Yaxshiboyev Rustam Erkinboy o‘g‘li 1996-yil 23-avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma‘lumoti oliy. 2015-2019-yillar oralig‘ida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Kompyuter injiniring” bakalavr ta’lim yo‘nalishini va 2019 – 2021-yillar oralig‘ida “Kompyuter tizimlarini loyihalash” magistrarura mutaxassisligini tugatgan.
2020-2022-yillar oralig‘ida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Kompyuter injiniring” fakultetining “Kompyuter tizimlari” kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritgan.
Faoliyati davrida 2 ta SCOPUS bazasida indekslanuvchi ilmiy maqolalar, 4 ta OAK tarkibiga kiruvchi jurnallarda ilmiy maqolalar va xalqaro konfrensiyalarda ilmiy ishlanmalari bilan ishtirok etgan.
Ilmiy-uslubiy ishlarda esa OTM va texnikumlar uchun hammualliflikda 3 ta o‘quv qo‘llanma va 3 ta uslubiy ko‘rsatmalar nashr qilgan, 10 dan ortiq EHM uchun dasturiy guvohnomalar muallifi.
2022-yil sentabr oyidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belarus Davlat Informatika va Radioelektronika universiteti qo‘shma axborot texnologiyalari fakulteti, “Axborot - kompyuter texnologiyalari va dasturlash” kafedrasida assistent lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Faoliyati davrida yakka Mualliflikda texnikum va kasb-hunar kollejlari uchun 3 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta hammualliflikda o‘quv qo‘llanmalar nashr qildi. 10 dan ortiq EHM uchun dasturiy guvohnomalar muallifi, SCOPUS bazasida indekslanuvchi ilmiy maqola, 4 ta xalqaro ilmiy jurnallarda, 10 dan ortiq OAK tarkibidagi ilmiy jurnallarda va 5 dan ortiq xalqaro ilmiy konfrensiyalarda maqollarda va ilmiy ishlanmalar bilan qatnashib kelmoqda.
Xususan, t.f.n., dotsent Xodjayev N., TATT o’qituvchisi N.V. Grinyuk bilan hammualliflikda “Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va texnik xizmat ko‘rsatish” fanidan o‘quv qo‘llanmasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-sonli buyrug‘iga asosan) , Phd, dotsent Kuchkarov T.A., t.f.n., dotsent Xodjayev N. bilan hammualliflikda “Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish” fanidan o‘quv qo‘llanmasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-sonli buyrug‘iga asosan), yakka mualliflikda “Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish” nomli o‘quv qo‘llanmasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-sonli buyrug‘iga asosan), “Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” fanidan o‘quv qo‘llanma (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-sonli buyrug‘iga asosan), “Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish” fanidan 5.52.01.01-Kompyuter injiringgi mutaxasisligiga mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-sonli buyrug‘iga asosan), B.N. Siddiqov bilan “Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va unga xizmat ko’rsatish” fanidan 5.52.01.01-Kompyuter injiringgi mutaxasisligiga mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-sonli buyrug‘iga asosan), B.N. Siddiqov bilan “Ofis texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish” 5.52.01.01-Kompyuter injiringgi mutaxasisligiga mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘iga asosan) o‘quv jarayonida keng foydalanib kelinmoqda.
2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligining 30 – yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
2023-yil I chorakda 05.01.04- Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti doktorantura yo‘nalishiga mustaqil izlanuvchi sifatida qabul qilindi.
“Ustoz – shogirt” an’anasini davom ettirish maqsadida hozirgi kunda Radio va mobil aloqa fakultetining 2 – va 3 – bosqich talabalari, B.N. Siddiqov va M.B.Qudratillayevlar bilan EHM uchun dasturiy guvohnomalar, OAK tarkibidagi ilmiy jurnallar va xalqaro konfrensiyalarda ilmiy maqolalar bilan ishtirok etib kelmoqda.