MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

DEXQONOVA DILORAXON RASULJON QIZI

DEXQONOVA DILORAXON RASULJON QIZI

Biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, Toshkent davlat agrar universiteti “Umumiy zootexnika va veterinariya” kafedrasi katta oʻqituvchisi.

Dexqonova Diloraxon Rasuljon qizi 1992 yil 5 noyabrda Fargʻona viloyatida tugʻilgan. 1999-2008 yillari – 24-umumtaʼlim maktabi, 2008-2010 yillari – Tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan 65-maktab internati, 2010-2014 yillari – Qoʻqon davlat pedagogika institutining  “Biologiya” yoʻnalishi bOʻyicha bakalavriat bosqichi va 2015-2017 yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti “Ixtiologiya va gidrobiologiya” mutaxassisligi boʻyicha magistratura bosqichi, 2020-2022 yillari tayanch doktoranturada tahsil olgan.

Shu kunga qadar koʻplar koʻrik tanlovlarda ishtirok etib bir qancha diplom va sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

2014-2015 yillari Fargʻona viloyati 31-maktab biologiya fani oʻqituvchisi, 2016 – 2017 yillar Oʻzbekiston milliy universiteti dekanat dispetcheri, 2017-2018 yillar “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi “Inkubatsiya sexlari va baliq pitomniklari” boʻlimi mutaxassisi, 2018-2019 yillar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Baliqchilik” boshqarmasi yetakchi, mutaxassisi, 2019-2023 yillar Toshkent davlat agrar universiteti assistenti, 2023-yildan hozirga qadar “Umumiy zootexniya va veterinariya” kafedrasi katta Oʻqituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, “Umumiy zootexniya va veterinariya” kafedrasi qoshidagi “Baliqchilik ilmi” oʻquv kursi rahbarlik qilib kelmoqda. .

Dexqonova Diloraxon Rasuljon qizi biologiya fanining zoologiya fan tarmoqlaridan biri boʻlgan ixtiologiya sohasida pedagogik va ilmiy-tadqiqot boʻyicha oʻz faoliyaniti yuritib kelmoqda.

U 2023 yil “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi oq sla (Sander Lucioperca L) baligʻining morfo-ekologik xususiyatlari” mavzusidagi biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Uning ilmiy-tadqiqot faoliyati davomida tinimsiz izlanishlari natijasida, Xalqaro va Respublika jurnal va konferensiya toʻplamlarida 20 dan ziyod ilmiy maqolalari nashr etilgandir.

D.Dexqonova Xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarning faol ishtirokchisidir. Jumladan, 2022 yili Toshkent davlat agrar universitetida oʻtkazilgan “Baliqchilik sohasi va uning istiqbollari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy –amaliy konferensiyasida kotib vazifasida faoliyat yuritgan. Shuningdek  koʻplab Xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan   ilmiy-amaliy konferensiyalarda oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etib turli nominatsiyalar boʻyicha gʻolib deb topilib diplom va sertifikatlarni qoʻlga kiritib kelmoqda. D.Dexqonova oʻqish va pedagogik faoliyati davomida koʻplab koʻrik tanlovlarda ishtirok etib gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jumladan, 2011-2012 va 2012-2013 oʻquv yillarida Biologiya fanidan institut bosqichida faxrli 1-oʻrinni egallab, respublika fan olimpiadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan va respublika fan olimpiadasi qatnashchisi,
2012-yilda Hayot Faoliyati Xavfsizligi, Falsafa va 2013-yilda Biologiya fanidan oʻtkazilgan konferensiyalarda 1-oʻrin sohibasi.

2014-yil “Oʻquvchilarga ekologik taʼlim-tarbiya berishda qonun hujjatlaridan foydalanish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi uchun “Eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi muallifi” sovrindori boʻlgan va Oliy oʻquv yurtini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Oʻqish bilan birgalikda pedagogik faoliyatni ham birga olib borib 2014-2015-oʻquv yillarida “Eng yaxshi dars ishlanmasi muallifi” koʻrik-tanlovining tuman bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

Dexqonova Diloraxonning ilmga boʻlgan iqtidori va bilimini oshirishga boʻlgan harakati sababli 2015 yil Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti magistratura bosqichiga 1-oʻrinda grant asosida oʻqishga qabul qilingan.

Oʻqish bilan birgalikda uning sergʻayratligi, mehnatsevarligi va iqtidorini hisobga olgan fakultet dekanati dekan dispetcheri lavozimiga ishga qabul qilgan.

D.Dexqonova ushbu yillar davomida bir qancha muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritgan. Xususan, 2016-yilda Intuit.ru saytining test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtib O (aʼlo) seryali sertifikatini qoʻlga kiritdi. 2016-yil
21-aprel Xalqaro Yer kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan “Yer va Yer resurslarini himoya qilish”ga bagʻishlangan konferensiyasida 2-oʻrin sohibasi, sertifikat bilan taqdirlangan, 2016-yilning avgust oyida “Tashabbus va gʻoyalarimiz mustaqil Oʻzbekiston taraqqiyoti uchun” shiori ostida oʻtkazilgan “ Oʻzbekiston XDPning eng faol ayoli” koʻrik-tanlovining tuman bosqichida 1-va viloyat bosqichida
3-oʻrinni qoʻlga kiritgan. .2017-yil “Kitobxon talaba” koʻrik tanlovining “Аsarlardan videolavhalar” yoʻnalishida fakultet bosqichida 1-oʻrinni egallab Universitet bosqichida Faxriy yorliq bilan,  "Tafakkur sinovlari" Respublika tanlovining 2-saralash bosqichidagi ishtiroki uchun 1-darajali diplom bilan taqdirlangan.

Namunali xulqi va aʼlo baholarga oʻqiganligi uchun fakultet dekanati, universiteti rahbariyatining faxriy yorliq, diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Shuningdek, mazkur yillar davomida sohasi boʻyicha televideniya, radio hamda jurnallarda bir necha bor intervyular berib kelmoqda.

D.Dexqonova talabalarga oʻz bilim va tajribalarini ulashish bilan birgalikda ularga har jabhada namuna boʻlib kelmoqda. Xususan, 21-oktyabr davlat tili qabul qilingan kunga bagʻishlab oʻtkazilgan “Qadring baland boʻlsin – ona tilim” mavzusida professor oʻqituvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan insholar tanlovida faxrli 1-oʻrinni, universitet miqyosida oʻtkazilgan sport musobaqalarida sportning "Shaxmat" turi boʻyicha universitet ayollari oʻrtasida faxrli 3-oʻrinni egallagan. “Siz qonunni bilasizmi”, “Zakovat” kabi intellektual oʻyinlarda  hamda turli festivallar masalan, "Milliy qadriyatlar - millat maʼnaviyatining koʻzgusi", “Nafosat”, milliy bayramlar va tadbirlarda talaba yoshlar bilan faol ishtirok etib bormoqda.

Dexqonova Diloraxon Rasuljon qizi mustaqil ravishda ilmiy ish qila olish, masalalarga yechim topa olish qobiliyatiga ega. U ish faoliyatidagi tirishqoqligi, mehnat jamoasi va atrofdagilarga doimo hurmatda boʻlishi bilan ajralib turadi.

D.Dexqonova faoliyati davomida internet saytlariga ilmiy-ommabop maqolalar yozib aholining ilmiy ongi oʻsishiga yordam berishga harakat qilib oʻzining ilmiy faoliyati va tahlillari xususidagi xulosalar va bilimlarini yoritib kelmoqda. Uning ijodiy qobiliyatlari xam bor boʻlib ijodiy ishlarini internet tarmoqlarida taqdim etib bormoqda. Shuningdek, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda sohasi yuzasidan ilmiy yangiliklar boʻyicha OAVda koʻp marotaba chiqishlar qilmoqda.

D.Dexqonovaning oʻz sohasining yetuk mutaxassisi boʻlib faoliyat koʻrsatishiga va koʻplab muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonchimiz komil.