MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

EGAMBERDIYEV FAZLIDDIN  OTAQULOVICH

EGAMBERDIYEV FAZLIDDIN OTAQULOVICH

Тexnika fanlari doktori, Jizzax politexnika institutining “Таbiiy tolalar va matoga ishlov berish texnologiyasi” kafedrasi mudiri, dotsent

Egamberdiev Fazliddin Otakulovich  1989 yil 1 mayda Oʻzbekiston Respublikasi Jizzax viloyati Forish  tumani Ilonli qishloq fuqarolar yigʻinida ziyolilar oilasida tugʻilgan. 1996-2007 yillarda Fayzulla Xoʻjayev nomidagi 75-umumtaʼlim maktabini tamomlab, 2008-2014 yillari Toshkent toʻqimachilik va engil sanoat institutida “Engil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat bosqichi va 20014-2016 yillari “Toʻqimachilik xomashyolarini qayta ishlash texnologiyasi” mutaxassisligi boʻyicha magistratura bosqichlarida tahsil olgan.

2013-2013 yy. - “TOSH-ROSS TEXTIL” ip yigiruv fabrikasi ip yigiruv boʻlimi operatori. 2013-2014 yy. - “BF TEKSTIL PRODUKTION” ip yigiruv fabrikasi ip yigiruv boʻlimi mexanigi. 2014-2016 yy.- Jizzax politexnika instituti “Engil sanoat texnologiyasi” kafedrasi assistenti.2017-2018 yy. - Jizzax politexnika instituti “Taʼlim sifatini nazorat qilish” boʻlimi bosh mutaxassisi.

2019 -2020 yy. - Jizzax politexnika instituti “Engil sanoat texnologiyasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi. 2020 -2021 yy  - Jizzax politexnika instituti “Toʻqimachilik mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi katta oʻqituvchisi. 2021 yildan hozirgi kungacha - Jizzax politexnika instituti “Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish texnologiyasi” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

U 2019 yil aprel-sentyabr oylarida British Council Uzbekiston, “El-Yurt Umidi jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta taʼlim vazirligi tomonidan tomonidan oʻtkazilgan olti oylik ingliz tili kursini muvaffaqiyatli tamomlab sertifikat bilan taqdirlangan.

2020 yil Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan «Innovatsion yoshlar yetakchisi» tanlovi gʻolibi deb topilgan va koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan.

 

Egamberdiyev Fazliddin Otaqulovich - texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) 2020 yil 29 dekabrda Jizzax politexnika instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.115.01 raqamli Ilmiy kengashda «Mashinada terilgan paxtaning tolasini samarali tozalash uchun takomillashtirilgan tola tozalagichni ishlab chiqish» mavzusida texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. Oʻzbekiston Respublikasi OAK tomonidan 2021 yil 30 yanvar 01 № 003983 raqamli diplom berilgan. U 2024 yilda “Paxta va tola tozalash mashinalari tozalash samaradorligini oshirib, raqobatbardosh ip ishlab chiqarish” mavzusida texnika fanlari doktori ilmiy darajasini oldi. Uning ilmiy-tadqiqot faoliyati davomida, Xalqaro va Respublika jurnal va konferensiya toʻplamlarida 100 dan ziyod ilmiy maqolalari nashr etilgandir. F.Egamberdiev Xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarning faol ishtirokchisidir.

F.Egamberdiev Jizzax politexnika instituti huzuridagi PhD.03/30.06.2020.T. 115.01 raqamli ilmiy kengash aʼzosi hisoblanadi.

Egamberdiyev Fazliddin Otaqulovich  paxtaga dastlabki ishlov berish mutaxassisligi boʻyicha pedagogik va ilmiy-tadqiqot jabhalarida faoliyat yuritib kelmoqda.

2022-2023 yillarga moʻljallangan Erasmus+ dasturining 618930-EPP-1-2020-1-EL-EPPKA2-CBHE-JP EL (Oʻzbekiston va Qozogʻiston OTMlarida charm va charm buyumlarini masalalarini kupaytirish / Reinforcing capacities of HEIs for leather producs in Uzbekistan) loyihasida Jizzax politexnika instituti “Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish” kafedrasida bajarilishida faol ishtirok etgan. Loyihaning 2022 yil uchun moliyalashtirish hajmi 72 ming EUR, 2023 yil uchun 45 ming EUR moliyalashtirilgan.

Loyihalarda rahbar sifatida 2021-2023 yillarga moʻljallangan Akademik harakatchanlik dasturi doirasida AK-019/22-sonli “Mashinada terilgan paxta tolasini tabiiy sifatini saqlash maqsadida resurstejamkor, takomillashtirilgan tola tozalagich qurilmasini yaratish” loyihasi rahbari hisoblanadii. Loyihaning umumiy qiymati 37 mln soʻmni tashkil etgan.

Egamberdiev Fazliddin Otakulovich rejali oʻquv yuklamasidan tashqari ilmiy-pedagogik faoliyati davomida quyidagi ishlarni ham amalga oshirib kelmoqda.

U tomonidan 5321200 – Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi taʼlim yoʻnalishi hamda 5320900 – Engil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim oluvchi talabalar uchun jami 10 dan ziyod nomdagi “Toʻqimachilik mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari”, “Mahsulot sifatini boshqarish”, “Paxta sanoat texnologiyasini ilmiy muammolari”, “Korxonalarni loyihalash”, “Paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi va jihozlari” hamda “Mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash” fanlaridan   fanlaridan oʻquv uslubiy majmualar va oʻquv qoʻllanma chop etgan va bu yuqoridagi fanlar boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni olib borish, mustaqil taʼlim topshiriqlarini bajarish hamda kurs loyihasini bajarish uchun uslubiy koʻrsatma va qoʻllanmalar chop etildi.

Egamberdiev Fazliddin Otakulovich oʻquv ishlari bilan birgalikda institutda olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar va tadbirlarda faol ishtirok etadi, jumladan: u tomonidan 2021 yilda institutning 5321200 – Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi taʼlim yoʻnalishi hamda 5320900 – Engil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi taʼlim yoʻnalishlarida taʼlim oluvchi talabalarning ishlab-chiqarishning rahbarlari va mutaxassislari bilan davra suhbatini tashkil etdi.

Jamoada  oʻtkazilgan anketaviy sotsiologik soʻrovlar maʼlumotlariga koʻra Egamberdiev Fazliddin Otakulovichga oʻqitishning ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini zamon bilan hamnafas targʻib qilib milliy istiqlol gʻoyasi tamoyillari bilan hamohang holda talabalarga saboq berib keladigan ustoz sifatida tavsif berilgan.

F.O.Egamberdiev kafedrada iqtidorli talabalar bilan samarali ishlab kelmoqda. Kafedradagi iqtidorli talabalarni tanlab, ularni ilm, fan va ilmiy-tadqiqotlarga jalb etib har yili institutda oʻtkazilayotgan anʼanaviy ilmiy konferensiyalarda ular bilan birgalikda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

Soʻnggi ikki yil davomida: 60721300 - Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi taʼlim yoʻnalishi hamda 60721200 – Engil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan 12 dan ortiq bakalavriat talabalarning bitiruv malaka ishlariga rahbarlik qilgan. Bundan tashqari 70721301 - “Paxtani dastlabki ishlash va urugʻ tayyorlash texnologiyasi” magistratura mutaxassisligi boʻyicha tahsil olayotgan magistrlarga rahbarlik qilib kelmoqda:

Egamberdiyev F.O. quyida keltirilgan xojalik shartnomasida ishtirok etgan va shartnoma boʻyicha natijalar olingan:

Shartnomaga asosan “Zarbdor paxta tozalash” AJ bilan Jizzax politexnika instituti “Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish kafedrasi tomonidan tuzilgan “Mashinada terilgan paxtani tozalash samaradorligini tola va ip sifatiga taʼsirini oʻrganish nomli xoʻjalik shartnomasiga  asosan ilmiy tadqiqot ishi olib borilgan hamda 2021 yilda  20 million soʻm mablagʻ tushirilgan. Natijada yuqori va past navli mashina va qoʻl bilan terilgan paxta tolasini tozalashdan ishlab chiqarilgan toladagi nuqsondor tola va iflos aralashmalarning massaviy ulushini oʻrtacha 0,16% va 0,1% ga kamaytirish, ishlab chiqarilayotgan tola sifatini yaxshilash imkoni yaratilgan.

Bundan tashqari “Yuksalish charm sanoat servis” korxonasi bilan tuzilgan “Yirik shoxli mol terisidan charm ishlab chiqarishda yogʻlash texnologiyasini yaratish” mavzusidagi shartnomaga asosan ilmiy ishlar olib borilib mol terisidan charm ishlab chiqarishda yogʻlash texnologiyasini takomillashtirilgan.

U 2021 va 2022 yillar davomida texnika fanlari boʻyicha falsafa doktoriligi dissertatsiyalariga 20 dan ortiq taqrizlar yozdi.

Dissertatsiyasi himoyasidan keyingi oʻtgan davr mobaynida

1 ta darslik 2 ta monografiya;
6 ta uslubiy qoʻllanmalar, ishlab chiqarishga qoʻllash boʻyicha 4 ta dalolatnomalar; ilmiy jurnallarda 45 ta ilmiy maqolalar, shu jumladan xalqaro “Web of Science Core Collection” va “Scopus” maʼlumotlar bazasida indekslangan jurnallarda 7 ta, xorij nashrlarida – 8 ta; OAK jurnallarida 25 maqolalar chop etgan. Respublika va xalqaro konferensiya ilmiy toʻplamlarda chop etilgan maqolalar 30 ta; innovatsion gʻoyalar, loyihalar va ishlanmalarning fundamental tadqiqotlar asosidagi amaliy dasturlar doirasida bajariladigan 1 ta loyiha rahbari hisoblanadi.