Elova Umida Roʻzimurodovna - filologiya fanlari boʻyicha falsafa fanlari doktori (PhD) dotsenti.
Elova Umida Roʻzimurodovna tomonidan keyingi ikki yil davomida 1ta darslik, 1 ta oʻquv qoʻllanma, 1 ta oʻquv - uslubiy qoʻllanma, 1 ta monografiya chop etilgan.
Shu jumladan, xalqaro “Scopus” maʼlumotlar bazasida indekslangan jurnallarda 1 ta, OAK jurnallarida 3 ta maqolalar chop etgan. U.R.Elovaning Respublika va xalqaro ilmiy konferensiyalarda va ilmiy toʻplamlarda 25 dan ortiq maqolalari chop etilgan.
Elova Umida Roʻzimurodovna 2019 yil yanvar oyida Samarqand davlat chet tillar institutining tayanch doktoranturasiga oʻqishga qabul qilindi. 2022 yil 31 avgust kuni “ H.U.Longfelloning “ Hayavata haqida qoʻshiq” romantik dostonining tarixiy – madaniy va lingvopoetik jihatlari va ularni tarjimada saqlash imkoniyatlari nomli dissertatsiya ishi himoyasi boʻlib oʻtdi.
Hozirgi kunda U.R.Elova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2011-2014 yillarga moʻljallagan I-204-4-5 –son bilan roʻyxatga olingan “ H. Longfelloning Hayavata haqida qoʻshiq” nomli ilmiy tadqiqot ishi doirasida bajarilgan ilmiy natijalaridan Chet tillarni oʻqitishning innovatsion usullari va ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishida tahsil olayotgan oliy oʻquv yurti talabalari uchun foydalanilgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi “Inteyellektual mulk konsultativ markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan “Mualliflik obyektlarini deponentlash toʻgʻrisida Guvohnoma; Guvohnoma raqami reyestrga 2021 yil 30 dekabrda – 004445 raqam bilan kiritilgan.
Umida Roʻzimurodovna 2022 yil yanvar oyida “Taʼlim tizimida innovatsion yondashuvlar Muammo va yechimlar” nomli xalqaro ilmiy –amaliy koʻrik tanloviga taqdim etgan ilmiy ishlari kengash tomonidan koʻrib chiqilib bir ovozdan maʼqullandi va “ Taʼlim fidoyisi” nomli esdalik nishoni, esdalik nishoni belgisi guvohnoma va sertifikat bilan taqdirlandi.
U.R.Elova 2023 yil “ Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences” nomli jurnalga hayʼat aʼzosi sifatida qabul qilindi. “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi toʻgʻrisidagi Nizomning 22-bandiga muvofiq institut miqyosida oʻtkazilgan “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi gʻolibi.
“Oliy va oʻrta taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” viloyat tanlovi ishtirokchisi;
Elova Umida Roʻzimurodovna - Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi Xalqaro tan olingan S1 sertifikatiga ega;
2023 yil 25- noyabrdan 27- noyabr kunlari Janubiy Qozogʻistonning M. Auyezov nomli universitetida master klass darslarini oʻtib qaytdi.
Shuningdek, U.E. Roʻzimurodovna oʻzi taʼlim beradigan “Yengil sanoat” fakulteti iqtidorli talabalaridan Javlonbek Rustamov, Maxammatova D va Mamaraximova Alar bilan ingliz tili boʻyicha amaliy maslahatchi sifatida ish olib borib, ularning 2022-2023 oʻquv yili uchun oʻquv rejasiga kiritilgan respublika ilmiy – amaliy konferensiya materiallariga maqolalar chop etishlari uchun amaliy yordam koʻrsatib kelmoqda.
Elova Umida Roʻzimurodovna 2023 - yil fevral oyida oʻtkazilgan xalqaro ilmiy amaliy konferensiyada – “Taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.