F.A.Alimova 1979-yilining 1-dekabrda Toshkent viloyati, Toshkent tumanida ziyolilar oilasida tugʻildi. 2001 yilda Toshkent davlat pedagogika universitetini “Kimyo” taʼlim yoʻnalishini tamomlagan. 2003 yilda Toshkent davlat pedagogika universitetini “Kimyo” magistratura mutaxassisligini tamomlagan.
2000-2006 yy. - Toshkent davlat aviatsiya instituti qoshidagi maxsus «Avia-litsey» litseyi kimyo fani oʻqituvchisi.
2006-2008 yy. - Toshkent davlat pedagogika universiteti kimyo va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi aspiranti.
2009- 2010 yy. - Toshkent davlat pedagogika universiteti kimyo va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi boʻlib faoliyat koʻrsatgan.
2010 yildan buyon pedagogika fanlari boʻyicha fan nomzodi. “Kompyuter texnologiyalaridan foydalanib kimyo oʻqitish samaradorligini oshirish (“Eritmalar” va “Elektrolitik dissosilanish” boʻlimlari misolida)” mavzusida bajarilgan pedagogika fanlari nomzodi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilish natijasi asosida berilgan.
2011 – 2022 yy. - Toshkent davlat pedagogika universiteti kimyo va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi dotsenti.
2023 yildan buyon pedagogika fanlari doktori (DSc). “Taʼlimni raqamlashtirish sharoitida boʻlajak kimyo oʻqituvchilarini loyihaviy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish” mavzusi boʻyicha bajarilgan fan doktori dissertatsiyasini Oʻzbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashda muvaffaqiyatli himoya qilish natijasi asosida berilgan.
2023 y. – h.v.- Toshkent davlat pedagogika universiteti kimyo va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi professor vazifasini bajaruvchi boʻlib faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
F.Alimova 170 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 3 darslik va 1 oʻquv qoʻllanma va monografiya, 7 ta oʻquv - uslubiy qoʻllanmalar muallifidir. 10 dan ziyod elektron qoʻllanma va «Kimyo oʻqitish metodikasi» fanidan «Loyihaviy faoliyatga tayyorlash va loyihalarni mezonli baholash» nomli oʻquv platformalariga mualliflik guvohnomalarini olgan.
F. A. Alimova 2022-yildan buyon Oʻzbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.К.01.03 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy Kengashning aʼzosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
F.A.Alimova ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratib keladi. Bugungi kunda 1 nafar mustaqil tadqiqotchi uning ilmiy maslahatchiligida oʻz tadqiqot ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan va yana bir qator mustaqil tadqiqotchilar bilan ishlab kelmoqda.
Kafedrada iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy faoliyatga jalb qilishga jiddiy yondashadi. Respublika va universitet miqyosida oʻtkazilgan koʻrik tanlovlar, konferensiya va anjumanlarda maʼruzalari bilan ishtirok etishgan. Jumladan, uning shogirdlari Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan Respublika online fan olimpiadada III-oʻrin sohibi (2020 y.), Qozogʻistonda oʻtkazilgan Kimyo oʻqitish metodikasi boʻyicha III xalqaro olimpiadada III-oʻrin sohibi (2023 y.), “Kimyo Girls” Respublika olimpiadasida faxrli I-oʻrinni egallagan (2023 y.), Tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha II xalqaro talabalar olimpiadasida “Eng yaxshi boʻlajak kimyo oʻqituvchisi” diplom bilan taqdirlangan (2022 yil), ADAMED fondining “Tabiiy va aniq fanlarni ommalashtirish va isteʼdodli yoshlarni qoʻllab quvvatlash” taʼlim dasturi kursini muvaffaqiyatli tugatib sertifikat bilan taqdirlanganlar.
F.A.Alimova samarali ilmiy faoliyati bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan hamkorlik ishlarini olib borgan. 2022 yilda Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimlarida oʻquv dasturlarning uzviyligini taʼminlash konsepsiyalari hamda Kimyo fanidan Oʻzbekiston Respublikasi uzluksiz taʼlim milliy oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda, muhokamalarda, taqriz berishda, tahrirlashda ishchi guruh aʼzosi sifatida ishtirok etdi va tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
Shuningdek 2024 yil 3 aprelda Astana shahrida (Qozogʻiston) oʻtkazilgan «Fan rivojlanishiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun» (Международный научный конкурс «За значительный вклад в развитие науки) xalqaro ilmiy tanlovda sovrinli I darajali diplom va koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.