Tojibaeva Nazokatxon Kobiljonovna 25.12.1987-yil Surxondaryo viloyati Termiz shahrida ziyoli oilada tavallud topgan. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika Universiteti dotsenti v.b.
2006-2010-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillar universitetini a’lo bahoga tamomlab, magistratura bosqichiga imtiyozli oʻqishga qabul qilingan.
Tojibayeva Nazokatxon Kobiljonovna oʻqish davomidagi faolligi, ilmli, zehnli va tadbirlarni tashkillashtirishdagi faol ishtiroki uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda A.Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori boʻlgan ( 2008-2009-y.y). 2012-yil Oʻzbekiston davlat jahon tillar universitetida oʻqituvchi lavozimida ish faoliyatini boshlagan.
2015-2016-yillar davomida OʻzMU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi katta oʻqituvchisi, shuningdek rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Bosh ilmiy metodik markazi katta oʻqituvchisi sifatida faoliyat yuritgan. 2018-yilda “Xalqaro loyihalar va ularni tijoratlashtirish” boʻlimi boshligʻi, Toshkent shahar investitsiya, sanoatlashtirish va tijoratlashtirish departamenti bosh mutaxasssi sifatida faoliyat yuritgan. “Hello Asia and Europe” MCHJ ta’sischisi, 2019-yilda Nizomiy nomidagi TDPU “Ta’limda menejment” yoʻnalishi tayanch doktoranti sifatida tahsil oldi, 2022-yilda PhD (falsafa doktori) diplomi bilan taqdirlandi.
17 yoshida “Osiyo taronalari”, “Yangi avlod” yoshlar forumida eng yosh iqtidorli ishtirokchi va gʻolib sifatida e’tirof etilgan.
2015-2018-yillar davomida Malayziya, Singapur, Fransiya va Germaniya kabi davlatlarda xalqaro konferensiyalarida spiker va tashkiliy qoʻmita a’zosi sifatida ishtirok etgan.
Tojibaeva Nazokatxon Kobiljonovna “Maktabgacha ta’limda rahbarlik” darsligi hammuallifi, faoliyati davomida 100 ga yaqin pedagogika, ijtimoiy-iqtisodiy, nazorat-tahlil va talabalarda menejerlikni takomillashtirishga oid tanqidiy-tahliliy maqolalari Respublika, mintaqaviy hamda ommabop jurnal, gazetalarda chop etilgan. Shuningdek, 10 dan ortiq Respublika va mintaqaviy ommaviy axborot vositalarida (Oʻzbekiston 24, Foreign Languages, Ertalabdan salom, Yoshlar kelajagimiz, Yoshlar telekanali) intervyulari yoritilgan.
N.Tojibaeva faoliyati davomida oʻzining xalqparvarligi, adolatparvarligi, fidoyiligi, tirishqoqligi, talabchanligi, oʻziga bildirilgan ishonch va ma’suliyati, masalaga chuqur va tahliliy yondashishi bilan Oʻzbekiston yoshlar ishlar agentligida yoshlar uchun tashkil etilayotgan har tadbirlarda, tarjimon va tashkilotchi sifatida ham oʻz oʻrniga ega. N.Tojibaeva oilali, 2 nafar farzandning onasi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlarga munosabat bildiruvchi, vatanparvar va yurt ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshishga doim shay, yoshlar oʻrtasida menejer va liderlik xususiyatini rivojlantirishda, ularni xalqchil va fidoiy, oʻz kasbining yetuk mutaxassisi boʻlib yetishishida, yoshlar orzularini roʻyobga chiqarishda sababchi boʻlishni asosiy vazifasi va maqsadi sifatida biladi.