MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

YUVASHEVA DILNOZA XASANOVNA

YUVASHEVA DILNOZA XASANOVNA

Xitoy Xalq Respublikasi Daliyan shahri Daliyan texnologiya universiteti 3-bosqich PhD doktaranti

Yuvasheva Dilnoza Xasanovna 1988-yil 8-martda Namangan viloyati, Mingbuloq tumanida tavallud topgan. Millati o‘zbek. Toshkent shahar Olmazor tumanida istiqomat qiladi.

Quruvchi pedagok bo‘lish orzusi, uni dastlab Toshkent Arxitektura qurilish institutiga boshladi. 2011-2015-yillar oralig’ida institutning “Kasbiy ta’lim (Bino va inshootlar qurilishi)” bakalavriat yoʻnalishini imtiyozli tamomladi. U bakalavrni o‘qib yurgan kezlarida yangi bilimlar o‘rganish maqsadida qo‘shimcha kurslarga qatnadi. 2013-yilda Toshkent shahrida “MASTER CLASS” markazida 2 oylik “Designer”AutoCAD kursini tamomladi.

D.Yuvasheva 2015-yil “Sport salomatlik garovi” shiori ostidagi Respublika spartakiadasining Toshkent shahar Shayhontohur tumani sport musobaqasida “G‘alabaga bo‘lgan intilishi uchun” “DIPLOM”i bilan taqdirlangan hamda boshqa tadbirlarda ishtirok etgani uchun bir nechta “Faxriy yorliq”lar bilan ham mukofotlangan. Bilim olishga va ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi uni magistraturada ta’lim olishga undadi. 2016-2018-yillar davomida Toshkent Arxitektura-qurilish institutining “Qurilishni tashkil etish texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga 1-o‘rinda grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

U 2016-2017-o‘quv yili yakuni bo‘yicha a‘lo baholari va na‘munali xulqi uchun «INSTITUT FAXRI», hamda 2017-yil 9-10 avgust kunlari «Yoshlar kelajagi bunyodkori» ilmiy-amaliy masalalariga bag‘ishlangan respublika konferensiyasida faol ishtirok etganligi uchun «SERTIFIKAT» bilan taqdirlandi shuningdek 15 tadan ortiq xalqaro va ilmiy jurnallarda maqolasi chop etilgan hamda imtiyozli magistr darajasini olgan. Uning magistraturada ilm-fanga intiluvchanligi hamda ilmiy rahbari texnika fanlari doktori professor Mirahmedov Mahammadjon Mirahmedovich kelajakda doktoranturani o‘qishi kerakligini ta’kidlagan va D.Yuvashevada doktoranturani chet elda o‘qishi orzusi paydo bo‘ladi.

D.Yuvasheva Xitoy davlatidagi barcha oliy o‘quv yurtlari bilan tanishib chiqadi hamda magistraturani ikkinchi bosqichida hujjatlarini to‘plab, dunyo bo‘yicha top 1000 talikka kirgan Xitoy davlatidagi uchta nufuzli oliy o‘quv yurtlariga hujjatlarini topshiradi. Dunyo bo‘yicha top 321-o‘ringa kirgan Xitoy davlati, Daliyan shahri Daliyan texnologiya unversitetiga 2018-yil 26-iyunda butun dunyo talaba-yoshlari o‘rtasida 4-o‘rinda grant asosida ,,0805-Qurilish materiallari va muhandisligi” mutahassisligiga o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risida unversitet tomonidan mandat javobi yuboriladi.

D.Yuvashevani bu darajaga yetishi uchun Toshkent arxitektura-qurilishi instituti professorlari M.Mirahmedov, X.Yusupov, R.Norov, Z.Sattorov,M.Mahkamova, N.Aripova, Z.Shodmonova, I.Salimova, N.Alimovalar tomonidan berilgan bilimlari va mashaqqatli mehnatining samarasi bo‘ldi. U 2018-yil 13-sentyabr kuni katta hayajon bilan O‘zbekistondan Xitoyga uchub ketadi. U ilk qadamini Xitoy Xalq Respublikasini poytaxti Pekinga qo‘yadi u Xalqaro aeraportdan chiqar ekan, uni birinchi hayratga solgan narsa bu  juda baland-baland osmono‘par ajoyib ko‘rinishlari bilan qad ko‘targan binolar bo‘ldi. Dilnoza: “Men kelajakda doktoranturani tugatib, yurtimga qaytib, shunday chiroyli o‘zgacha ko‘rinishli osmono‘par baland-baland binolarni qurilishida hamda O‘zbekistonda qurilish sohasida ishlab chiqarilayotgan materiallarga Xitoyda olgan bilim va tajribalarim bilan yurtimni rivojlanishiga o‘z hissamni qo‘shaman”,- degan maqsadni oldiga qo‘ydi.

D.Yuvashevani universitet tomonidan ma‘sul o‘qituvchilar kutib olishdi u universitetga borib ro‘yxatdan o‘tdi. Uning ilk o‘qishlari boshlandi,  kursdoshlari turli xil davlatlardan edi va u ilk hayajonlar bilan universitetda o‘qishni boshladi. 2020-yil Xitoyning Vuhan shahrida Covid-19 virusi chiqdi va qattiq karantin boshlandi u O‘zbekistonga qaytishga va yaqinlarining oldida bo‘lishga qaror qiladi.  U yurtiga qaytib keldi. O`zini Xitoyda 2 yil olgan bilim-tajribalari bilan  2020-yil 5-sentyabrdan Toshkent arxitektura-qurilish instituti bino va inshootlar qurilishi fakulteti “Qurilishni tashkil etish texnologiyasi” kafedrasida o‘rindosh assisent lavozimida institut talaba-yoshlariga “Qurilish mashinalari”, “Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish”, “Qurilish jarayonlari texnologiyasi”, “Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi” fanlaridan saboq  berdi.

U kafedrada faoliyat yuritayogan davrida O‘zbekistonda ham Covid-19 bo‘yicha call markazlari tashkillashtirilgan edi, shu “Call markazi”da institut tomonidan bir nechta o‘qituvchilar jalb etildi va shularning ichida Dilnoza Xasanovna ham bor edi u o‘zining mehnatsevarlik va hushmuomalaligi bilan 2 oy call markazidan volontyor bo‘lib ishladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Mamlakatimizga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, shuningdek, pandemiya sharoiti va karantin tadbirlari davrida sanitariya-epidemiologiya xizmatlari va sog‘liqni saqlash muassasalariga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Call-markaz”lar faoliyatida fidokorona va samarali mehnati tufayli “TASHAKKURNOMA” bilan taqdirlandi.

D. Yuvasheva karantin bo‘lishiga qaramasdan ilmiy rahbari texnika fanlari doktori professor Fan Can Fen tomonidan masofaviy ilmiy ishi bo‘yicha topshiriqlar olib, ma’sulyat bilan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarar edi. 2021-yil 9-avgust kuni Journal of Materials Engineering and Performance jurnalida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha “Effect of Heat Treatment on Microstructure and Residual Stress of GH3536 Superalloy Fabricated by Selective Laser Melting” nomli  maqolasi chop etildi.

2021-2022-yillar O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi “Sport ob’yektlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha, Birlamchi ruhsat beruvchi, loyiha va tanlov hujjatlarini tayyorlash bo‘limi” da yetakchi mutahassis lavozimda hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi “Binolardan foydalanish va qurilish-ta’mirlash ishlari, Birlamchi ruhsat beruvchi, loyiha va tanlov hujjatlarini tayyorlash bo‘limi” da bosh mutahassis lavozimida faoliyat olib bordi.

D.Yuvashevaga vazirlikda ishlagan davrida Sh.Xaydarova, M.Xayitova, Z.Abdullaeva, Q.Movliyanov, Sh.Kilichev, A.Irgashev, D.Muratkabulov, A.Xolto‘rayevlar o‘z bilimlarini berishda katta hissalarini qo‘shgan. D.Yuvashevani har bir ustozlari u uchun juda qadirli va shunday ustozlari borligidan faxrlanib gapiradi.

2022-yil 4-oktyabrda o‘qishini davom ettirish uchun Xitoy davlati, Daliyan texnologiya unversitetiga qaytdi va u hozirda 3-bosqich doktoranturada o‘qimoqda.

D.Yuvasheva: “Mening shunday muvaffaqiyatga erishishim uchun menga o‘z bilimlarini va maslahatlarini ayamasdan va hayot yo‘limda to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirgan oila a’zolarimga, O‘zbekistondagi ustozlarimga, Xitoy Xalq Respublikasidagi ustozlarimga boshim yerga tekkuncha doim ta’zimdaman. Men ular bilan faxrlanaman. Yana mening hayotdagi eng katta maqsadim va orzuim doktoranturani tugatib, Yangi O‘zbekistonni qurilish sohasiga chet elda olgan bilim va tajribalarim bilan  hissa qo‘shish” deydi.