Dotsent Islomov Oʻtkir Pirmetovich Turon Fanlar Akademiyasi dotsenti, professori va faxriy akademigi 29-yanvar 1987 yil Xorazm viloyati Shovot tumani Qiyot qishlogʻi Yangi Oʻzbekiston mahallasida ishchi oilasida dunyoga kelgan.
1994 yili oʻrta maktabga qabul qilingan. 1999 yilda mazkur maktabni aʼlo baholarga tamomlab, keyingi bosqichni Xorazm viloyati Shovot tumanidagi Sirojiddinov nomidagi 49 sonli matematika va fizika fanlariga ixtisoslashtirilgan internat litseyida oʻqishni davom ettirgan. Oʻqish yillari viloyat va respublika fan olimpiadalarida qatnashib namunali oʻrinlar bilan taqdirlangan. 2005 yilda mazkur litseyni qizil diplomga bilan tamomlagan.
2005 yili Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti (hozirda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti) Yerdan foydalanish va yer kadastri fakulteti “Geodeziya, kartografiya va kadastr” bakalavriatura taʼlim yoʻnalishiga talabalikka qabul qilingan. 2009 yilda oʻqishni tamomlagach shu institutning “Geodeziya va yer kadastri” kafedrasi katta laboranti lavozimida ishlagan. 2010 yili mazkur institutning magistratura boʻlimiga “Geodeziya va kartografiya” mutaxassisligi boʻyicha qabul qilingan. 2011-2012 yillarda Toshkent Geodeziya va kartografiya kasb-hunar kollejida maxsus fan oʻqituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
2012 yilda magistratura “Geodeziya va kartografiya” mutaxassisligini tamomlagach mazkur institutning “Geodeziya va yer kadastri (hozirgi geodeziya va geoinformatika) kafedrasiga stajyor oʻqituvchi sifatida ishga qabul qilingan. 2013-2017 yillarda shu kafedra assistenti, 2020 yildan hozirgi vaqtgacha Geodeziya va geoinformatika kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
2021 yil Respublikada oʻtkazilgan “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi”Respublika bosqichining matematika, tabiiy fanlar taʼlim sohasi boʻyicha “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi gʻolibi.
2020 yil Turon Fanlar Akademiyasi faxriy dotsenti, 2023 yil Turon Fanlar Akademiyasi professori va shu yili Turon Fanlar Akademiyasi faxriy akademik unvonlari bilan taqdirlangan.
Ushbu davr ichida hammualliflikda 3 ta darslik, 6 ta oʻquv qoʻllanma, 6 ta monografiya, 15 ta uslubiy koʻrsatmalar, 11 ta mualliflik guvohnomasi, 9 ta skopus bazasida ilmiy ishlar, Fotogrametriya va yerni masofadan zodnlash, Geodeziya va Oliy geodeziya fanlaridan video darsliklar va 70 dan ortiq OAK roʻyxatiga kirgan jurnallarda ilmiy maqolalar chop ettirgan.
Undan tashqari va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga kirgan QX-A-QX-2018-297-sonli “Xorazm vohasi (Xorazm viloyati va QQR ning janubiy tumanlari) ning sugʻoriladigan yerlarini gidromodul rayonlashtirish va gʻoʻzaning ilmiy asoslangan sugʻorish tartiblarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha (2018-2020) va FZ-20200929192-sonli “Suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida global iqlim oʻzgarishini sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatiga taʼsirini baholash va bashoratlash hamda GAT texnologiyasi asosida sugʻoriladigan yerlarni gidromodul rayonlashtirish elektron xaritalarini yaratish uslublarini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyiha (2021-2023) doirasida Hozirgi kunda qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor M.X.Xamidov rahbarligi ostida (Phd) himoyasi boʻyicha ilmiy ishlar olib bormoqda.