar mualliflaridan biri. “Oʻzbek tilini sohada qoʻllanilishi”, ”Oʻzbek tili va adabiyoti oʻqitish metodikasi” hamda xorijiy til yoʻnalishi talabalari uchun “Oʻqish va yozuv” nomli darsliklar, ”Metodika fanlarini oʻqitish texnologiyasi”, “Fonetik uslubiyatni oʻrganishda oʻquvchilar kreativ kompetensiyalarini rivojlantirish” nomli oʻquv qoʻllanmalar muallifi. “Fonetik uslubiyatni oʻrganishda oʻquvchilar kreativ kompetensiyalarini rivojlantirish” nomli monografiyalari  nashrdan chiqqan.

Kaziyeva T.T. respublika va viloyat miqyosidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarning faol ishtirokchisi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy taʼlim tizimini isloh qilish masalalariga qaratilgan qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida sifati past boʻlgan maktablarda pedagoglarga yangicha oʻqitish uslublarini tushuntirish va koʻmaklashishga qaratilgan oʻqituvchilarga metodik yordam beruvchi mobil metodik guruhda faol ishlar olib bordi. Chekka hududlar  maktab oʻqituvchilari uchun seminar treninglar tashkil qildi.

Kaziyeva T.T.institutning ilmiy sohada xalqaro aloqalarni yana-da kuchaytirishdagi ishlarida bevosita ishtirok etib, oʻzining salmoqli hissasini qoʻshib kelmoqda. Jumladan, Turkiya, Rossiya, Gretsiya, Ispaniya  kabi davlatlardagi 4 ta oliy oʻquv yurtlari bilan ilmiy va oʻquv sohalaridagi hamkorlik shartnomalari imzolangan hamda ular bilan faol hamkorlik aloqalari davom etmoqda. Kaziyeva T.T. oʻz ilmiy-faoliyatida davlatimiz ichki va tashqi siyosatini toʻla qoʻllab-quvvatlaydigan sogʻlom fikrli pedagog, axloqiy poklik, oʻz eʼtiqodiga sodiq, madaniyatli, maqsad sari intiluvchan ham tashkilotchilik qobiliyati shakllangan shaxsdir. U oʻziga va oʻzgalarga nisbatan talabchan, talaba shaxsiga hurmat bilan qaraydigan inson sifatida institut, fakultet miqyosida tashkil etiladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, fakultetda oʻtkaziladigan tadbirlarda, oʻquv jarayonini samarali tashkil etishda masʼuliyat bilan yondashib, talabalarning oʻquv va malakaviy amaliyotlarini tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatmoqda.

Oʻzining pedagogik faoliyati davomida 1 ta darslik, 2 ta monografiya, 4 ta oʻquv qoʻllanma, 2ta uslubiy qoʻllanma, 10 dan ziyod ta oʻquv-metodik tavsiya va ijodiy ishlanmalar, 100 ga yaqin maqola va tezislar chop ettirgan. 2 ta patent muallifi.  Jahon miqyosida ERASMUS+ orqali tashkillashtirilgan “Story-Writing workshop” tanlovida faol ishtirok etdi va taqdirlandi.

T.Kaziyevaning bevosita tashabbusi va tashkilotchiligi asosida  maktabgacha taʼlim fakultetida juda salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.