MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

USMONOVA DILFUZA ILXOMOVNA

USMONOVA DILFUZA ILXOMOVNA

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Marketing kafedrasi dotsenti, Iqtisodiyot fanlari falsafa doktori

Usmonova Dilfuza Ilxomovna Marketing kafedrasining dotsenti. Usmonova Dilfuza Ilxomovna 1981-yilda tugʻilgan, oʻzbek. 2001-yil Samarqand kooperativ institutining “Marketing” mutaxassisligi bakalavr darajasiga ega boʻlgan.

2003-yil Samarqand kooperativ institutining “Marketing” mutaxassisligi boʻyicha magistr darajasiga ega boʻlgan.
2018-yil 14-dekabrda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi 08.00.05 - “Xizmat koʻrsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi boʻyicha “Повышение эффективности оказания торговых услуг сельскому населению  (на примере Самаркандской области)” mavzusida falsafa doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

2019-yil 31-yanvar OAKning (01№001291) 261/1-sonli bayonnomasiga asosan Usmonova Dilfuza Ilxomovna iqtisodiyot fanlari falsafa doktori ilmiy darajasini oldi.

2019-yil 20-dekabrdan boshlab Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Marketing” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi lavozimiga oʻtkazildi.

Umumiy ish staji 18-yil, ilmiy va pedagogik ish staji 16-yil.

2005-yildan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutida ishlab kelmoqda.-18.12.2003-02.09.2005-Samarqand iqtisodiyot va servis institutining maqsadli aspiranturasiga ishlab chiqarishdan ajralgan holda “Marketing” mutaxassisligi boʻyicha qabul qilindi; - 02.09.2005-21.06.2014 – “Marketing” kafedrasi assistenti; - 21.06.2014 - 20.12.2019 – “Marketing” kafedrasi katta oʻqituvchisi; - 20.12.2019-h.v.- “Marketing” kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi.

Usmonova Dilfuza Ilxomovna 2005-yildan buyon Bank - moliya xizmatlari, Iqtisodiyot va menejment, Servis va turizm fakultetlarining 5230600-Moliya, 5230900-Buxgalteriya hisobi va audit, 5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), 5230200-Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), 5230400-Marketing (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), 5610100-Xizmatlar sohasi (restoran ishi) 5610200-Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish, 5610300-Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha) yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalarga “Marketing”, “Xalqaro marketing”, “Restoran ishida marketing”, “Marketing tadqiqotlari”, “Brendni boshqarish”, “Innovatsion marketing”, “Marketingni boshqarish” fanlaridan ma’ruza va amaliy mashgʻulotlar olib bormoqda. 

Usmonova Dilfuza Ilxomovna pedagogik faoliyati davomida bir qator fanlardan ma’ruza va amaliy mashgʻulotlar olib bormoqda. Jumladan, bakalavr ta’lim yoʻnalishlariga Innovatsion marketing, Marketing, Marketing tadqiqotlari, Marketingni boshqarish fanlaridan 2019-2020 oʻquv yilida “Marketing” fanidan 5230100- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) ta’lim yoʻnalishida (80 soat), 5230200 – “Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha),” (80 soat), 5230400 – “Marketing (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)”(128 soat),ta’lim yoʻnalishlarida , “Marketing” fanidan barcha ta’lim yoʻnalishlarida hamda fanidan (36 soat) ma’ruza va(36 soat) seminar mashgʻulotlari olib borgan. Shu bilan birgalikda 32 nafar talabaning bitiruv malakaviy ishiga va 40 nafar talabaning bitiruv oldi amaliyotiga rahbarlik qilgan. 2019-2020 oʻquv yilida 2-kurs va 3-kurs “Marketing (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)” ta’lim yoʻnalishlari talabalariga “Marketing” va “Marketing tadqiqotlari” fanlaridan kurs ishlariga rahbarlik qilgan.

Usmonova Dilfuza Ilxomovna ma’ruza va amaliy mashgʻulotlarni axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda yangi pedagogik texnologiyalar asosida oʻtmoqda. Uning pedagogik mahorati oʻquv-uslubiy boʻlimi, institutning ta’lim sifatini nazorat qilish hamda ichki nazorat va monitoring boʻlimlar tomonidan muntazam oʻtkazib kelinadigan “Pedagog – talaba nigohida” soʻrovnomalarida talabalar tomonidan yaxshi baholangan. Kafedra professor-oʻqituvchilari jamoasi, fakultet ilmiy-uslubiy Kengashi a’zolari va institut oʻquv-uslubiy kengash xodimlari Usmonova Dilfuza Ilxomovna ma’ruza va amaliy mashgʻulotlarini olib borish faoliyatini tahlil qilib, uning pedagogik faoliyatiga yuqori baho bergan. Dars jarayonida zamonaviy pedagogik va uslubiy yutuqlardan samarali foydalanib kelayotganligini alohida ta’kidlangan.
Dars mashgʻulotlarini “ZiyoNet” axborot-resurs portali materiallaridan foydalangan holda oʻtkazishda va talabalar bilan oʻquv-tarbiyaviy, ilmiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazishda tashkilotchi va faol pedagogdir. 

Muntazam ravishda ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari mazmuni bilan talabalarni va keng aholini tanishtirib borishda ham faol oʻqituvchilardan biridir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabrdagi, 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomalaridan kelib chiqadigan vazifalarni keng jamoatchilikka targʻib qilishda faol ishtirok etdi. Xususan, 2018-yil 6-yanvar kuni Samarqand viloyati Urgut tumani agrosanoat va servis kasb-hunar kolleji, 2020-yil 2-fevral kuni Charxin iqtisodiyot kasb-hunar kollejida boʻlib, ma’ruzalar qildi. 

Usmonova Dilfuza Ilxomovna 2021-yil 13-yanvar kuni “Oʻzbekiston Qurolli kuchlarining tashkil topganligining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan institutimizda tashkillashtirilgan davra suhbatida, “Ogohlik – davr talabi” tadbiri doirasida boʻlib oʻtgan “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash” mavzusidagi davra suhbatida faol ishtirok etdi. “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar Strategiyasi” mavzusida bakalavr bosqichi talabalariga ma’ruzalar oʻqib, rivojlanish strategiyamiz boʻyicha kerakli ma’lumotlar berdi.Usmonova Dilfuza Ilxomovna institut miqyosida tashkillashtirilgan xotin-qizlar oʻrtasida sport musobaqalarini tashkil etish va terma jamoalarni shakllantirish boʻyicha keng koʻlamdagi ishlarni olib bormoqda. SamISI fakultetlar kesimida har haftaning payshanba kunida boʻlib oʻtadigan “Ma’naviyat kuni” tadbirlarida mafkuraviy tarbiya ishlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari boʻyicha MR-220 akademik guruhiga murabbiylik asosida tushuntirish ishlari olib boradi. Shuningdek, fakultet miqyosida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasini tuzish va amalga oshirishda faol ishtirok etadi.
Samarqand shahrining bir qator mahallalarida, xususan, “Sharq” MFYda tadbirlarda faol ishtirokchisi. Usmonova Dilfuza Ilxomovna Samarqand shahar “Sharq” mahalla fuqarolar yigʻinida aholi oʻrtasida ma’rifiy, ma’naviy-mafkuraviy muhitni yanada yaxshilash va rivojlantirish borasida koʻplab davra suhbatlari, uchrashuvlarda ishtirok etgan.
SamISI miqyosida olib borilayotgan yoshlar siyosati yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlarida faol ishtirok etadi. Yoshlar oʻrtasida diniy, ma’rifiy, ma’naviy-mafkuraviy muhitni yanada yaxshilash va rivojlantirish borasida koʻplab davra suhbatlari, uchrashuvlar, ma’ruzalarda ishtirok etgan. Xususan, 2019-yil Samarqand moliya va iqtisodiyot kolleji va Charxin ijtimoiy iqtisodiy kasb-hunar kollejida davra suhbatida ishtirok etgan. 2020-yil yanvar-fevral oylarida “Samarqand Apparel XK MCHJda” stajirovka oʻtagan va uchrashuvlar oʻtkazgan. 2020-yil 26-may “Gulobod mebel” MCHJda uchrashuv oʻtkazgan.

Usmonova Dilfuza Ilxomovna institut bitiruvchilarini ishga joylashtirish boʻyicha amalga oshirilgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2017-yil 18-may , 2018-yil 16-may, 2019-yil 20-may sanalarida institutda tashkil etilgan “Karyera kuni” tadbirlarini tashkil qilishda ishtirok etgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining e’lon qilingan kun munosabati bilan uyushtiriladigan tadbirlarida, xususan 9-fevral – Alisher Navoiyning tugʻilgan kuni, 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni, buyuk ajdodlarimiz tavallud kunlariga bagʻishlab oʻtkaziladigan tadbirlarda, 8 Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni, 21-mart – Navroʻz va boshqa tantanali bayramlarda oʻzi murabbiylik qilib kelinayotgan MR-216 akademik guruh bugungi kunda esa MR-220 talabalari bilan birgalikda faol qatnashadi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib boradi.

Usmonova Dilfuza Ilxomovna oʻz ilmiy faoliyati davomida Marketing kafedrasi kesimida 5230400 – “Marketing (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)” yoʻnalishi bakalavrlari bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbarlik qilib malakali yosh kadrlar tayyorlamoqda.
Usmonova Dilfuza Ilxomovna 2005-yildan buyon 32 nafar talabaning bitiruv malakaviy ishiga rahbarlik qilgan.