MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

IMOMOVA DILFUZA ANOROVNA

IMOMOVA DILFUZA ANOROVNA

Biologiya fanlari nomzodi, dotsent

Imomova Dilfuza Anorovna Jizzax viloyati, Jizzax tumanida 1968 yilda tugʻilgan.

1985 – 1990 yy. – Samarqand davlat universiteti talabasi. 1990 yilda Samarqand davlat universitetini imtiyozli diplomga tugatib, Jizzax shahri 16 sonli oʻrta maktabda ximiya-biologiya fani oʻqituvchisi lavozimida mehnat faoliyatini boshlagan.

1999 yildan Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Biologiya va uni oʻqitish uslubiyati kafedrasi katta oʻqituvchi, lavozimida pedagogik faoliyatini davom qilgan.

2008 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika ilmiy ishlab chiqarish markazi huzuridagi DK 03.00.05 raqamli  Ixtisoslashgan kengashda “Rod Halimocnemiis C.A.Mey.v Sredniy Azii” mavzusida biologiya fanlari nomzodi dissertatsiyasini professor Oʻktam Pratov rahbarligida himoya qilgan.

2012-2018 yillar mobaynida Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

2018-yil Botanika ixtisosligidan dotsent ilmiy unvonini olgan.

2018-2020 yillar mobaynida Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi dotsenti, 2020-2021 yillarda Fiziologiya Ekologiya kafedrasi dotsenti, 2022-2023 Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Tibbiyot fakulteti dekani, 2023 yildan hozirgi vaqtga qadar Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Tibbiyot fakulteti Umum kasbiy fanlar kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritmoqda.

 

D.A. Imomova rahbarligida 40 ga yaqin malakaviy bitiruv ishlari va 20 ta magistrlik dissertatsiyasi, 1 ta biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) himoyalari yoqlangan (Doktorant Sahobat Qoʻziyevaning 03.00.05-Botanika ixtisosligi boʻyicha “Speria L. turkum turlarining senopopulyatsiyalari” mavzusidagi ilmiy ishiga rahbarlik qilib 2022 yil 7 yanvar kuni muvaffaqiyatli himoya qildi.) Hozirda 2 nafar mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda. 2 ta doktorlik (12 ta PhD) dissertatsiya ishlariga rasmiy opponentlik qilgan.

Rahbarligida 2 nafar talaba “M.Ulugʻbek” Davlat stipendiyasini olgan. (Erkin Eshonqulov, Adolat Ravshanova), 1 nafar talaba 2019 yil “Yil talabasi” 1-darajali diplomini olgan (Saida Fayzullayeva) 3 ta talaba Respublika biologiya fani olimpiyada gʻolibi,

D.A. Imomovaning 120 dan ortiq ilmiy ishlari eʼlon qilingan, shulardan 1 ta darslik, 7 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta monografiya, 1 ta ixtiro patenti, 2 ta foydali model patenti, 6 ta uslubiy qoʻllanma, 5 elektron oʻquv qoʻllanma, 8 ta maqola Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan jurnallarda chop qilingan.

Respublika va Xalqaro miqyosida oʻtkaziladigan ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferensiyalarda biologiya muammolariga bagʻishlangan maqolalar bilan qatnashib Moskva, Sankt-Peterburg, Ankara, Stanbul (Turkiya), Baku (Ozerbayjon) Chimkent (Qozogʻiston) shaharlarida oʻtkazilgan Xalqaro konferensiya va simpoziumlarda maʼruzalari bilan qatnashgan.

Akademik almashinuv dasturi asosida M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universitetida 16-24 soatli maʼruza darslarini oʻqigan.

2018-yildan Guliston davlat universiteti Biologiya fakulteti 03.00.05-Botanika ixtisosligi boʻyicha tayanch doktorantlar va mustaqil-izlanuvchilar uchun Mutaxassislik fanidan malakaviy imtihon qabul qilish komissiyasi aʼzosi, hamda 2018- yildan JDPU 03.00.05-Botanika ixtisosligi boʻyicha tayanch doktorantura va mustaqil-izlanuvchilar qabul qilish komissiyasi aʼzosi qilib tayinlangan.

D.A. Imomova 2018 yildan beri Guliston Davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.30.09.2019 V. 91.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar aʼzosi.

2018 yilda bajarilgan QX-I-QX-2018-94 “Oʻrikning istiqbolli Marokand, Guliston va Navroʻz navlarining ona bogʻlarini barpo qilish va koʻchatini koʻpaytirish hamda ishlab chiqarishga tatbiq etish”mavzusidagi innovatsion loyiha rahbari. (Loyihaga yosh olimlar va iqtidorli talabalar ishtiroki taʼminlangan.).

“Tafakkur ziyosi” (https://jdpu.uz/ru/), International Journal of Social Science and Human Research ISSN(Print) 2644-0679, Ethiopian International journal of Multidisciplinary research Journal India P-ISSN: 2349-5707 ilmiy jurnallarda tahririyat aʼzosi.

Imomova Dilfuza Anorovna - biologiya fanlari nomzodi, dotsent. Ilmiy va pedagogik ish staji – 34 yil. Botanika anatomiyasi, morfologiyasi, sistematikasi, Sitologiya Gistologiya, Genetika va seleksiya asoslari, Tibbiy biologiya va seleksiya asoslari hamda Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanlaridan bakalavr va magistratura bosqichlarida oʻquv mashgʻulotlari olib boradi.

Ilmiy tadqiqot faoliyat olib borilayotgan Umumkasbiy fanlar kafedrasida ham sezilarli yutuqlarni qoʻlga kiritib kelmoqda. Kafedraning bosh ilmiy tadqiqot mavzusi “Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida oʻqitish usullari, IT sohasi hamda xorijiy tillarni oʻzlashtirishlariga qaratilgan koʻnikmalarni shakllantirish, biologiya fanlari boʻyicha professional pedagog-kadrlar tayyorlash” deb nomlanadi. Mavzu keng qamrovli boʻlib, mintaqa hududidagi barcha tabiiy va texnogen obyektlarni, pedagogik faoliyatni oʻzida mujassam etgan.

Tabiiy fanlar fakulteti Oʻzbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Samarqand davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Oʻzbekiston milliy universiteti kabi respublikaning yirik oliy va ilmiy tadqiqot universitetlari bilan ilmiy, uslubiy tadqiqotlar boʻyicha hamkorlik qilib kelmoqda.

Imomova Dilfuza Anorovna yaratgan ilmiy maktabida “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining shoʻrlangan tuproq sifatini yaxshilash uchun foydali boʻlgan yem xashak, koʻchma qumlarni mustahkamlovchi, dorivor oʻsimliklarni plantatsiyalarini barpo etish boʻyicha qator ilmiy amaliy tadqiqot ishlari olib borilmoqda

D.A. Imomova ilmiy va pedagogik mahoratini oshirish maqsadida tinimsiz ishlaydi. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, kasb-hunar taʼlimi va boshqa Oliy taʼlim muassasalari professor oʻqituvchilari bilan ilmiy-metodik hamkorlikni yoʻlga qoʻygan holda ular bilan birgalikda taʼlim sohasidagi muammolarni bartaraf etishga va uni rivojlantirishga qaratilgan bir nechta ilmiy-metodik maqolalar tayyorlagan va tavsiyanomalar ishlab chiqqan. Tirishqoq, talabchan, universitet professor-oʻqituvchilari hamda talabalari orasida katta hurmatga ega.

Imomova Dilfuza Anorovna yuksak axloqiy fazilatlariga ega boʻlgan maʼnaviy yetuk ayol, tajribali pedagog, mutaxassis, oʻzining kamtarinligi, mehnatsevarligi va samarali mehnati bilan talabalar,shogirdlari va hamkasblari  oʻrtasida katta hurmat eʼtiborga sazovordir. Yaxshieva Zuxra Ziyatovna  taʼlim sohasiga qoʻyilayotgan yangi talablarni va vazifalarni  qoʻllab-quvvatlaydi, qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ishlarni olib borishda oʻz fikriga ega boʻlgan siyosiy jihatdan ongli, toʻgʻri soʻz, qatʼiyatli, kamtarin, har bir ishda tashabbuskor, fidoyiligi va jonkuyarligi, talabchanligi va halol boʻlganligi uchun yuksak hurmatga sazovor yetuk olimadir.

Imomova Dilfuza Anorovna yoshlarning har tomonlama qobiliyatlarini namoyon qilishlari, iqtidorlarning isteʼdodini yuzaga chiqarishni qoʻllab-quvvatlash, Oliy taʼlim muassasasining mahalla, maktab va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini qoʻllab-quvvatlash borasida ham samarali faoliyat yuritib kelmoqda.