MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

DJURAYEVA PERDEGUL SAIDOVNA

DJURAYEVA PERDEGUL SAIDOVNA

Navoiy viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi dotsenti

Djurayeva Perdegul Saidovna 1975-yil 20-iyulda Navoiy viloyati Nurota tumanida tugʻilgan, millati qozoq, maʼlumoti oliy, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.

1982-1992 - yillari Navoiy viloyati Nurota tumanida 23-umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻqigan va imtiyozli oltin medal bilan tugatgan.

1993-1997 - yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti boshlangʻich taʼlim metodikasi va pedagogikasi mutaxassisligi boʻyicha toʻliq kursni tugatgan. Ixtisosligi boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi.

Umumiy ish staji 27 yil shundan: Nurota tuman 23-sonli qozoq tili, Konimex tuman 41-sonli qoraqalpoq tili, Navbahor tuman 1-sonli oʻzbek tili statusiga ega umumiy oʻrta taʼlim maktablarida boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi lavozimida, Navbahor tuman  “Istiqlol” yengil sanoat kasb-hunar kollejida, Navoiy davlat pedagogika institutida oʻqituvchi lavozimida jami – 4 yil ishlagan.  Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazida ilmiy-pedagogik ish staji - 15 yil. 2009-yildan hozirgi vaqtga qadar Pedagogika markazining “Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi” kafedrasida  oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, 2021-yil 26-oktabrdan kafedra dotsenti v/b lavozimida, 2024-yil 6-aprel oyidan dotsent faoliyat yuritmoqda.

2021-yil 28-mayda Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya  nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha) ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvonini olish uchun “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy taraqqiyotning ilmiy asoslari va amaliy yoʻnalishlari” fanidan maxsus imtihondan oʻtgan va №394 raqamli Guvohnoma olgan.

P.Djurayeva  respublika miqyosida Respublika taʼlim markazi, viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi bilan hamkorlikda tillar kesimida onlayn oʻquv-amaliy anjumanlarga rahbarlik qilgan.

Viloyat miqyosida boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining ish-tajribasini ommalashtirishda rahbarlik qilib, 11 yil davomida Navoiy viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi “Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi” boʻyicha Metodik kengash aʼzosi sifatida oʻquv-amaliy seminarlarni tashkil etishda trener, koordinator hamda yuqori malakali, tajribali mutaxassis sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Djurayeva Perdegul Pedagogika markazida “Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikalari” kafedrasida mutaxassisligi boʻyicha umumiy oʻrta taʼlim maktablari boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilariga (tillar kesimida), qayta tayyorlov kursi tinglovchilariga mutaxassisligi boʻyicha, umumtaʼlim maktablari barcha toifadagi kurs tinglovchilariga “Inklyuziv taʼlimni joriy etish masalalari” moduli kesimida maʼruza va amaliy mashgʻulotlarni yuqori ilmiy-metodik darajada olib borib, taʼlimning zamonaviy (nostandart darslar, seminar-treninglar, “Xayoliy goʻzallik” strategiyasi, “Besh barmoq”, “Frayer modeli”, “Charxpalak”, “Rezyume” SWOT-tahlil, Keys-stadi, “FSMU”, “Muammoli taʼlim”, “Kichik guruhlarda ishlash” kabi metod va pedagogik texnologiyalarini qoʻllab kelmoqda. Keltirilgan fanlar boʻyicha ishchi dasturlar va oʻquv-uslubiy majmualar muallifi, oʻquv mashgʻulotlarini koʻrgazmali qurollar, multimedia vositalari va fanning soʻnggi yutuqlarini qoʻllagan holda samarali ravishda oʻtkazib kelmoqda. Har oʻquv yilida tinglovchilar bilan oʻtkazilgan anketa va sotsiologik soʻrovnomalar natijasida P.Djurayevaning  ilmiy-pedagogik faoliyatiga yuqori baho berilgan. P.Djurayeva jamoa va tinglovchilar orasida maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy va tarbiyaviy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlarini olib boradi, viloyat qozoq milliy-madaniy markazi faoli sifatida ham tadbirlarni tashkil etish, tashkilotlar bilan hamkorlik oʻrnatish va Milliy-madaniy markaz Qurultoylaridagi ishtiroki bilan ham faoliyat yuritib kelmoqda, bu esa ularda milliy-maʼnaviy qadriyatlarga hurmat hissini shakllantirishga xizmat qiladi.

Pedagogika markazida eng faol kitobxon sifatida va OAVda muntazam chiqishlari bilan ham ajralib turadi. Oʻquv mashgʻulotlaridan tashqari tinglovchilar oʻrtasida koʻrik-tanlovlar oʻtkazish, tadbirlar, ekskursiyalar tashkil qilish va oʻtkazishda faol tashabbuskor. Boshlangʻich taʼlim tizimidagi samarali ijodkorlik faoliyati va metodik xizmatlari uchun respublika miqyosida chop etiladigan “Nurli jol” gazetasi va Respublika qozoq milliy markazining “Faxriy yorligʻi” bilan taqdirlangan.

Navoiy davlat pedagogika instituti, Respublika taʼlim markazi bilan ham shartnomalar tuzish orqali hamkorlikda boshlangʻich taʼlim oʻzbek kurslari uchun 1-2 – sinf matematika fani darslik muallifi N.Abdurahmonova ishtirokida malaka oshirish tizimida 2017-2019-yillarda mualliflik kurslarini tashkil etgan.

Faoliyati davomida Respublika taʼlim markazi bilan shartnoma 2019-yil 2-27-dekabr 2+2 tizimi asosida 144 soat A.Avloniy nomidagi xalq taʼlimi tizimidagi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida reja asosida malakadan oʻtgan, Rossiya federatsiyasi 15 - 17.06.2021 va 27.10.2021  КРИРПО onlayn malaka oshirgan, bir million oʻzbek dasturchilari Udacity Verified Certificate of Completion Android Development Track May 2022 malaka oshirgan. Kafedra dotsenti v/P.Djurayeva malaka oshirish kurslarida oflayn shaklda 2022-yil noyabr oyida, onlayn shaklda 2023-yil 24-28-yanvarda A.Avloniy  nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot institutida “Pedagogika markazlari professor-oʻqituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish” kursida malakasini oshirgan.

P.Djurayeva Navoiy viloyati “Ziyokor sadosi” gazetasi tahririyati tomonidan 2016-yil oktyabr – 2017-yil may oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining 44-09/68-9-sonli davlat granti bilan moliyalashtirilgan “Kuch-qudratimiz – ahillik va hamjihatlikda” nomli loyihasi doirasida Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlaridagi taʼlim qozoq tilida olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻtkazilgan amaliy seminarlarga ilmiy-metodik jihatdan koʻmaklashgan va tadbirlarda ilmiy xodim sifatida ishtirok etgan.

P.Djurayeva  xalqaro, respublika va oliy taʼlim muassasasi miqyosida oʻtkaziladigan ilmiy konferensiyalarda oʻz maʼruzalari bilan muntazam qatnashadi. 2021-yil 14-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Amerika Qoʻshma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligining eʼtirofi bilan ish-tajribasi respublika miqyosida Koordinator sifatida ommalashtirilgan.

P.Djurayeva  Pedagogika markazida respublika ilmiy-amaliy 2022-yil 25-fevral, 2021-yil 23-iyun, 2023-yil 3-fevral va 2023-yil 25-aprellarda konferensiyalarda  tahrir hayʼati aʼzosi  sifatida qatnashgan. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligiga bagʻishlangan “Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida 2023-yil 26-30-sentaybrda 4-shoʻbada “Sanoat chiqindilaridan samarali foydalanishning iqtisodiy jihati” mavzusidagi maqola bilan Xalqaro anjumanda; T.N.Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tomonidan 2023-yil 25-oktabrda “Science & innovatsion” xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda oʻtkazilgan “Raqamli taʼlimning zamonaviy tendensiyalari va ularni taʼlim-tarbiya jarayoniga tatbiq qilish yoʻllari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyasida  “Raqamli savodxonlik - bugungi oʻqituvchi kompetensiyasi” mavzusidagi maqolasi bilan Xalqaro anjumanda; .Toshkent davlat agrar universitetida 2023 yil 3-4 noyabrda Toshkent davlat agrar universiteti va “Science and innovatsion” xalqaro ilmiy jurnali  tashkilotchiligida о‘tkazilgan «Barqaror о‘rmonchilik» nomli III-xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 4-shoʻbasida “Oʻrmonlarni asrash - insoniyatning burchidir” maqolasi bilan III Xalqaro anjumanda; Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, T.N.Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti, “Science and innovatsion” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligidagi “Taʼlim-tarbiya sifatini oshirishda hamkorlik pedagogikasi: xalqaro tajriba va zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda 2023-yil 13-noyabrda 3-shoʻbasida “Yosh avlodni zamonaviy jamiyatda hayotga tayyorlashda differensial yondashuv samaradorligi”; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent shahridagi singapur menejmentni rivojlantirish instituti, “Science and innovatsion” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligidagi 2023-yil 17-noyabrdagi “Oʻzbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash muammolari: nazariya, amaliyot va strategiya” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida «Yashil iqtisodiyot»ga oʻtish, uning asosi boʻlgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish koʻrsatkichlarini keskin oshirish (Navoiy viloyati kesimida). 3-shoʻbada;

2023-yil 29-noyabrda onlayn shaklda Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazidagi “Boshlangʻich taʼlimda xalqaro tajribalarning yoʻnalishlari” mavzusida respublika miqyosidagi onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi 4-shoʻbasida “Boshlangʼich sinflarda yangi avlod darsliklarini  "4 K" modeli koʻnikmalari asosida oʻqitishning metodik jihatlari”; A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot institutida “Boshlangʻich taʼlim tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanida 2023-yil 29-noyabrda 1-shoʻbada “Umumtaʼlim maktablarida inklyuziv taʼlimni joriy etishning differensial yondashuv samaradorligi” maʼruzalari bilan faol ishtirok etdi.

Djurayeva Perdegul Saidovna  ilmiy-pedagogik faoliyatida koʻrsatgan alohida xizmatlari uchun 2016-yil “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni,  Navoiy viloyat hokimligi,  Pedagogika markazi va boshqa tashkilotlar tomonidan bir necha bor “Faxriy yorliq” va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlangan.

P.Djurayeva Pedagogika markazi jamoasi va professor-oʻqituvchilari orasida halol mehnati va insoniylik fazilatlari bilan hurmat-eʼtibor qozongan.

Pedagogika markazi kasaba uyushma qoʻmitasi aʼzosi, Navoiy viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasining “Boshlangʻich taʼlim” metodikasi Kengashining aʼzosi, trener-koordinator, xotin-qizlar qoʻmitasi aʼzosi.

Djurayeva Perdegul Saidovna 48 ta ilmiy ishlari eʼlon qilingan, shundan: 2 ta darslik: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrugʻi, 3-ilovasi boʻyicha 1 ta darslik muallifi va 1 ta darslik hammualliflikda; 1 ta monografiya (davlat tilida), 5 ta oʻquv qoʻllanma (1ta davlat tilida va 4 ta qozoq tilida), 40 ta oʻquv-uslubiy ishlaridir. 1 ta darslik: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 60110500-sonli taʼlim yoʻnalishining 3-kurs talabalari uchun “Boshlangʻich taʼlim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” (taʼlim qozoq tilida) nomli darslik: № 2610-4365-a9fd-ddec-1060-2877-8435 Hujjat yaratilingan sana: 2024-01-19 Ariza raqami: 109641444  Nashrlarga kitobning ISBN xalqaro standart tartib raqamini berish maʼlumotnomasi boʻyicha berilgan ISBN tartib raqami 978-9910-761-86-7 УДК: 372.30 ББК: 74.202.21 Дж 46  © Джураева П.C. ISBN 978-9910-761-86-7 (© “Bookmany print” баспасы, 2024).

1ta darslik hammualliflikda: “Boshlangʻich taʼlim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” (taʼlim oʻzbek tilida) nomli hammuallif darslik  yaratdi. Nashrlarga kitobning ISBN xalqaro standart tartib raqamini berish maʼlumotnomasi boʻyicha № 3058-5465-a9fd-a864-2748-0356-6356 Hujjat yaratilgan sana: 2024-01-19 Ariza raqami: 109640940 Berilgan ISBN tartib raqami 978-9910-761-85-0 UOʻK: 372.30 KBK: 74.202.21 A 89  © Astanakulov K.M., Djurayeva P.S., Rahimova M.A. ISBN 978-9910-761-85-0 ( © “Bookmany print” nashriyoti, 2024).

P.Djurayeva muntazam Navoiy viloyati Pedagogika markazi va respublikaning boshqa OTMlarida ilmiy - metodik maʼruzalari bilan qatnashadi, bir necha yillardan beri Navoiy viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasida “Boshlangʻich taʼlim” yoʻnalishidagi Metodika Kengashi aʼzosi sifatida ishtirok etadi.

Xalqaro tajribalar asosida yaratilgan oʻquv dasturi va darsliklar tajriba-sinovi ishtirokchilari uchun tashkil etilgan oʻquv seminarda oflayn shaklda 2022-yil 4-8 noyabr kunlari A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot institutida malaka oshirgan. Rossiya federatsiyasi 15 - 17.06.2021 va 27.10.2021  КРИРПО onlayn malaka oshirgan, bir million oʻzbek dasturchilari Udacity Verified Certificate of Completion Android Development Track May 2022 malaka oshirgan. P.Djurayeva malaka oshirish kurslarida onlayn shaklda 2023-yil 24-28-yanvargacha Abdulla Avloniy  nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot institutida “Pedagogika markazlari professor-oʻqituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish” kursida malakasini oshirdi.

Mashgʻulotlarda boshlangʻich taʼlim yoʻnalishidagi islohotlar, malaka oshirish tizimidagi yangiliklarni eʼtirof etgan holda xalqaro tajribalarni oʻrganishda, ayniqsa, “Finlyandiya tajribasini oʻrganish”da bilimlarini tatbiq qilib kelmoqda.

Djurayeva Perdegul Saidovna 2023-yil 23-dekabrda “Science and Innovavation” Xalqaro ilmiy jurnalning  “Olimlar bayramiga” alohida taklifnoma bilan qatnashgan va jurnalning “Tashakkurnoma”si va ilmiy jurnal tahrir hayʼati aʼzosi boʻlganligi uchun berilgan № SAI-191 guvohnomasi bilan taqdirlangan. (Guvohnoma raqami: SAI-191 Berilgan vaqti: 27.12.2023 Amal qilish muddati: 31.12.2024 Ilmiy jurnal nomi: Science and innovation ISSN: 2181-3337).

Djurayeva Perdegul Saidovna Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 60110500-sonli taʼlim yoʻnalishining 3-kurs talabalari uchun “Boshlangʻich taʼlim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” (taʼlim qozoq tilida) nomli darslik muallifi va  “Boshlangʻich taʼlim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” (taʼlim oʻzbek tilida) nomli hammuallif darslik  muallifi. Anjuman tashkilotchisi va tahrir hayʼati aʼzosi sifatida ham targʻibotchi faol pedagog.

P.Djurayeva kasbiy faoliyati yoʻnalishida “Course certificate” sertifikatlari, “Bir million oʻzbek dasturchilari” kabi xalqaro va mahalliy malaka oshirish kurslarida malakasini oshirgan.  2021-yil 14-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Amerika Qoʻshma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligining eʼtirofi bilan respublika miqyosida Koordinator sifatida 2021-yil 1-noyabrdan 20-dekabrga qadar tashkil etilgan ishchi guruhdagi faolligi uchun ish-tajribasi respublika miqyosida ommalashtirilgan.

Djurayeva Perdegul Saidovna Pedagogika markazida “Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikalari” kafedrasida  2024-yil 6-apreldan dotsent lavozimida faoliyat yuritmoqda.