MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

UMAROVA ILMIRA DJURAYEVNA

UMAROVA ILMIRA DJURAYEVNA

Toshkent shahar, Chilonzor tumanidagi Artel Technical School Maktabi direktori

Faoliyati davomida faxriy yorliqlar hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlangan;

Xalqaro ilmiy-amaliy konfirensiyalarda ishtiroki uchun “Sertifikat”lari bian taqdirlangan

Umarova Ilmira Djo’rayevna 1969 yil 22 avgust kuni Toshkent shahrida ishchi oilasida tavallud  topgan. ma’lumoti Oliy.

U 1976 yili Toshkent hahar Uchtepa (sobiq Akmal Ikromov)  tumanidagi 77- maktabga o’qishga qabul qilingan. 1986 yilda mazkur maktabni a’lo baholarga bitirgan.

1987-yildan 1996- yilgacha oilaviy sharoitiga ko’ra tikuv sexiga chevar bo’lib ishga qabul qilingan.

U 1998 yilda Sergeli tumanidagi 300-DIUM ga mehnat fani o’qituvchisi lovozimiga ishga qabul qilingan hamda avval amalga oshmagan orzusiga yetishish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika  universitetini  O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi bo’yicha hujjatlarni topshirdi va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tib o’qishg qabul qilindi.

2000-yildan 2005-yilgacha O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishida tahsil olib, shu yo’nalish mutahasisligiga ega bo’ldi.

1998-yildan 2000- yilgacha 300-DIUM da dastlab mehnat fani o’qiyuvchisi, 2000-yildan 2009-yilga qadar ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi, 2009-2014-yillar davomida Ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

2014- yildan 2023-yilning iyul oyiga qadar Yangihayot (sobiq Sergeli) tumaniga director lavozimiga tayinlandi.

2023-yilning iyul oyidan boshlab Artel Technical School da Direktor lavozimida ishlab kelmoqda.

Maktabda yuqori tashkilot-lardan kelayotgan topshiriqlarni  muvaffaqiyatli bajarib kelmoqda. Direktorlik faoliyati mobaynida ta’lim muassasasi mukammal ta’mirlashdan chiqarildi, maktabda ta’lim sifatini oshirish uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Maktabda tahsil olayotgan o’quvchilarning individual hohish- istaklari, qobiliyatlarini inobatga olgan holda matematika, ingliz tili, kimyo hamda biologiya fanlari bo’yicha variativ o’quv jarayoni  tashkil etilgan.

Maktab o’quvchilari “Eng yaxshi kitobxon”, “Zakovat”, “Mening prezidentim” insholar tanlovi  kabi ko’rik tanlovlarda faol ishtirok etib sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritib kelmoqdalar.

Rahbar sifatida u ta’lim muassasasida o’quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etib kelmoqda. Maktabda ta’lim sifatiga katta e’tibor berib berilmoqda, o’quvchilar uchun fan hamda kasbga yo’naltirilgan to’garaklar tashkil etilgan.

Pedagog o’qituvchilrning malakasini oshirishga katta e’tibor qaratilgan bo’lib, toifa hamda sertifikatlarga ega bo’lganlar foizi ortib bormoqda.

Natijada I.D.Umarova direktorlik faoliyatini boshlagan yilda maktab bitiruvchilari 9% zi oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirishgan bo’lsa bugungi kunga kelib bu ko’rsatgich 60% dan oshmoqda.

2021 yilda O’zbekiston respublikasi mustaqilligining 30 yilligi hamda 8 ─ maktab tashkil topganligining 40 yilligiga bag’ishlangan “Yangi O’zbekiston-maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida kata tadbir o’tkazilgan.

Tadbirda faxriy muallimlar, sobiq maktab o’qituvchilari hamda mahalla faollari faol ishtirok etdilar. 

U yosh avlodni tarbiyalashda erishilgn yutuqlari uchun  Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xokimligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, Yagihayot tumani xokimligi hamda Yangi hayot   xalq ta’limi bo’limi tomonidan bir qator taqdirlangan.

Oilali uch nafar farzandi bor.