MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

ERNAZAROVA MOHITOBON MAMATQUL QIZI

ERNAZAROVA MOHITOBON MAMATQUL QIZI

Shifokor terapevt, ToshPTI Ichki kasalliklar, nefrologiya va gemodializ kafedrasi assistenti va PhD 3-kurs doktoranti. Tabobat akademiyasi Toshkent shahar boʻlimi boshligʻi

Ernazarova Mohitobon Mamatqul qizi 1990 yil 12 oktyabrda Jizzax shahrida ziyoli oilada tugʻilgan. Millati Oʻzbek, maʼlumoti oliy, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.

1997-2006 yillari 19-Xamza nomli umumtaʼlim maktabi, 2006-2013 yillari – Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutida “umumiy amaliyot shifokori, pedagog” mutaxassisligi boʻyicha bakalavriat bosqichi va 2013-2016 yili “Ichki kasalliklar” mutaxassisligi boʻyicha magistratura bosqichini va 2016 yildan hozirgi kunga qadar ToshPTI “Ichki kasalliklar” kafedrasi assistenti,  2022-2024 yillari tayanch doktoranturada tahsil olmoqda.

Ernazarova M.M. oilali, 2 nafar farzandi bor. Umr yoʻldoshi Toshpoʻlatov Gʻanisher ichki ishlar xodimi, qizi Toshpoʻlatova Mumtoza 2016 yil gimnastika boʻyicha Xalqaro musobaqalar (Tojikiston va boshqa davlatlar) sovrindori. Oʻgʻli Toshpoʻlatov Mustafo 2019 yil Taekvondo sporti boʻyicha yashil belbogʻ sohibi hamda bir qancha musobaqalar sovrindori.

2015-yil onasi Rahbarhon Ernazarova bilan birgalikda Hindiston, Amritsar va Tibet togʻlariga borib, tabobat boʻyicha malaka oshirib kelgan.

Bundan tashqari Dubay, Turkiya, Malayziya, Qozogʻiston va boshqa davlatlariga borib, ilm oʻrganib, tajriba oshirib kelgan. Tabobat sohasida ustozi Rahbarxon Ernazarova yaʼni onasi. Raxbarhon Ernazarova ham shifokor ham 2019-yildan Tashxis gazetasida shifokor ekspert sifatida hamda maqolalari ham chop ettirib kelgan. 2022-yildan hozirgi kunga qadar esa Sugʻdiona gazetasida maqolalar chop etilmoqda.

Tabobat va tibbiyotga doir yangiliklar, foydali maslahatlar, uy sharoitida qoʻllash mumkin boʻlgan retseptlar haqida maqolalar chop ettirmoqda.

2019- yildan buyon televidiyanada “Oʻzing tabib”, “Salomat boʻling”, “Mazali nonushta” va bir qancha tok shou koʻrsatuvlarida hamda tibbiyotga oid koʻrsatuvlarda ekspert sifatida chiqib kelmoqda hamda sanʼat sohasida “Hikmatli dunyo” kinolarida ham epizodlarda ishtirok etib kelmoqda.

2021-yil 15-fevralda Tabobat akademiyasi Toshkent shahar boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.

2022-yil fevral oyida Toshkent davlat texnika universiteti muhandislik texnologiyalari fakultetida onlayn tashkil etilgan “Sogʻlom boʻlish sirlari” maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazishda onlayn tarzda doklad oʻqigan.

2022-yil 22 sentyabrda “Best Publication” ilmiy tadqiqot markazining MDH miqyosida tashkil etilgan “TASHABBUSKOR ISLOHATCHI” tanlovida esdalik koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

2023- yil yanvar oyida “Best Publication” ilmiy tadqiqot markazining MDH miqyosida tashkil etilgan.

 

“INTELLEKTUAL IZLANUVCHI” tanlovida esdalik koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

2023-yil oktabr  oyida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy koʻrik tanlovining 3-turining 1-bosqichida “FAOL TADQIQOTCHI” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

2023 –yil dekabr oyida  “OLIMLAR” bayramida ishtirok etgan.

2024-yil, 11-fevral kuni Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasida boʻlib oʻtgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy koʻrik tanlovining "Eng yaxshi xizmatlari uchun" xalqaro ilmiy-amaliy tanlovida ishtirok etib, koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

“Scientific Academy” ilm - maʼrifat markazi tomonidan 2024-yil 5-mart kungi 24-sonli buyrugʻiga asosan tashkil etilgan "ILM-FAN ZIYOSI" xalqaro ilmiy-amaliy tanlovidagi faol ishtiroki uchun esdalik statuetkasi bilan taqdirlandi.

2024 yil mart oyida ustoz olim, tibbiyot fanlari doktori, professor Orziyev Zavqiddin Mansurovich xotiralariga bagʻishlangan “Ichki kasallik dolzarb muammolari, davolashda yangicha yondashuv”  Xalqaro Ilmiy Amaliy Anjumanida doklad bilan onlayn ishtirok etgan va  sertifikat bilan taqdirlangan.

Hozirgi kunda ham ilmiy izlanishlarda davom etmoqda.