MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

DEHQONOVA OXISTAXON QOSIMJONOVNA

DEHQONOVA OXISTAXON QOSIMJONOVNA

Fargʻona davlat universiteti Fizika-texnika fakulteti katta oʻqituvchisi, pedagogika fanlari boʻyicha (PhD)

Dehqonova Oxistaxon Qosimjonovna  1986 yil 31 dekabrda Fargʻona viloyati Beshariq tumanida tugʻilgan.

1993-2002 yillari Beshariq tumani 21-umumtaʼlim maktabi va 2002-2004 yillarda Beshariq shahridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabda tahsil olgan.

2004-yilda Fargʻona davlat universitetining Fizika mutaxassisligiga byudjet asosida oʻqishga qabul qilingan.

2004-2008 yillari Fargʻona davlat universitetining Fizika mutaxassisligi boʻyicha bakalavriat bosqichi va 2008-2010 yillarda Fargʻona davlat universitetining Yarimoʻtkazgichlar va dielektriklar mutaxassisligi boʻyicha magistratura bosqichida byudjet asosida tahsil olgan.

2010-2017-yillarda Beshariq tumanidagi Iqtisodiyot kollejida Fizika fanı oʻqituvchisı lavozimida faoliyat yuritgan.

2017-yildan hozirgi kungacha Fargʻona davlat universiteti Fizika-texnika fakulteti Fizika  kafedrasi katta oʻqituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Dehqonova Oxistaxon Qosimjonovna Fizika oʻqitish metodikasi boʻyicha ilmiy-tadqiqot jabhalarida faoliyat yuritib kelmoqda.

U 2023 yil “Maktab fizika taʼlimida fanlar integratsiyasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Uning ilmiy-tadqiqot faoliyati serhosil boʻlib, Xalqaro va Respublika jurnal va konferensiya toʻplamlarida 40 dan ziyod ilmiy maqolalari nashr etilgandir. O.Dehqonova Xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarning faol ishtirokchisidir. Jumladan, 2021 yili Qozogʻiston Respublikasi Nur-Sulton shahrida oʻtkazilgan III Международное книжное издание стран. Сотружества Независимых Государств «ЛУЧШИЙ МОЛОДОЙ УЧЕНЫЙ-2021» koʻrik tanlovida ishtirok etib, “Изучение взаимной связи физики и математики общеоброзовательных школах” mavzusiga maʼruza qilgan. Ushbu tanlovda yuqoridagi maqolasi birinchi oʻrinni egallab koʻkrak nishoni va birinchi darajali diplom olgan.

Ishlab chiqarilgan dasturiy mahsulotlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 10 dan ortiq mualliflik guvohnomasi olgan.

Oʻzbekiston Milliy universiteti pedagogika fanlari doktori, professor M.Qurbonov va O.Dehqonovalar tomonidan 2021 yilda ishlab chiqilgan “Maktabda fizika fanini oʻqitishda interaktiv tajriba mahsulotlari” deb nomlangan dasturiy mahsulotdan  hozirgi kunda pedagogika yoʻnalishi talabalariga Fizika oʻqitish metodikasi fanini oʻqitishda hamda umumtaʼlim maktabi oʻquvchilariga Fizika fanini oʻqitishda keng qoʻllanilib kelinmoqda.

4 ta oʻquv qoʻllanma, jumladan umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari uchun “Oʻrta maktablarda fizikadan namoyish tajribalar”, “Fizikadan masala va mashqlar yechish metodikasi”, “Umumiy fizika”, “Методика решения задач и упражнений по физике” chop etgan. OAK roʻyxatidagi jurnallarda  15 ta maqola, 10 tasi respublika va 5 tasi xorijiy jurnallarda maqolalar chop etgan.

Bundan tashqari Scopus bazasıdagı jurnallarda ham 2 ta maqola chop etgan.

Hozirgi kunda Fargʻona davlat universiteti Fizika kafedrasida katta oʻqituvchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

.