MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

PIRMANOVA GAVXAR NAZARKULOVNA

PIRMANOVA GAVXAR NAZARKULOVNA

Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent, Navoiy davlat pedagogika instituti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi mudiri

Pirmanova Gavxar Nazarkulovna 1982 yil Navoiy viloyati Navoiy shahrida tavallud topgan. Oilali 1 nafar farzandi bor. Navoiy shahrida istiqomat qiladi.

1999-2003 yillar Navoiy davlat pedagogika institutining  Xorijiy tillar fakulteti ingliz tili yo’nalishi, 2006-2008 yillar magistratura bosqichida o’qigan. Pedagogik faoliyatini  2000 yil Navoiy shahridagi Usmon Nosir nomli 7 umumta’lim maktabida ingliz tili o’qituvchisi lavozimida boshlagan. 2008 yildan boshlab Navoiy davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar fakulteti chet tillar kafedrasi o’qituvchisi, 2011 yilda shu kafedraning katta o’qituvchisi, 2021 yil Chet tillar fakulteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi dotsenti, 2022 yildan Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.  

2019 yil O’zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Samarqand davlat universiteti huzuridagi qaroriga asosan Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berildi.

2021 yil O’zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Navoiy davlat pedagogika instituti kengashining tavsiyasiga ko’ra Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixsosligi bo’yicha dotsent ilmiy unvoni tasdiqlandi.

2022 yil Maxpirat nomidagi O’rta Osiyo xalqlari tarixi instituti Turon fanlar akademiyasi prezidiumining qarori bilan Faxriy akademik ilmiy unvoni va ko’krak nishoni berildi.

2014 yil “Теоретико-практические основы изучение студентами художественного наследия Англии  как средство активизации интереса к английскому языку” nomli monografiyasini Fan va texnologiya nashriyotida chop ettirgan. 2015 yilda “Система  изучения студентами художественного наследия Англии  как фактор активизации интереса к английскому языку” nomli uslubiy qo’llanmasini Fan va texnologiya nashriyotida chop ettirgan.

O’z pedagogik faoliyati davoida xorijiy va mahalliy jurnallarda Culturological social and communicative context in training in English, The system of Extracurricular studying of art heritage of England, Педагогическая система внеаудиторного изучения студентами художественного наследия Англии как средство активизации интереса к английскому языку, Основы изучения художественного наследия Англии как средство активизации интереса к английскому языку nomli maqolalari va shunga uxshash boshqa maqolalari bilan nufuzli jurnallar va ilmiy konferensiyalarda o’z ilmiy asarlarini chop ettirgan. 

2022 yilda Musiqiy ta’lim yo’nalishi talabalari uchun English for students nomli o’quv darsligini muallifi bo’lgan.

2021-2022 yillar oralig’ida Tarix,matematika, o’zbek tili va adabiyoti nofilologik ta’lim yo’nalishlari uchun 4 ta o’quv qo’llanma yaratdi.

Hozirgi kunda 100 yaqin ilmiy asarlar muallifi. 2 ta monografiya, 30 dan ortiq Xorijiy jurnallarda o’z maqolalarini chop ettirgan. 12 ta elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dastur guvohnomalari, 1 ta darslik, 4 ta o’quv qo’llanma, 4 ta uslubiy qo’llanmalar muallifi.