Djurayeva Gavhar Normuratovna 1988- yil 8-iyunda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tugʻilgan. 1994-2003 yillari 45-umumtaʼlim maktabi, 2003-2006 yillari Samarqand moliya kollejida tahsil olgan. 2007-2010 yillari Samarqand Davlat Chet tillari nemis tili mutaxassisligi boʻyicha bakalavriat bosqichi va 2017-2019 yili magistratura bosqichi tahsil olgan.
2010-2012 - yy Xalq Taʼlimi Boʻlimiga qarashli 11-umum taʼlim maktabi oʻqituvchisi ,2012-2014 – yy Pastdargʻom tumani 29-maktabida, 2015-2019 yy.-Samarqand huquqshunoslik kollejining ingliz tili fani oʻqituvchisi sifatida faoliyat yuritgan.
2019-yildan boshlab “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Tillar kafedrasi dotsenti boʻlib, Djurayeva Gavhar Normurotovna nemis tili va madaniyati sohasining pedagogik, ijrochilik va ilmiy-tadqiqot jabhalarida faoliyat yuritib kelmoqda.
U 2022 yil “Oliy taʼlim yoʻnalishi talabalarining ijtimoiy madaniy kompetensiyalarini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Uning ilmiy-tadqiqot faoliyati serhosil boʻlib, Xalqaro va Respublika jurnal va konferensiya toʻplamlarida 50 dan ziyod ilmiy maqolalari nashr etilgandir. G.Djurayeva Xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarning faol ishtirokchisidir.
G.Djurayeva ilmiy-ijodiy faoliyat bilan bir qatorda tashkiliy ishlarni ham muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Jumladan, 2022 yildan SilkRoadda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshligʻi sifatida talabalar oʻrtasida turli xil tanlovlar, Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar va boshqa bir qator tadbirlarni tashkil etgan.
Shuningdek 2024 yil aprel oyida Geothe institute tomonidan Qirgʻizistonning Bishkek shahrida oʻtkazilgan “Xalqaro nemis tili oʻqituvchilari” Xalqaro syezdida Xalqaro ekspert sifatida turizm yoʻnalishi boʻyicha mahorat darslari utgan.