O‘rinova Oysha Dilmurod qizi 2003-yilning 10-avgustida Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tavallud topgan.
2009-yil Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida joylashgan 61-IDUMga 1-sinfga qabul qilingan. 2020-yilda maktabni a’lo baholarga tamomlagan. 11 yillik maktabda tahsil olishi jarayonida Fizika fanidan “Bilimlar bellashuvi” va “Fan olimpiadalari” ning faol ishtirokchisi hisoblanadi. Maktabning tashkiliy, ma’naviy va ma’rifiy ishlarida faol ishtirokchisi bo‘lgan.
2020-yil Navoiy davlat pedagogika institutiga shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan. 2021-yilda esa qayta oliy ta’limga hujjat topshirib, Navoiy davlat pedagogika institutiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. Hozirgi kunda O‘rinova Oysha “Fizika va astronomiya, qo‘shimcha matematika” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi.
Hozirgi kunga kelib iqtidorli talabalar safida ilmiy ishlar ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Faoliyati davomida bir nechta Xalqaro va Respublika ilmiy jurnallarda maqolalari chop etib kelinmoqda. “Science and innovation”, “Новости образования: исследованиев XXI веке”, “International multidisciplinary scientific journal”, “Journal of universal science research (JUSR)” kabi Xalqaro jurnallarda hamda ko‘plab milliy ilmiy-amaliy, texnikaviy jurnallarida ko‘plab maqolalari chop etilgan.
“Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologlar: nazariya va amaliyot”, mavzusidagi Respublika ilmiy amaliy konferensiyasi, “Astronomiya fanini o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalardan foydalanish metodikasi: muammo va yechimlari” mavzusiga doir Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, “Fizika fanini axborot va innovatsion texnologiyalar muhitida o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari: muammo va yechimlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani, “Hozirgi zamon fizikasining dolzarb muammolari” Xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik anjumani, “XXI asr ilm-fani va ta’lim sohasida ayollar: yutuqlari va muammolari” mavzusiga doir Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, “Milliy ilmiy tadqiqotlar yetakchisi” loyihasi va Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi hisoblanadi.
Ilg‘or tadqiqotlar ilmiy markazining 2023-yil 13-yanvardagi 03-sonli buyrug‘iga asosan “Ilm-fan iftixori” esdalik ko‘krak nishoni sohibasi bo‘lgan.
“Best Publication” ilmiy tadqiqotlar markazining 2022-yil 24-dekabrdagi 32-sonli qaroriga asosan Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan “Intelektual izlanuvchi” esdalik ko‘krak nishoni sohibasi bo‘lgan.
Navoiy davlat pedagogika instituti Kengashining qaroriga asosan, “Fizika sohasidagi Nobel mukofoti sovrindorlarining hayoti va ilmiy faoliyati”, “Sharq astronomiyasi”, “Fizika. Physics”, “Fizikadan maktab amaliy mashg‘ulotlari” (7-9-sinf), “Fizikadan maktab amaliy mashg‘ulotlari” (10-11 sinf) nomli uslubiy qo‘llanmalari hamda “Mirzo Ulug‘bek va uning ilmiy merosi” nomli monografiyaning muallifi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk agentligi tomonidan tasdiqlangan “Internationally turizm in Navai” sayti muallifi bo‘lib, ushbu loyihasi doirasida “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Hozirgi kunda nafaqat, fakultetda, institutda, balki viloyat va Respublika miqyosida o‘tkazib kelinadigan ko‘plab tadbirlar, tanlovlar, bellashuvlar, loyihalarda faol ishtirok etib, diplom va sertifikatlar sohibasi hisoblanadi.
Hozirgi kunda ilmiy rahbari – t.f.d. (DSc), prof. D.I.Kamalova bilan birgalikda ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanishda faol davom etib kelmoqda.