MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

HAMIDOVA  MUHAYYOXON  OBIDOVNA

HAMIDOVA MUHAYYOXON OBIDOVNA

Filologiya fanlari nomzodi, Namangan davlat universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim kafedrasi professori

Hamidova Muhayyoxon Obidovna  1972-yil  1-dekabrda Namangan viloyati Uychi tumanida tugʻilgan. 1979-1989-yillari Uychi tumanidagi Boborahim Mashrab nomli 11-umumtaʼlim maktabini tamomlab, 1989-1994-yillarda Namangan davlat universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. 1994-1996-yillarda Namangan davlat universitetining Oʻzbek adabiyoti kafedrasida oʻqituvchi lavozimida ishlagan.

1996-1999-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti qoshidagi  aspiranturada oʻqigan. 1999-2001-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining adabiy aloqalar va tarjima nazariyasi boʻlimiga kichik ilmiy   xodim lavozimiga  ishlagan  va 2001-yil “Hozirgi oʻzbek adabiyotida milliy qahramon muammosi (Shukur Xolmirzaev ijodi misolida)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan (01  № 006923 raqamli diplom).

“Ona tili va bolalar adabiyoti”, “Ona tili”, “Oʻqituvchi nutqi madaniyati”, “Ona tili nazariyasi va amaliyoti”, “Boshlangʻich taʼlimda bolalar adabiyoti”, “Boshlangʻich taʼlim fanlari nazariyasi”, “Notiqlik sanʼati” kabi fanlardan maʼruza hamda amaliy mashgʻulotlarni olib borish bilan birga, fakultetda ijodkor talabalar  uchun tashkil etilgan “Ilhom chashmalari” toʻgaragi rahbari sifatida ham faoliyat olib bormoqda.

Ushbu toʻgarak aʼzolarining “Bunchalar shirinsan hayot”, “Ikki yoʻl”,“Baxt sururi”, “Onamdayin boʻlolmas hech kim”, “Qidir meni orzularingdan”, “Chashma” kabi sheʼriy toʻplamlari matbuotda chop ettirildi. Uning ilmiy rahbarligidagi iqtidorli talabalardan Umarova Ziyoda Ahat qizi  Oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun  taʼsis etilgan “Kamolot stipendiyasining  2015, 2016- yillardagi sovrindori boʻldi.

Sultonov Shohruh Rahmon oʻgʻli Oʻzbekiston Respublikasi  bakalavrlari uchun taʼsis etilgan Navoiy  Davlat stipendiyasining 2020-2021-oʻquv yilgi tanlovi gʻolibi hamda  bakalavriat uchun taʼsis etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasini 2021/2022-oʻquv  yili tanlovi sohibi boʻldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi kengashning tavsiyasiga asosan 2024-yil 28-fevralda 333/1 bayonnomasi bilan professor ilmiy unvonini olgan (05№ 004296-raqamli  diplom).

2024-yil 4-may kuni shogirdi Sultonova Dilnoza Sohibjonovna “Oʻzbek va ingliz kriminalistik mavzusidagi nasriy asarlarning uslubiy oʻziga xosligi” mavzusidagi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik  va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi huzuridagi ilmiy kengashning qaroriga asosan 2024-yil 7-iyunda 355/1 bayonnomasi bilan filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini olgan (01№ 013657-raqamli diplom).

Shu kunga qadar 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislarim  ilmiy jurnallar, Respublika va xalqaro miqyosda oʻtkazilgan ilmiy-amaliy anjuman materiallarida, jurnallarida chop etilgan.

“Ona tili va bolalar adabiyoti”, “Boshlangʻich taʼlimda bolalar adabiyoti”, “Ona tili nazariyasi va amaliyoti”, “Bolalar adabiyoti”, “Badiiy oʻqish asoslari”, “Oʻzbek tilini sohada qoʻllanishi” nomli darsliklari, “Bolalar adabiyoti fanini oʻqitishda badiiy obraz tahliliga oʻrgatish”, “Ona tili va bolalar adabiyoti”, “Notiqlik sanʼati”, “Boshlangʻich taʼlim fanlari nazariyasi”, “Boshlangʻich taʼlimda imloviy va punktuatsion savodxonlik”, “Ona tili nazariyasi va amaliyoti” “nomli oʻquv qoʻllanmalari, “Munaqqid saodati (filologiya  fanlari doktori, akademik Baxtiyor Nazarov  hayotiga  chizgilar)”, “Boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini  tayyorlash maskani” nomli  risolalari, “Hozirgi oʻzbek adabiyotida milliy qahramon muammosi (Shukur Xolmirzaev ijodi misolida)”, “Oʻtkir Hoshimov nasrining badiiy-uslubiy oʻziga xosligi”, “Sinfdan tashqari oʻqish darslarida Shukur Xolmirzayev ijodini oʻrganish”, “Shukur Xolmirzayev nasrining  badiiy-uslubiy oʻziga xosligi”  nomli monografiyalari, “Bolalar adabiyoti va folklor”, “Ona tilidan mashqlar toʻplami”,

“Oʻqituvchi nutqi madaniyati”, “Jahon bolalar adabiyoti”, “Taʼlim-tarbiya jarayonida oʻquvchilarga milliy qadriyatlarni singdirish”, “Boshlangʻich sinflarda Poʻlat Moʻmin va  hayoti va ijodini oʻrganish”, “Boshlangʻich sinf oʻqish darslarida yozuvchi shaxsini oʻrgatishda modulli taʼlim texnologiyasidan foydalanish”, “Ona tili fanidan mashqlar toʻplami”, “Boshlangʻich sinflarda ona tili fanidan oʻquv materiallarini loyihalash” nomli uslubiy qoʻllanmalarim,  “Bitiruv malakaviy ishlarni bajarish  va himoya qilish”, “Iqtidorli talabalar faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish boʻyicha uslubiy koʻrsatma”, “Xudoyberdi Toʻxtaboyev ijodi”, “Sulton Joʻra va Hakim Nazir ijodi”, “Ona tili fanidan mavzuli test topshiriqlari toʻplami” nomli uslubiy koʻrsatmalari  chop etilgan.  Ayni paytda “Shukur Xolmirzayev nasrining badiiy-uslubiy oʻziga xosligi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.

M.Hamidova 2015, 2017-yillarda “Yil pedagogi” tanlovlarida qatnashib, 1  va 2-oʻrinlarni olgan. 2022-yil Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasining 1-tomida uning olib borgan faoliyati kiritilgan.

M.Hamidova ilmiy rahbarligida shogirdlari Haydarova Maftuna Murodilla qizi, Olimjonova Oʻgʻilxon Abdurasul qizi, Turgʻunova Arofat Jabbarali qizi, Madaminova Muyassar Xoshimboyevna ilmiy ishlarini olib bormoqdalar.

M.Hamidova ilmiy-ijodiy faoliyat bilan bir qatorda tashkiliy ishlarni ham muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Jumladan,umumtaʼlim maktablarida “Zamonaviy baholash orqali oʻquvchilarning nutqini oʻstirish”, “Milliy oʻquv dasturi”, “Boshlangʻich sinf darslarini 4k modeli asosida tashkil etish” mavzularida seminar-treninglar, “Mahorat darslari”, tanlovlar, tadbirlarni tashkil etib oʻtkazib kelmoqda. Shuningdek, Namangan viloyati televideniyesi va radiokanalida ham sohasi boʻyicha dasturlarda chiqishlarii bilan ishtirok etib kelmoqda.

2023-yildan M.Hamidova Oʻzbekiston respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda, jumladan, “Science and innovation” jurnalida oʻz maqolalari bilan qatnashib kelish bilan birga, “Perfect ilmiy  jurnallari”da tahririyat aʼzosi sifatida faoliyat yuritmoqda.